Antibiotiklar - mikroorganizmlarning 10 dan 30 gacha ba’zida esa undan ham ko‘proq gen mahsulotlarining hamkorlikdagi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. SHuning uchun ham gen muhandisligi orqali serhosil shtammlar yaratish ancha mushkul ish. Ammo, bu muammo bir operonda sintez bo‘ladigan multifermentlar kompleksi orqali sintez bo‘ladigan peptid bog‘li antibiotiklarga ta’luqli emas. Bir mikroorganizmlardagi genlarni shu avlodga yaqin bo‘lgan mikroorganizmlarga o‘tkazich natijasida yangi xususiyatga ega bo‘lgan “gibrid” antibiotiklari sintez qilishga erishish mumkin.

Xuddi shu usul bilan 1988 yilda AqSHda biokimyogar Mixael Xopvud tomonidan ishlatilgan edi. Oqibatda antinorodin va medermisin antibiotiklarini biosintezida ishtirok etuvchi genlarni qo‘shish natijasida “mederrodin” deb atalgan yangi antibiotik yaratishga erishilgan edi. Xuddi shu olim tomonidan keyinroq digidrogranatirodin nomli gibrid antibiotik sintez qiluvchi yangi shtamm ham yaratilgan edi. Ba’zi bir misollarda hujayrada antibiotik sintez qiluvchi genlarning nusxalarini ko‘paytirish natijasida mikroorganizmlar shtammlarini hosildorligini oshirish mumkinligi ham keltirib o‘tilgan.