Talabning daromadga bog’liq elastikligi daromadning o’zgarishiga javoban talabning naqadar o’zgarganligini bildiradi.
Narx o’zgarmagan holda daromad o’zgarsa, iste’molchining talabi ham o’zgaradi, chunki uning xarid qobilyati ortadi yoki kamayadi. Talabning daromadga bog’liq elastikligini ham elastiklik koeffitsenti belgilaydi.Talabning daromadga bog’liq elastiklik koeffitsenti – foiz hisobidagi talab hajmining, foiz hisobidagi daromadni o’zgarishiga nisbatidir. Buni ek=Tb% /D% deb ifodalash mumkin.
Tovar nafligining talabga ta’siri.
Tovarlarga talab ularning nafliligiga ham bog’liq. Boshqa omillar o’zgarmas holatida bo’lganda talabning oz yoki ko’p bo’lishini naflilik yuzaga keltiradi. Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshadi, nafliligi past tova
rlarga talab qisqaradi.
Tovarning nafliligi uning kishilar ehtiyojini naqadar qondira olishi, ya’ni iste’molchilarga qoniqish hosil etishidir.
Naflilik bir xil yoki o’rinbosar tovarlarga xos bo’ladi. Tovarlar qanchalik bo’lsa, ulardan engt nafliligini tanlab olish mumkin. Tanlov yuz berganda xaridor o’z puliga qarab tovarlarning eng yaxshisini xarid etadi, demak shularga talab bildiradi. Talab yuzaga kelishi uchun tovarning narxi uning nafliligini aks ettirish kerak, shu sababli sifatsiz, lekin narxi baland tovarlarga talab bildirmaydi.tovardan qoniqish olishi uchun tovarning qadr qiymati muhim, shunga qarab uning xaridi yuz beradi. Tovarning qadr qiymati uning nafliligi va narxining qanday bo’lishidadir.xaridor naflilik va narx bir biriga mos deb bilganda talab yuzaga keladi.
Nflilikning qanday o’zgarishini Marginal(cheklangan) naflilik qonuni ifoda etadi. Marginal ( cheklangan) naflilik qonuniga ko’ra talab qondirilgan sari qo’shimcha xarid etiladigan so’nggi tovarlarnig nafliligi pasayishga moyil bo’ladi.
Talab mutloqo qondirilmagan holda dastlabki tovarlarni nafliligi yuqori bo’lsa, talab qondirila boshlagach so’nggi tovarlarning nafliligi pasaya boradi. Xaridor talabi qondirilgach u naflilikni qabul qilmaydi, hatto narx arzonlashsa ham qo’shimcha tovarlarni xarid etmaydi.Natijada xaridor uchun tovarning qadr qiymati nolga teng bo’lib qoladi.
Marginal naflilik qonuni shuni bildiradiki, qo’shimcha tovarlar nafliligi pasaya borib pirovard natijada u nolga teng bo’lgani uchun bozorga nafliligi yuqori tovarlarni taklif etish zarur bo’ladi.Demak, bu qonun tovarlarning yangilanib turishini, ya’ni mutloqo yangi nafliligi yuqori tovarlarni yaratish, mavjud tovarlar nafliligini bozor talabiga binoan oshirib borish uchun ularni modernizatsiyalash zarurligin talab qiladi. Mazkur qonun talab qonunidan farqliroq talabning narxga emas, balki tovarning nafliligiga bog’liq bo’lishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |