Mavzu: Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi reja



Download 2,59 Mb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi2,59 Mb.
#616030
1   2   3   4
Bog'liq
Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi

1-rasm. Mikroskopning birinchi ixtirochisi va bakteriyalar olamini kashf qilgan olim Anton van Levenguk (1632-1723)
Rus olimi, harbiy vrach D.S. Samoylovich (1744-1805) mik-roskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalligining qo‘zg‘atuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi em-lash usulini taklif etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o‘rganish uchun asos bo‘ldi. Angliyalik vrach E.Jenner (1749-1823) 1798-yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan edi. XIX asr-ning ikkinchi yarmidan boshlab ancha takomillashtirilgan mikros-koplar yaratildi. Bu esa mikroorganizmlarning faqat morfologik tuzilishini emas, balki fiziologiyasini ham o‘rganishga imkon berdi. Mikroskopning ixtiro etilishidan boshlab mikroorganizmlar to‘g‘ri-sida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1 davr – «Mikrobiolo-giya rivojlanishining morfologiya davri» deb yuritiladi.
Shved olimi K. Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudot-larni bir tizimga solgan bo‘lsa ham, mikroorganizmlarni bir «xaos» (tartibsiz, tartibga solib bo‘lmaydigan) guruhga kiritadi.
Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi daniyalik Myul-lerga (1786) tegishlidir. U suv va tuproqdagi «animalkullar» ni tizimga soladi va ularni «infuzoriyalar» deb atadi. Sekin-asta mikroorganizmlarni o‘rganish ko‘lami kengayadi.
Keyinchalik M.M. Terexovskiy (1740-1810) ham mikroorga-nizmlar ustida ishlab «Царство тьмы инфузорий Линнея» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). U har xil qaynatmalardagi mikroorganizmlarni o‘rgandi. Harorat, elektr to­ki va zahar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo‘lishini aniq­ladi. 1835-yili Erenburg «Infuzoriyalar mukammal orga-nizm­lardir» degan mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo‘ldi va unga infuzoriyalar atlasini ki-ritib, ularga tavsiflar berdi. Mikroorganizmlarni binar nomenk-laturada atadi va barcha bakteriyalarni 3 sinfga bo‘ldi.
XIX asr o‘rtalarida P.F. Goryainov tomonidan yozilgan «Zo­ologiya» asarida mikroorganizmlarga alohida bo‘lim ajratildi va u «Infuzoriyalar bo‘limi» deb ataldi. Shu vaqtlar F.Kon (1828-1898) va K.Negelilar (1817-1891) bakteriyalardan ba’zi-larining tabiatini o‘rgana boshladilar.
Mikroorganizmlarni o‘rganishning ikkinchi davri – «fiziolo-giya davri» – buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) ish-laridan boshlandi. U ko‘pgina bijg‘ish jarayonlarining, ya’ni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish hamda boshqa tur bij-g‘ishlarning biologik mohiyatini aniqladi (2-rasm).





2-rasm. Mikrobiologiyaning fiziologiya davri asoschisi
Lui Paster (1822 - 1895)

Har bir bijg‘ish jarayonining o‘z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta’sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Pas-ter kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o‘rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqla-di. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning «O‘z-o‘zidan tug‘ilish» nazariyalarining asossizligini ko‘rsatdi. Ozuqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday mikroorganizm-ning paydo bo‘lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o‘rganish jarayonida sog‘lom tovuqqa kuchsizlantirilgan bakte-riya kulturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikka chalinmasli-gini kuzatdi. Xuddi shu ishni u kuydirgi kasalligi bilan kasallan-gan mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo‘ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-43oC haroratda o‘sti-rilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantiril-gan bakteriya kulturasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo‘lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o‘rganib, «la’natlangan dalalar» sirini ochdi.


Pasterning quturish kasalligini o‘rganish borasidagi ishlari ham o‘ta katta ahamiyatga molik. U quturgan itlar so‘lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda, undagi mikroorganizmlarni ko‘rishga mu-yassar bo‘la olmadi. Ammo u kasallikni yuzaga keltiruvchi quturish «sababi» – hayvonning bosh va orqa miyasida joylashishini aniqla-di. Kasallangan quyon miyasini sekin-asta quritib, «kuchsizlantiril-gan kasal qo‘zg‘atuvchi»ni oldi va u bilan hayvonlarni emlab, sog‘lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo‘llarini topdi. Bunday emlashlar antirabik – quturishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko‘lamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan – immunologiya-ning paydo bo‘lishiga asos soldi. Lui Paster Fransiya tibbiyot akademiyasi akademigi, Sankt-Peterburg akademiyasi muxbir a’zosi va keyinchalik faxriy akademigi kabi sharafga sazovor bo‘ldi.
Parijda 1888-yili Paster instituti ochildi. Unda keyinchalik ta-niqli mikrobiologlar ta’lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gama-leya, Xavkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular jumlasidandir.
XIX asrda ko‘p mamlakatlarda tibbiyot mikrobiologiyasi ri-vojlandi. Tibbiyot mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis oli-mi Robert Kox (1843-1910) salmoqli hissa qo‘shdi. U sof mik-rob kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq) ozuqa muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligi qo‘zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sis-temani qo‘llash va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish