Amaliy ishi № 6
Mavzu. Microsoft Power Point dasturida taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari.
Ishning maqsadi: MS Power Point dasturida taqdimot slaydlarini tayyorlash va ular ustida amallar bajarish.
Ishning vazifalari:
1. MS Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar.
2. MS Power Point dasturining menyu bolimlari va ulardagi buyruqlar bilan ishlashni organish.
3. MS Power Point dasturi yordamida Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar fanidan ixtiyoriy mavzuda taqdimot tayyorlash.
Nazariy qism:
Microsoft Power Point dasturi 1987 - yilda chiqilgan bo‘lsa ham,
prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni qo‘llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft Power Point taqdimotlarni tayyorlash va hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animatsiyalar hosil qilish mumkin.
Ma’ruza, biznes reja va hokazolar taqdimoti bo‘lib, har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kirib, matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish, ba’zi joylarda esa undan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturda multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari ham bajariladi. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z xohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda, reklamalarga juda keng
e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar,
radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Taqdimotlarni yaratish va tayyorlash uchun ko’pgina amaliy dasturlar mavjud.
Ularga misol sifatida bazibir amaliy dasturlar nomlarini keltirib o’tamiz:
1. Microsoft Power Point;
2. Apple Keynote;
3. Google Prezentatsiya;
4. Prezi;
5. Haiku Deck;
6. Slides;
7. SlideDog;
8. Projeqt;
9. Flowboard.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi vaqtda Microsoft Office dasturlari paketi tarkibiga kiruvchi, Microsoft Power Point dasturidan, bir sekundda 350 kishi va dunyo aholisining 95 % (foizi) foydalanar ekan. Ushbu foydalanuvchilar tarkibiga, o’qituvchilar, bank hodimlari, o’z maxsulotini reklama qiluvchi biznesmenlar va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, biz, Microsoft Power Point 2013 dasturi haqida ma’lumotlar, prezentatsiya tushunchasi uning imkoniyatlari va unda prezentatsiya tayyorlashni ushbu mavzuimizda yoritib o’tmoqchimiz.
Reklama prezentastiyasini yaratish bu, ko’p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli prezentastiyalar yaratish imkonini beradi.
Microsoft Power Pointning menyu bo'limlari
1.[Файл] (Fayl) –ushbu menyu yordamida foydalanuvchilar, elektron hujjat
haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari, yangi hujjat hosil qilishlari, kompyuter
xotirasida mavjud hujjatlarni ochishlari, hujjatlarni o’z hohishlariga binoan
kompyuterning ixtiyoriy diskida saqlashlari, bosmaga chiqarishlari, umumiy
foydalanishni cheklashlari, parol qo’yishlari, boshqa fayl kengaytmalariga eksport qilish va elektron hujjatdan chiqib ketishlari mumkin
2. [Главная] (Asosiy) –ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar,
kompyuter xotirasidagi obyektlarni joylashtirishlari, biror-bir obyektni qirqib
olishlari, shirft kata –kichikligini o’rnatishlari, belgilangan matn bo’laklarini
qalinlashtirish, qiya qilib yozish va tagiga chizishlari, kiritilgan matnga rang berish, yozuv turuni o’zgartirish, yangi slaydlarni yaratishlari,
3. [Вставка] (Joylashtirish) – ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar,
ekektron hujjatga qo’shimcha jadvallar, rasmlar, figuralar, fotoalbom,
diagrammalar, gistogrammalar, internet tizimi yordamida rasm va videolar,
gipermurojaat (tezkor yo’l) ni, matn bo’laklariga izohlarni, yozuv ko’rinishlarini, aniq fanlar sohasiga tegishli belgi va simvollarni qo’yishlari mumkin
4. [Дизайн] (Dizayn) – foydalanuvchilar ushbu lenta yordamida, temalar
qo’yish, slayd o’lchamlarini o’zgartirish va slayd orqa fonini o’zgartirishlari
mumkin.
5.Переходы] (O’tishlar) –nomidan ham bilinib turibdiki, foydalanuvchilar
bu lenta yordamida, auditoriya tinglovchilarni jalb qilish maqsadida, yaratilgan slaydlarga harakatlanuvchi ketma-ket o’tishlarni joylashtirishlari, ketma-ket o’tishlarning sozlamalarini o’zgartirishlari, ovozli audilarni qo’yishlari, har bir slayd ketma-ketligiga vaqtlarni qo’yishlari va boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
6. [Анимация] (Animatsiyalar) –foydalanuvchilar ushbu lenta yordamida,
belgilangan obyektlar uchun harakatlanuvchi effektlar (animatsiyalar) ni qo’yishlari, qo’yilgan animatsiyalarga harakatlanish vaqtlarni o’rnatishlari, animatsiyalar harakatini belgilashlari va boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
7.Показ слайдов] (Slaydlar namoyishi), – ushbu lenta yordamida a
foydalanuvchilar, joriy slayd yoki slaydlar ketma –ketligini ko’rishlari, internet tizimi yordamida slaydlarni tinglovchilarga onlayn ko’rsatishlari, slaydlar namoyishi sozlamalarini ko’rishlari va o’zgartirishlari, belgilangan slaydni ko’rinmaslik holati ga o’tkazishlari, slaydalar ketma –ketligi uchun vaqtlarni belgilashlari va boshqa shunga o’xshash amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
8.Рецензирование] (Taqrizlash) – ushbu lenta yordamida
foydalanuvchilar, elektron hujjatga kiritilgan ma’lumotlarni orfografik to’g’riligini tekshirish, dastur ensiklopediyasidan foydalanish, kiritlgan ma’lumotlarga izohlarni qoldirish, slaydlarni boshqa elektron hujjat slaydlari bilan taqqoslashlari va boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
9.Вид] (Ko’rinish) –foydalanuvchilar ushbu lenta yordamida, listlar
ko’rinishini o’zgartirish, bir va bir nechta listlarni yonma –yon qilib ko’rish, slayd maketlarini o’zgartirish, ko’rinuvchi oynalarni almashtirish, yangi makros ya’ni makro buyruqlarni kiritish, umuman listlar ustida amaliy ishlarni bajarishlari mumkin.
Biz yuqorida MS Power Point 2013 dasturining menyulari va ularning
lentalari bilan tanishib chiqdik. Shuni yodda saqlangki har bir menyu lentalarining o’z vazifalari bor.
POWER POINT turli slaydlar variantlari ko’rsatilgan "Создат слайд"
muloqot oynasini ochadi. Bu slaydlarning ba'zilari faqat matnlardan iborat
bo’lsa, ba'zilari sarlavha xamda grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar
qo’yish uchun ajratilgan sohalardan tuzilgan. Ba'zilari esa bir slaydning
o’zida ham matn, ham grafikga ega. Siz keraklisini tanlash uchun uning
belgisiga bir marta sichqoncha tugmasini bosing va "Ok" tugmasini
tanlang, yoki ikki marta slayd belgisiga sichqonchaning chap tugmasini
tez bosing. Tanlangan slayd prezentatsiya oynasida slaydlar rejimida hosil
bo’ladi.
Izoh! Slayd tanlanganda va uning ma'lum sohasida tugma bosilganda,
POWER POINT foydalanuvchi menyudan mos buyruqni qidirib yurmasligi
uchun, barcha imkoniyatlarni avtomatik yuklaydi.
Rasmni joylashtirish algoritmi.
1."Рисунок" punktini tanlash.
2. Kutubxonadan kerakli rasm faylini tanlash, yoki rasm chizilgan
faylning nomini ko’rsatish.
3. Rasmni slaydning kerakli joyiga joylashtirish.
4. Rasmning o’lchamlarini zarur kattalikgacha o’zgartirish.
Prezentatsiyadagi rasmlar juda muhim rol o’ynashi sizga ma'lum
albatta. Rasmlarni chizmasdan mohir rassomlar yaratgan asarlardan
"Рисунок" kutubxonasidan foydalanish mumkin
Foydalanilgan adadiyotlar:
1. https://hozir.org
2.http://book.bsmi.uz
Internet resurslari
Do'stlaringiz bilan baham: |