Mavzu: Microsoft Excel dasturining oynasi ustida amallar. Amaliy mashg`ulotning maqsadi



Download 26,65 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi26,65 Kb.
#302317
1   2
Bog'liq
1 amal

Topshiriq:

  1. Microsoft Excelni 7 ta usul bilan ishga tushiring va ikkita eng kam qadamlisini aniqlang.

  2. Microsoft Excelning ishini 4 ta usul bilan tugallang va qaysilarini sichqonchasiz bajarish mumkinligini aniqlang.

Topshiriqni bajarish tartibi:

  1. Nazariy materialda keltirilgan Microsoft Excelni 7 xil usulda ishga tushirish tartibi olinadi. 1-usul: "ПУСК-ВСЕ ПРОГРАММЫ-MICROSOFT OFFICE-Microsoft Excel ketma-ketliginini bajarish uchun sichqonchadan foydalanib, quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: 1) Sichqoncha kursorini "ПУСК" tugmasiga keltirib, chap tugmasi bitta bosiladi va ekranga "ПУСК" tugmasining menyusi chiqadi. 2) "ПУСК" tugmasining menyusidan "ВСЕ ПРОГРАММЫ" bo`limi sichqonchacha yordamida tanlanadi va ekranga dasturlar ro`yxati chiqadi. 3) Dasturlar ro`yxatidan "MICROSORT OFFICE" sichqonchacha yordamida tanlanadi va "MICROSOFT OFFICE" dasturlar ro`yxati chiqadi. 4) Bu ro`yxatdan "Microsoft Excel" tanlanib, sichqonchachaning chap tugmasi bitta bosiladi. 1-usulni klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Buning uchun faqat sichqonchachaning chap tugmasi o`rniga "Enter" tugmasi bosiladi hamda sichqoncha harakati o`rniga harakatlanish tugmalari ishlatiladi.

2- usul: "ПУСК-ВЫПОЛНИТЬ-EXCEL``ni bajarish uchun sichqonchachadan foydalanib, quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 1) Sichqonchacha kursorini "ПУСК" tugmasiga keltirib, chap tugmasi bitta bosiladi va ekranga "ПУСК" tugmasining menyusi chiqadi. 2) "ПУСК" tugmasining menyusidan "ВЫПОЛНИТЬ"

(BAJARISH)buyrug` I tanlanadi va ekranga "ЗАПУСК ПРОГАММЫ" muloqot oynasi chiqadi 3)"Открыть"qatoriga "EXCEL" buyrug`i yoziladi va "OK" tugmasi

sichqonchachaning chap tugmasi yordamida bosiladi. (Bundan keyin "sichqonchachaning chap tugmasi yordamida bosiladi" so`zi o`rniga "sichqonchacha bosiladi" so`zi ishlatiladi). 2- usulni klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Buning uchun faqat sichqonchaning chap tugmasi o`rniga Enter tugmasi bosiladi.

1) Sichqoncha kursorini "ПУСК" tugmasiga keltirib, chap tugmasi bitta bosiladi va ekranga "ПУСК" tugmasining menyusi chiqadi. 2) "ПУСК" tugmasining menyusidan "СОЗДАТЬ ДОКУМЕНТ OFFICE" bo`limi tanlanadi va ekranga "Создать документ Office" muloqot oynasi chiqadi. 3) "Общие" bo`limidan "Новая книга" tanlanib, "OK" tugmasi bosiladi. 3- usulni klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Buning uchun faqat sichqonchaning chap tugmasi o`rniga "Enter" tugmasi bosiladi hamda sichqoncha harakati o`rniga harakatlanish tugmalari, bo`limdan bo`limga o`tish uchun "Tab" tugmasi ishlatiladi. 4-usul: "Ish stolidagi Microsoft Excel yorlig`i yordamida"ni bajarish uchun sichqonchadan foydalanib, quyidagi amallar bajariladi: 1) Ishchi stoldagi

"Microsoft Excel" yorlig`i bosiladi. Klaviatura yordamida bajarish:TAB tugmasidan

foydalanib, Microsoft Excel yorlig`iga kursor keltiriladi va "Enter" tugmasi bosiladi.

5-usul:"БЫСТРЫЙ ЗАПУСК" panelidagi "Microsoft Excel" yorlig`i bosiladi Klaviatura yordamida bajarish: TAB tugmasidan foydalanib, "Microsoft Excel" yorlig`iga kursor keltiriladi va "Enter" tugmasi bosiladi. 6-usul: "Microsoft Excelda yozilgan faylni ochib, "создать "ni tanlash orqali"ni bajarish uchun sichqonchadan foydalanib: 1) Kompyuterdan Microsoft Excelda tayyorlangan birorta ishchi kitob ochiladi. 2) Ochilgan oynada yangi ishchi kitob yaratish uchun "Меню-файл-создать" buyruqlar ketma-ketligidan foydalaniladi. 7-usul: Sichqonchadan foydalanib, "МОЙ КОМПЬЮТЕР-Локальный диск-Programm Files-Microsoft Offices Excel.exe"ni bajarish: 1) "МОЙ КОМПЬЮТЕР" yorlig`i tanlanib, sichqoncha bosiladi. 2) Disklar ro`yxatidan "Локальный диск(С)" tanlanib, sichqoncha bosiladi. 3) "Локальный диск(C)"dagi papkalar ro`yxatidan "Programm Files" papkasi tanlanadi va sichqoncha bosiladi. 4) "Programm Files"dagi papkalar ro`yxatidan "Microsoft Office" papkasi tanlanadi va sichqoncha bosiladi. 5) "Microsoft Office"dagi fayllar ro`yxatidan "Excel.exe" fayli tanlanadi va sichqoncha bosiladi. Klaviaturadan foydalanib esa "sichqoncha"ning o`rniga "Enter" bosiladi va kerakli fayl yoki papkani tanlash uchun "Tab" tugmasidan foydalanish mumkin.

Microsoft Excelni 7 xil usulda ishga tushirishni amalda bajargandan so`ng, har bir usulning nechta qadamdan iborat ekanligi sanab olinadi va eng kam qadamlisini takror bajarib ko`riladi va tartibi aniqlanadi.



  1. Nazariy materialda keltirilgan Microsoft Excelning ishini 4 xil usulda

tugallash tartibi olinadi. 1-usul: "Системали меню-закрыть" ni bajarish uchun sichqonchadan foydalanib: 1) Ekranning chap-yuqori qismida "Системали Meню"ga sichqoncha bosiladi. 2) Sistemali menyu buyruqlaridan "закрыть" tanlanib, sichqoncha bosiladi (5-rasm). Klaviaturadan foydalanib: 1) F10 tugmasi bosilib, menyuga chiqiladi. 2) Menyudan sistemali menyuga o`tish uchun yo`nalish tugmasi bosiladi. 3) yo`nalish tugmasi bilan "закрыть" buyrug`i tanlanadi. 4) "Enter" tugmasi bosiladi. 2- usul: "Файл-выход"ni bajarish uchun sichqonchadan foydalanib: 1) Menyudan "Файл" bo`limi tanlanib, sichqoncha bosiladi. 2) "Файл" bo`limidan eng oxirgi buyruq "выход" tanlab, sichqoncha bosiladi. Klaviaturadan foydalanib: 1) F10 tugmasi bosilib, menyuga chiqiladi. 2) Menyudan "Файл" bo`limi tanlanib chap yo`nalish tugmasi bosiladi. 3) "Выход" buyrug`i tanlanadi. 4) "Enter" tugmasi bosiladi. 3-usul: "Закрыть" (x) tugmasini bajarish uchun faqat sichqonchadan foydalanish mumkin: 1) Oynaning o`ng-yuqori qismidan "Закрыть (x)" tugmasiga sichqoncha bosiladi. 4-usul: "Alt + F4" tugmachalar majmuasidan foydalanib"ni bajarish uchun faqat klaviaturadan foydalanadi: 1) "Alt" tugmasini bosib turib, F4 bosiladi.

Microsoft Excelning ishini 4 xil usulda tugatishni amalda bajargandan so`ng har bir usulning nechta qadamdan iboratliligi, qaysilarini klaviatura yordamida bajarish mumkinligi o`rganiladi va takror bajarib ko`riladi va tartibi aniqladi.








Download 26,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish