Mavzu: Mexanika bo’limida nimani o’rganamiz? Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar Reja: - 1. Mexanika bo’limida nimani o’rganamiz?
- 2. Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar
- 3. Mexanik harakat haqida Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino ta’limotlari
- 4. O’zbekistonda fizika taraqqiyoti
- Hayotimizni atrofimizdagi mashina asbob uskunalarsz tasavvur qilib bo’lmaydi. Avtomobil, samolyot, televizor, kompyuterlar, muzlatgich, elektr yoritgichlar va ko’pdan-ko’p boshqa texnik asboblarning ishlash prinsipi fizika qonunlariga asoslanadi.
- Fizikani bilish mantiqiy tafakkurni oshiradi
- Fizika va matematikada hech narsa taxminga asoslanmaydi, hamma narsa isbot talab qiladi.
- Fizika ilmini buyuk aql egalari, iqtidorli, mehnatsevar kishilar yuzaga keltirgan va yuzaga keltirmoqdalar.
- Tabiat sirlari va unda sodir bo’ladigan hodisalar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Miloddan avvalgi IV-V asrlada yashagan yunon olimi Demokrit moddalarning uzluksiz tuzilishga ega ekanligi to’g’risidagi ta’limotni yaratgan. Aristotel jismlarning to’g’ri va egri chiziq bo’ylab harakatlanishini o’rganib, richagning muvozanat shartlarini aniqlab bergan.
- Fizika fanining taraqqiyotida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy ishlari tabiat hodisalari va jismlarning qattiqligini o’rganishda, shaffoflik va solishtirma og’irliklariga qarab ularni turlarga ajratishga bag’ishlangan.
- Muhammad al-Farg’oniy astronomiya, geografiya va matematika fanlarini mukammal o’rgangan. U quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan, Yerning sharsimon ekanligini ilmiy isbotlagan
- Abu Ali ibn Sino fizikaning harakat, kuch, bo’shliq(vakuum) kabi masalalari bilan shug’ullanib, fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan.
- O’zbekistonda XX asrda fizika sohasida erishilgan yutuqlar – ko’plab olimlarning mashaqqatli mehnat mahsulidir.
- O’zbekistonda issiqlik fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar asosan akademik P.Q.Habibullayev yaratgan xalqaro miqyosda tanilgan ilmiy maktabda olib boriladi.
- O’zbekistonda fizikaviy elektronika sohasidagi tadqiqotlar XX asrning 30-yillarida O’rta Osiyo Davlat Universitetida akademik U.O.Orifov tomonidan boshlangan.
Mashq - Soat har sekundda 3 marta chiqillaydi. U 1 minut davomida va 1 soat davomida necha marta chiqillaydi?
DEMOKRIT
ARXIMED
ARISTOTEL
ABU ALI IBN SINO
ABU RAYHON BERUNIY
MUHAMMAD AL-FARG’ONIY
UYGA VAZIFA - Mavzuni o’qib o’rganib kelish
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |