Nazorat savollari:
1. Mevachilik sohasining kelib chiqish markazlarini ayting.
2. Ozbekistonda mevachilikni rivojlantirish istiqbollarini korsating.
3. Ozbekistondagi rivojlangan mevachilik makonlarini ayting.
4. Ozbekistonda mevachilik rivojlangan mintaqalarni bilasizmi?
5. Ozbekistonda sitrusli osimliklarni yetishtirish texnologiyasini aytib bering.
6. Sitrusli mevalarga qaysi osimliklar kiradi?
7. Rezavor mevalar orasida keng tarqalgan osimliklarni korsating.
2-MARUZA.
MAVZU: MEVALI VA REZAVOR MEVALI OSIMLIKLARNING KELIB CHIQISHI, BOTANIK TARIFI VA UMUMBIOLOGIK XUSUSIYATLARI
REJA:
Mevali va rezavor mevali osimliklarning kelib chiqishi.
Mevali va rezavor mevali osimliklarning botanik tarifi.
Mevali daraxtlarning morfologik vа biologik xususiyatlari.
Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosabatlari.
Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning kelib chiqishi hamda botanik ta’rifi. O‘zbekistondagi mevali daraxtlar boshqa o‘simliklardan mevalarining yirikligi, rangdorligi, uzoq saqla- nishi, uzoq masofalarga yuborish mumkinligi hamda sanoat uchun qimmatbaho xomashyo ekanligi va istemol qilish uchun zarur bolgan moddalarga boyligi, bir yerda kop parvarish qilinishi hamda mol hosil berishi bilan ajralib turadi. Bir necha yillar mobaynida olma, nok, behi, yongoq, orik, bodom, gilos, olcha, togolcha, olxori, shaftoli kabi mevalar ustida seleksiya ishlari olib borildi. Ularning uruglaridan chiqqan yaxshi for- malarini tanlab olib kopaytirish natijasida Ozbekistonda ye- tishtirilayotgan meva turlari va navlari son jihatidan birmun- cha kopaydi hamda sifat jihatidan ancha yaxshilandi. Boshqa joylardan ham kopgina meva va rezavor meva navlari olib kelib, respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga moslashtiril- di. Markaziy Osiyoda, shu jumladan, Ozbekistonda yovvoyi meva daraxtlari asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarning togli rayonlarida osadi. Bu yerlarda mevali daraxtlar va butazorlarning 70 ga yaqin turlari uchraydi.
Keyingi yillarda yovvoyi olma, yongoq, bodom, kamhastak, togolcha, dolana, pista, irgay kabi mevali daraxtlar payvand qilish yoli bilan madaniylashtirilmoqda. Har yili koplab meva yigib olinadi, madaniy meva navlarini kurtak payvand qilib kopaytirish uchun yovvoyi meva daraxtlaridan har xil uruglar tayyorlanadi. Yovvoyi meva daraxtlarining ikkinchi bir foydali tomoni shundaki, seleksionerlarning ayrim meva shakllarini tanlashida qimmatbaho manba hisoblanadi.
Meva va rezavor osimliklar ozining osishi, rivojlanishi, umr korishi, hosilga kirishi, ildiz tizimi va yer ustki qismining osishiga qarab daraxt, buta, yarim buta hamda otsimon osimliklarga bolinadi.
Daraxtlar boshqa mevali osimliklarga qaraganda yer ustki va yer ostki qismlarining baquvvat osishi bilan ajralib turadi. Da- raxtda shox-shabbalarini ushlab turadigan bitta tana bolib uning yuqori qismida bir necha yogon ona shoxlar boladi. Bu shoxlar tananing har tomonida belgili masofada, biri ikkinchisiga xalaqit bermay osadi. Ona shoxlarida kop yillik shoxlar bilan bir yillik novdalar joylashadi.
Meva daraxtlari bir necha yil mobaynida oz shox-shabbalarini shakllantiradi, uzoq umr koradi va boshqa meva turlariga qaraganda mol va sifatli hosil beradi. Butalar meva daraxtlariga nisbatan past boyli bolib, tezroq hosilga kiradi, lekin nisbatan uzoq umr kormaydi.
Ular bir necha shox va novdachalar chiqarib osadi. Ularga smorodina, krijovnik va boshqalar kiradi. Yarim butalarga ma- linani misol qilib keltirish mumkin. Har yili yer ustki qismi il- dizidan osib chiqqan yangi novdalar hisobiga yangilanib turadi. Yangi osib chiqqan novdalar hosil bergandan keyin qurib qoladi. Malina kochatini kopaytirishda ildizdan osib chiqqan novdalar ildizi bilan ona tupdan sekin-asta ajratib olib ekiladi. Qulupnay otsimonlar guruhiga kiradi.
Ozbekiston sharoitida kuchli payvantaglarda ostirilgan olma, nok, gilos, yongoq, pekan daraxtlarining boyi 12-15 metrdan ham oshadi. Ular juda sershox boladi. Ildiz tizimi 6-8 m chuqurlikda va 8-10 m atrofida tarqaladi. Ildizi kuchli, shox- shabbali baquvvat daraxt yer ustki qismini ushlab tura oladi, daraxtlarning shox-shabbalari 12 metrga yoyilib osadi. Tanasining yogonligi yoshiga qarab 0,5-1,5 metrga yetadi, bir yillik novdalarning uzunligi esa 30-50 sm ni tashkil qiladi.
Meva daraxtlari oz hayotida bir necha marta gullaydi, bir necha yil hosil beradi. Rezavor mevalar barvaqt hosilga kirib, har yili gullaydi va hosil beradi. Meva daraxtlari va rezavorlar suvli va unum dor yerlarda yaxshi, qumloq, toshloq hamda lalmikor yerlarda kuchsiz osadi.
Meva daraxtlari va rezavor mevalarning hosilga kirishi yerni rochat ekishga puxta tayyorlashga, kochatning sifatli parva- rishiga va qanday payvandtaglarda ostirilganligiga bogliq.
Qulupnay avgust oyida ekilsa, kelgusi yili hosil berib 4-5 yil umr koradi. Smorodina (qoragat) 3-yildan boshlab hosil beradi, 12-15 yil umr koradi. Krijovnik 3-4-yildan boshlab hosil beradi va 15-20 yil umr koradi.
Kuchli payvandtaglarda ostirilgan olma, nok daraxtlari bir yerda 4555 yil, shaftoli 1526 yil, olcha 2025 yil, olxori 25–30 yil, gilos 2540 yil, bodom 4045 yildan kop umr koradi. Bu malumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |