1-MARUZA
MAVZU: MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING
XALQ XOJALIGIDAGI AHAMIYATI
REJA:
1.Bogdorchilikning ahamiyati.
2. Bogdorchilik tarixi va rivojlantirish istiqbollari.
3. Tokchilikning ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari.
4. Bogdorchilikni rivojlantirishda ilmiy tadqiqot institutlarining orni.
Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyotini belgilovchi va katta daromad keltiradigan asosiy sohalardan biri bogdorchilik hisoblanadi. Bu sohani ilmiy asosda rivojlantirmasdan turib, aholi va sanoatimizning meva mahsulotlariga bolgan talabini qondirish mumkin emas. Shunday ekan, qishloq xojalik sohalarini, shu jumladan, bogdorchilikni chuqur organib chiqib, qanday muammolar sodir bolganligini aniqlab olish va ularning ijobiy yechimini topishni taqozo etadi.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov Ozbekiston fanlar akademiyasining umumiy yigilishida «Dehqonchilik va umuman ishlab chiqarishni fan negizida, ayniqsa, fundamental fan asosida qayta qurollantirmas ekanmiz, mamlakat taraqqiyotini tezlashtirishimiz amri mahol» deb bejiz aytmagan edilar. Demak, qishloq xojalik sohasida, shu jumladan bogdorchilik sohasini rivojlantirish uchun oz navbatida orta maxsus va oliy oquv yurtlarida bogdorchilik boyicha yetuk mutaxassislar tayyorlash jarayoniga zarur ozgarishlar kiritish zarur.
Respublikamiz aholisi moddiy farovonligi osishi bilan ularning meva mahsulotlariga bolgan ehtiyojlari ham oshib bormoqda, chunki mevalar (hol va quritilgan holatlarda) inson salomatligi uchun zarur bolgan toyimli, mazali va shifobaxsh oziqdir. Shu bois yil davomida aholining mevaga bolgan talabini taminlash bu davr talabidir. Bogdorchilik qishloq xojaligi tarmogi bolib, fan sifatida meva daraxtlarining morfologik tuzilishi, osishi, rivojlanishi, kopaytirish usullari, hosil berish qonuniyatlari hamda parvarishlash texnologiyasini orgatadi. Yuqorida korsatilgan bilimlarning egallanishi agronom, fermer mutaxassisi bolib shakllanishlarida katta ahamiyat kasb etadi va agrotexnik chora-tadbirlarni yuqori darajada va oz vaqtida otkazishga yordam beradi.
Bogdorchilik sohasi biologiya, biotexnologiya, tuproqshunoslik, osimliklar fiziologiyasi, melioratsiya, agrokimyo va umumiy dehqonchilik tarmoqlari bilan chambarchas bogliqdir. Meva daraxtlari va tok tuplarini parvarishlash texnologiyasi shu fanlar bilan aloqadordir.
Uzumchilik «mamlakatimiz qishloq xojaligining muhim tarmoqlaridan biri. Markaziy Osiyo respublikalarida, xususan, Ozbekistonda uning roli, ayniqsa, katta. Ozbekistonning qulay tabiiy sharoiti bu yerda xilma-xil nav uzum yetishtirishga imkon beradi. Tok qimmatbaho osimlik hisoblanadi. Uning mevalari juda mazali va foydalidir. Uzum mevasining tarkibida 1530 foiz shakar, sovitilganda esa 4050 foizgacha organik kislotalar, pektin, oshlovchi, xushboy hidli va boyoq moddalar, osimlik yelimi, bir qancha fermentlar А, В, C vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi. Uzum tarkibida yaxshi o‘zlashtiriladigan shakar (glyukoza va fruktoza), orga nik kislotalar va boshqa moddalar bo‘lishi va tarkibiy qismlarining bir-biriga mos ravishda birikkanligi tufayli ular davolash xususiyatiga ega. Uzum mevalaridan har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Uzum yangiligicha kop ishlatiladi. Ozbekiston tuproq-iqlim sharoitida undan iyun oyidan boshlab noyabrgacha foydalaniladi. Tashishga chidamliligi va muzlatgichlarda hamda maxsus ombor larda uzoq saqlanishi tufayli uzum yangiligicha kelgusi yilning may oyida ham istemol qilinadi. Uzum oziq-ovqat va vino sanoati uchun juda qimmatbaho xomashyodir. Yangi uzumdan murabbo, kompot, marinadlar tayyorlanadi. Uzum suvi tegishlicha tayyorlanganda eng yaxshi toyimli parhez va shifobahsh mahsulotlar sifatida kop oylar davomida saqlanishi mumkin. Uzumdan quritilgan qimmatbaho mahsulotlar: urugli xoraki navlaridan mayiz, urugsiz navlardan kishmish, juda mayda (69 mm) urugsiz qora mevali korinka nav uzumdan quritilgan korinka olinadi. Ozbekistonda koplab kishmish, mayiz esa kamroq tayyorlanadi. Korinka butunlay tayyorlanmaydi. Uzumdan har xil vinolar jumladan, shampan vinosi tayyorlanadi. Istemol qilinadigan vinolardan uzum sirkasi tayyorlanadi. Uzum turidan spirt, vino kislotasi, tanin moddasi, uzum moyi, boyoqlar, yoritgich gaz va boshqalar olinadi.
Tok yana shu bilan qimmatliki, u erta (otqazilgandan song ikkinchi uchinchi yili) hosilga kiradi.
Dunyo boyicha, shu jumladan, Ozbekistonda tok tuplari, asosan, jinsiy (urugidan) va vegetativ yol bilan kopayadi. Urugidan kopaytirish seleksiya ishlarida qollaniladi. Amaliyotda vegetativ yol (qalamchasidan, yashil qalamchasidan, payvandlab, parxishlab) bilan kopaytiriladi. Tok urugidan kopaytirilganda navning belgi va xususiyatlari ozgarib, kopincha yovvoyi shakliga qarab ketadi, kech hosil beradi. Vegetativ kopaytirishda tok qayta tiklanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega. Tok organlarining qayta tiklanishi bir xil emas. Masalan, ildiz bolagi, barg bandi, topgul bandi, ildiz chiqarishi mumkin, ammo ularda kurtaklar yoqligidan novda rivojlanmaydi. Qayta tiklanish jarayoni navning biologik xususiyatlari, novdaning yoshi, undagi oziq moddalarining miqdori, tuproq namiligi va unumdorligi kabi omillarga bogliq.
Tok qalamchalardan kopaytirilganda bolgusi organlar qutblilik asosida, yani qalamchaning yuqori tomonidan novdalar, pastki tomonidan ildiz hosil qiladi. Regeneratsiya yaxshi pishgan bir yillik novdaning orta qismidan olingan qalamchalardan yaxshi otadi (Sh. Temurov, 2002).
Tokni parxishlab kopaytirishda uning zang, madang, yashil va yarim yashil qismlaridan foydalaniladi. Parxishning tik, yotiq, yer osti, yer usti kabi usullari bor. Tokni payvandlab ostirish qadimdan malum. Xitoyda bundan besh ming yil ilgari qollanganligi togrisida malumotlar bor. Payvandlash, ayniqsa, tokning sovuqqa chidamli navlarini yetishtirishda, nav sifatini yaxshilashda, vegetativ duragaylash yoli bilan yangi navlarni yaratishda qollaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |