“Texnik jihatdan tartibga solish to„g„risida”
O„zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bu qonun 3 – bob va shu
boblarga kiruvchi 28 – moddadan iborat.
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga
doir majburiy talablarni belgilash, qo„llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Qonunda texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari alohida
belgilab berilgan (4 – modda). Unga ko„ra, texnik jihatdan tartibga solishning
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
inson hayoti va sog„lig„i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol –
mulki xavfsizligini ta‟minlash;
-
atrof - muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona
foydalanilishini ta‟minlash;
-
savdodagi texnik to„siqlarni bartaraf etish;
-
mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni
chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish.
Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari ham
ko„rsatib o„tilgan (5 – modda).
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-
texnik reglamentlarni qo„llashning majburiyligi;
-
texnik reglamentlarni qo„llashning bir xilligi;
-
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va
xalqaro normativ hujjatlarga
muvofiqligi;
-
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e‟lon qilish
tartibi to„g„risidagi axborotning ochiqligi.
Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 –
modda) ham ko„rsatib o„tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini
quyidagilar tashkil etadi:
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari –
O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi,
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi
Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qumitasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o„z vakolatlari doirasida faoliyatni
amalga oshiruvchi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari.
Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda
tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb
nomlangan bo„lib, unda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O„zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O„zbekiston Respublikasi
Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
(9 – modda) , Davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko„rsatib o„tilgan.
Qonunning 3 – bobi “Texnik reglamentlar” deb nomlangan. Unda texnik
reglamentlarning turlari (15 – modda), texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va
xizmatlar xavfsizligini ta‟minlashga doir talablar (16 – modda), texnik
reglamentlarning mazmuni (17 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish
dasturlarini shakllantirish (18 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi
(19 – modda), texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi (20 – modda) va shu
kabilar aniq ko„rsatib berilgan.