Mavzu: “Metodist maktab", uni tashkil etish
Reja:
“Metodist maktab" ni to’g’ri tashkil etish chora tadbirlari
“Metodist maktab" ni tashkil etishning maqsadi
“Metodist maktab" ni ahamiyati
Foydalanilgan adabiyotlar
“Metodist maktab" ni to’g’ri tashkil etish chora tadbirlari
Keyingi yillarida respublika metodistlarining diqqat e’tibori o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalasiga qaratildi. J.Tolipova darslarni xilma xillashtirish, noan’anaviy darslar (seminar, konferentsiya, muammoli munozarali) o‘tkazish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, mustaqilligini rivojlantirishda, puxta bilim egallashlarida katta rol o‘ynashini ko‘rsatib berdi. Bu o‘rinda biologiyadan noan’anaviy darslar o‘tkazishga (xamkorlikda o‘qitish konferentsiya darslari modulli ta’lim va h) qaratildi. (J.Tolipova, A.T.G‘ofurov). Republikamiz metodistlari biologiyaning faqat umumiy o‘qitish metodikasi bilan emas, balki xususiy metodikasi bilan ham shug‘ullana boshladilar. (J.Tolipova va boshqalar) Maktab biologiya kursida chet tillardan olingan ko‘pgina atamalar mavjud.
Mazkur atamalarning tub ma’nosini bilish biologik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yaqindan ko‘mak beradi. O‘zbek biolog olimlari botanik, fiziologik, biologik atamalarning izoxli lug‘atini tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. (A.Zikiryaev, S.S.Fayzullaev). Kafedra o‘qituvchilari tomonidan Umumiy O‘rta ta’lim maktablari uchun ko‘plab darslik va metodik qo‘llanmalar yozish orqali keng yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bularga T.I. Isxoqov tomonidan chop etilgan “Maktab o‘quv tajriba uchaskasida zoologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (Tashkent: O‘qituvchi, 1964); «Maxalliy materiallardan umumiy biologiya kurslarida foydalanish» A. T. G‘ofurov (Tashkent: O‘qituvchi, 1970); «Metodikaning politexnik ta’limdagi ayrim muammolari S. K. Xabirova (Tashkent: O‘qituvchi, 1974); «Maktab biologiya kursida tabiatni muxofaza qilish tushunchalarini shakllantirish» A. T. G‘ofurov, O. Nosirov (Tashkent: O‘qituvchi, 1984); «Botanikadan ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi»
M. Maxkamov, A. T. G‘ofurov (Tashkent: O‘qituvchi, 1985).
Kafedra «Biologiyani o‘qitish metodikasi» nomi bilan sobiq Ittifoqda Moskva, Leningrad ped.institutlaridan keyin uchinchi bo‘lib Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat ped. instituti tabiiyot-geografiya fakul’teti 1961 yili tashkil etilgan. Dastlabki davrda uning tarkibida 1 dotsent, 2 fan nomzodi, 3 katta o‘qituvchi, 2 assistentdan iborat bo‘lgan. Kafedrada biologiya o‘qitish metodikasi fanidan tashqari darvinizm, genetika va selektsiya asoslaridan ham talabalarga bilim berilishi e’tiborga olinib, u O‘zbekiston halq ta’limi Vazirligining buyrug‘iga binoan 1987 yildan boshlab va hozirgi kungacha «Biologiya va uni o‘qitish metodikasi» deb nomlandi
№
|
Yillar
|
kafedra mudiri FISh
|
Ilmiy darajasi
|
1
|
1961-1972
|
Akbar Talasovich G‘ofurov
|
B.f.n., dotsent
|
2
|
1972- 1976
|
Alim Nosirovich Nosirov
|
B.f.n., dotsent
|
3
|
1976-1992
|
Akbar Talasovich G‘ofurov
|
B.f.d., Professor
|
4
|
1992-1996
|
Utkir Nabiev
|
B.f.n., dotsent
|
5
|
1993-1998
|
Toshbibi Norboboeva
|
B.f.n., dotsent
|
6
|
1999-2007
|
Saidnosir Saidburxonovich Fayzullaev
|
B.f.n., dotsent
|
7
|
2008 -2009
|
Jamila Olimjonovna Tolipova
|
P.f.d., Professor
|
8
|
2010 -2013
|
Saidnosir Saidburxonovich Fayzullaev
|
B.f.n., professor
|
9
|
2013 yildan
|
Gulnora Abdullaevna Shaxmurova
|
B.f.n., professor
|
“Metodist maktab" ni tashkil etishning maqsadi
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh bugun Qorakoʻl xalqaro maktabi tajribasini oʻrganish maqsadida Buxoroda boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentyabr kuni “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlangan tantanali tadbir davomida mutasaddilar zimmasiga Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabi tajribasini keng ommalashtirish va mamlakatimizning barcha shahar, tumanlarida hech boʻlmaganda bittadan shunday maktablarni tashkil etish vazifasi yuklandi.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi maktabda olib borilayotgan taʼlim jarayoni va erishilayotgan yutuqlar hamda oʻqitish metodologiyasini oʻrganib, buning natijasida Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qoʻllanmasini yaratish va ushbu tajribani ommalashtirish choralarini koʻrishdan iborat.
Bugungi kunda Qorakoʻl maktabi bitiruvchilari nafaqat matematika balki boshqa fanlardan ham aʼlo natijalar koʻrsatayotgani qayd etildi. Shuningdek ishchi guruh tomonidan maktab tajribasini oʻrganish maqsadida u yerga tashrif buyuradiganlar eng kamida bir hafta muhitda yashab, jarayon bilan tanishish orqali tajribani oʻrganishi va oʻz hududida joriy etish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Aytish joizki Qorakoʻlning muvaffaqiyatli tajribasi bu oʻquvchilarni saralab olish jarayonining shaffof va adolatli tarzda tashkil etilishidir. Maktabda kadrlar salohiyati doimiy ravishda oshirib boriladi ushbu maktabning deyarli 60% oʻqituvchisi shu maktabning bitiruvchilaridir. Maktabda ota-onalar bilan qayta aloqa aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular doimiy ravishda oʻquvchining tarbiyasi va bilim darajasi toʻgʻrisida xabardor qilib boriladi.
Maktabda oʻquvchilarni oliy taʼlimga qamrab olishda ularning bilim salohiyatidan kelib chiqqan holda toʻgʻri yoʻnalish berish 7 sinfdan boshlanadi va jarayon 11 sinfga qadar davom ettiriladi.
Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabi mamlakatda oʻz oʻrni va nufuziga ega taniqli ilm maskani hisoblanadi. Ushbu dargoh oʻquvchilari bir necha yillardan buyon jahon maydonida mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |