Bu holda elektronlar aktivroq metall (Ni) atomlaridan ajraladi va aktivligi kamroq metall ionlariga (Cu2+) birikadi. Gidroksidlari amfoter bo'lgan metallar, odatda, kislotalarning eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi. Shunday qilib, metallarning metallmaslar, kislotalar, aktivligi kamroq metallar tuzlarining eritmalari, suv va ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri ularning asosiy kimyoviy xossasi — qaytaruvchilik xususiyatini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |