Mavzu: Metall konstruksiyalari xaqida umumiy ma’lumotlar. Reja: Kirish


Metall konstruksiyalarning xususiyatlari



Download 28,17 Kb.
bet4/5
Sana17.07.2022
Hajmi28,17 Kb.
#816999
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Metall konstruksiyalari xaqida umumiy ma’lumotlar. Reja

Metall konstruksiyalarning xususiyatlari.
Po’lat yuqori fizik va mexanik ko‘rsatkichlarga ega boigani sababli qurilishda keng qo‘llanib kelinmoqda, ayniqsa, murakkab, noyob, mas’uliyati yuqori boigan, juda baland sanoat va jamoat binolarida samarali foydalanib kelinmoqda. Metall konstruksiyalar (9.2- rasm) yuqori mustahkamligi, ishonchliligi va umrboqiyligi bilan ajralib turadi. Respublikamizda quyidagi tur inshootlarda metalldan keng foydalaniladi: — ustunlar oraligi 18x 18 m boigan bir qavatli, sanoat binolarida; — ustun balandligi 14,4 metrdan yuqori, oraligi 30 metrli sanoat inshootlarida; — ustunlar orasi 6,0x6,0 m va 6,Ox 12,0 m bo‘lgan imoratlarda, ko'p qavatli fuqaro va sanoat binolarida; — estakada, kranlar, silosxonalar, rezervuarlar, ko‘prik va yuqori kuchlanishli elektr tayanchlari, kabi turli muhandislik inshootlarida; — teleminora, metropoliten va boshqa betondan foydalanib bo'lmaydigan sharoitlarda; — katta masofali oraliqlami yopishda ishlatiladigan metall fermalar, strukturalar, vantlar va membranalarda. Keyingi yillarda qurilishda yengillashtirilgan metall konstruksiyalar keng qo‘llanilib kelinmoqda. Yengil konstruksiyalar tomlarda, Kislovodsk nomi bilan mashhur bo'lgan panjarasimon zilzilabardosh ustyopmalarda keng qoilaniladi. Bunday konstruksiyalar zavod sharoitida tayyorlanib, qurilish maydonida yig'iladi va shuning uchun industrial konstruksiyalar deb nom olgan. Metalldan turli xil arxitektura ko'rinishiga ega bo'lgan konstruksiyalami oson va juda chiroyli yasash mumkin. Metall konstruksiyalarga aluminiydan va turli qorishmalardan qilingan konstruksiyalar ham kiradi. Bunday qotishmalar po'latlarga nisbatan 10— 20 baravar zangbordosh bo'ladi va juda egiluvchanligi bilan mehnatni ancha yengilashtiradilar, ayniqsa, yopma konstmksiyalarda va qo'shimcha yuk ko'tarmaydigan devorlarda qo‘l keladi. Ammo bunday kons;mksiyaIar ancha qimmat bo'ladi. Aluminiy konstruksiyalar po'latdan ham qimmat bo'lib, juda defitsit material hisoblanadi. Metall konstruksiyalaming salbiy ko'rsatkichlaridan biri olovdan va yuqori temperaturadan qo'rqishidir. Metall shu bilan birga boshqa vazifasi orqali ham qurilishda keng tarqalgan, masalan, temir-beton konstmksiyalarda bikr sortamentlar armatura sifatida beqiyos samaralidir. Undan tashqari, muhandislik uskunalarida, suv, kanalizatsiya quvurlarida, lift shaxtalarida, imoratning turli qismlarida keng foydalaniladi. Metall konstruksiyalari anchagina qimmat bo'lganligi sababli undan konstruksiyalar loyihalansa, uning narxini kamaytirish, undan ratsional va optimal foydalanish masalalari dolzarb masalaga aylanadi. Metall konstruksiyalaridan samarali foydalanishda ikki xil yondoshish bor. Birinchisi ratsional foydalanish bo'Isa, ikkinchisi matematik usullar yordamida optimal loyihalash deb nom olgan. Variantli loyihalashda bir necha raqobatli yechimga ega bo'lgan variantlar tanlanadi va hisoblanadi. Iqtisodiy mezonlar (tannarxi, og'irligi, mehnat xarajati va h.k.) orqali eng samarali yechimga ega bo'lgan variant tanlanadi. Optimal variant, ya’ni eng samarali yechimni topish uchun iqtisodiy matematika usullaridan foydalanib (qoilanmaning 13—14- boblariga qarang) konstruksiyani matematik modeli va masalaning matematik optimalalashtirish modellari yaratiladi hamda tegishli optimallashtirish usuli yordamida eng samarador yechim aniqlanadi. Bu optimal loyihalash yondoshishi oxirgi 40 yil ichida keng qoilanilib kelayotgan kompyuter usuli hisoblanib, tajribada bir necha foiz (6,0— 28,0) gacha iqtisodiy samara berishi tasdiqlandi. Bizning respublikamizda bu ilmiy yo'nalish taraqqiy topgan markazlar ko'p, masalan, Toshkent Davlat aviatsiya institutining «Amaliy mexanika» kafedrasida optimal masalalarni yechishga doir salmoqli, xalqaro tan olingan ilmiy yutuq va amaliy natijalarga erishilgan. Umuman, metall konstruksiyalari oxirgi davrda, uning turli komponenti asosida, eng zamonaviyligi, eng mustahkamligi, yengilligi, chiroyli va umrboqiyligi, ayniqsa, zilzilabardoshligi bilan katta e’tibor qozondi. Respublikamizda bunday konstruksiyalar keng qo‘llanib kelinadi, masalan, Kislovodsk nomli struktura ustyopmasi. Xususan poytaxtimiz Toshkent shahrida metalldan qurilgan bir necha noyob va go‘zal imoratlarimiz bor, masalan, Toshkent Sirki, «Sharq» konsemi, Ekspomarkaz pavilyonlari, teleminoralar va h.k. Insoniyat taraqqiyotida metall konstruksiya va ulardan yaratilgan bino va inshootlar hali ko‘p quriladi.


Download 28,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish