Menzulani tekshirish. Menzulani tekshirish. 1. Menzula turg‘un turishi kerak. Menzula taxtasining ustiga qo‘yilgan kipregel trubasi biror nuqtaga qaratilib, menzula taxtasi yoniga qo‘l bilan chertiladi. Bu vaziyatda nuqta to‘r iplaridan chiqib ketadi. Agar chertish to‘xtatilgandan keyin nuqta boshlang‘ich vaziyatga qaytib kelsa, shart bajarilgan bo‘ladi. 2. Menzula taxtasining yuqori sirti tekis bo‘lishi kerak. Kipregel chizg‘ichining qirrasini ikkita o‘zaro perpendikular yo‘nalish bo‘yicha qo‘yib ko‘riladi. Agar chizg‘ich qirrasi bilan menzula taxtasi orasida shu’la ko‘rinmasa shart bajarilgan bo‘ladi. Agar shu’la 0,5 mm dan ortiq bo‘lsa taxta durodgorlik ustaxonasida tuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |