Esingizdami, azon vaqti onamiz bizni erkalab uyg‘otib: “Tur bolam, maktabinga kech qolasan, yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Kiyimlaringni dazmollab qo‘ydim”- desalar, otamiz esa choy ichayotgan paytimiz: “Bolam, maktabda ustozlaringni aytganini qilgin, hech kim bilan tortishma!”-deb uqtirar edilar. Bular bir qarashda har kungi oddiy bir gaplar edi. Aslidachi? Biz e'tibor qaratmagan xazina so‘zlar. Bu so‘zlar zamirida komil inson tarbiyasi yotadi. Ya'ni barchaning orzusi. Vaqt o‘tib ular keksaygan, bizning shirin mehrimizga zor bo’lgan paytida esa biz ularga vaqt ajrata olmayapmiz. Kuniga ikki lablarimiz orasidan boshqalar uchun chiqayotgan minglab ezgu so’zlardan uyga qaytsak ikki og’iz shirin so’zlarimizni ayamoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |