Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’’lamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funkstiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
So’nggi qo’shilgan naflilik ‘asayib borish tendenstiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko’’ayib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko’’ miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko’’ yal’i naflilikka ega bo’ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so’nggi qo’shilgan naflilikka ega bo’lsa, u holda yal’i naflilik kamayadi.
So’nggi qo’shilgan naflilikning ‘asayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin.
Jadvaldan ko’rinadiki, musbat ishorali so’nggi qo’shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yal’i naflilik miqdori o’sib bormoqda. Biroq, bu o’sish sur’ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo’shilishi bilan ‘asayib bormoqda. Manfiy ishorali so’nggi qo’shilgan naflilik yal’i naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Iste’molchi tovarlarning turli to’’lamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim, ya’ni:
,
bu erda: MU – X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; ‘ – ularning narxi.
Bu qoida oldingi bobda ko’rib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’’lamini ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’’lamini boshqa biriga taqqoslab ko’radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig’i muhim rol o’ynaydi.
Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’’lamlari yig’indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig’ida joylashgan tovarlar to’’lamini tanlashda farq mavjud bo’lmaydi.
Befarqlik egri chizig’i ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Befarqlik egri chizig’ining ‘asayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo’lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko’ra, bir tovarlar to’’lami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to’’lami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni ‘aytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo’lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko’’ bo’lsa, A tovar shunchalik oz bo’ladi, chunki A va V tovarlar o’rtasida teskari aloqa mavjud. O’zgaruvchilari o’rtasida teskari aloqa mavjud bo’lgan har qanday egri chiziq esa ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’’lamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’’lamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to’’lamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to’’lamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’’lamning boshqa biridan nechog’liq afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan ‘ul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinastiyalarini ko’rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ham aks ettirish mumkin.
Iste’molchi byudjeti chizig’ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o’zgarishi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo’lsin (13-chizma). Birdaniga sotib olinishi mumkin bo’lgan har ikkala tovarning turli kombinastiyalari G byudjet chizig’ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig’i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig’ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.
O’z navbatida narxning o’zgarishi ham byudjet chizig’idagi turli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan:
1) V tovar narxining ‘asayishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (M chiziq);
2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (N chiziq):
3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa ‘arallel bo’lgan yangi chiziq hosil bo’ladi (L chiziq).
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:
mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi;
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig’ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig’idan cha’da yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’’lami eng ma’qul ko’rilgan kombinastiyada bo’lishi lozim.
Uchta befarqlik egri chizig’i ifodalangan bo’lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – ; I2 – o’rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko’’roq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko’’ ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to’’lami eng ko’’ qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig’ining byudjet chizig’i bilan kesishgan joyida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |