Mavzu 2. Menejment nazariysining shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
1.
Boshqarish ta„limotidagi yo‟nalishlar.
2.
“Ilmiy menejment”
maktabi F.Teylor ta„limotining mohiyati, ilmiy
menejment namoyondasi G.Emerson tamoyillari.
3.
“Mumtoz menejment” namoyondasi A.Fayol olg‟a so‟rgan tamoyillar. 4.
“Insoniy munosabatlar” maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning (iks) va
(igrik) nazariyasi.
5.
“Tizimli yoki zamonaviy menejment” moxiyati, G.Saymon.
6.
O‟rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari.
Tayanch so‟zlar:
boshqaruvning ilmiy maktabi, boshqaruvning mumtoz
maktabi, inson munosabatlari maktabi, zamonaviy yoki mumtoz maktabi,
boshqaruv modellari, vaziyatli yondashuv, tizimli yondashuv, jarayonli yondoshuv,
―X va ―Y nazariyasi.
1.
Boshqarish ta’limotidagi yonalishlar.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy,
Turkistonda esa o‟rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab
shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‟lib asosan xarbiy tavsifga ega
edi.
U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‟rnatish maqsadida
xodimlarni jazo bilan qo‟rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‟zsiz itoat
etish kabi usullarni qo‟llaganlar. Bunday boshqaruv mexnat resurslaridan
foydalanish, ulardan iloji boricha ko‟proq qo‟shimcha qiymat undirishning
g‟oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan,
intizomli davlatning barpo bo‟lganligi xam sarkardamizning o‟z qo‟l ostidagilarni
“qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash”
tamoyili bo‟yicha boshqargani sabab
bo‟lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‟ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‟zining
shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida
Angliyada bo‟lgan sanoat to‟ntaruvi boshqaruvga bo‟lgan qiziqishni yanada
kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a„loxida e„tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‟sishi boshqarishni
murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning
maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv
soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‟g‟risidagi ilmni, fanni
vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta„limotida quyidagi to‟rtta
yo‟nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‟zlarining tegishli xissalarini
qo‟shishgan.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‟ziga xos
ko‟rinishlarda shakllanadi:
50-60 - yillarda boshqaruvning
Do'stlaringiz bilan baham: |