Menejer mehnati samaradorligini oshirish usulari.
Biz doimo o’zgaruvchan olamda yashaymiz. Menejer buni boshqalardan ko’proq va yaxshiroq tushunishi kerak. Gap faqat olamdagi yoki xalqaro maydondagi katta o’zgarishlar haqida ketayotgani yo’q. Bozordagi vaziyat o’zgaradi: talab o’zgaradi, iste’molchilarning qarashlari, bozordagi narxlar, raqobat murakkablashadi, yangi tovarlar, texnologiyalar paydo bo’ladi, ishchi kuchi sifatiga talab o’zgaradi. Menejerning kasbiy hayotda ham bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi: inflyatsiya yuzaga keladi va rivojlanadi, hamkorlik va xom ashyo yetkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini bajarishmaydi, yangi qonun-qoidalar chiqadi, yuqori malakali mutaxassislar pensiyaga chiqishadi yoki boshqa korxonaga ishga o’tib ketishadi, aylanma mablag’larda uzilish yuzaga keladi, yoki yanada samaraliroq potensial sheriklar uchrab qoladi va hokazolar.
Shuning uchun ham menejer har kuni va har soatda o’zgaruvchan muhit sharoitiga tayyor turishi talab etiladi. Aks holda o’zgarishlarni tezkorlik bilan qayd etib unga muvofiq choralar ko’rmaslik tashkilot uchun yomon holatlarni yuzaga keltirishi va menejerni bundan faol ish muhitidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bunday tez o’zgaruvchanliklarni bartaraf etishda menejer uchun bitta imkoniyat bor-bu qaror qabul qilish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zining (professional) kasbiy fao-liyati davomida menejer ko’pgina o’zgarishlarga duch keladi va ularga nisbatan qabul qilingan qarorlar turkumlari ham juda keng. Lekin qabul qilingan qarorlarni birlashtiruvchi narsa mavjud bo’lib, bu uning faoliyati natijasi-o’z mentalitetidir (o’zligi). Shu nuqtai nazardan boshqaruv faoliyati avvalambor faoliyat mental xarakter sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham menejerga ma’lum mental quvvatga ega bo’lish va uni doimo rivojlantirish va takomillash-tirib borish zarur.
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:
rahbar - boshqaruvchi;
rahbar - diplomat;
rahbar - murabbiy, tarbiyachi;
rahbar - inson;
rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo’tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
boshqaruv uslubi;
ish uslubi;
rahbarning ish uslubi.
Do'stlaringiz bilan baham: |