Mavzu: mehnat unumdorligi va mehnatga haq


Mehnat unumdordorligini statistik o’rganish asoslari va unda xorij mamlakatlar tajribalari



Download 46,01 Kb.
bet3/5
Sana17.04.2022
Hajmi46,01 Kb.
#558596
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi Mardonov SH

2. Mehnat unumdordorligini statistik o’rganish asoslari va unda xorij mamlakatlar tajribalari Mehnat unumdorligini o’lchash murakkab vazifa bo’lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko’pqirraliligining dinamikasi ko’p sonli o’sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo’lgan va undan tashqarida bo’lgan omillarga) bog’liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan bog’lash talabi sabab bo’ladi. 70-80-yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo’nalishda olib borildi. Birinchi yo’nalish moddiy sarflarni mahsulot qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi. Bu hol mahsulotning o’lchamlari turlicha qiymatga ega bo’lishi va uning mehnat unumdorligi dinamikasiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo’nalishi korxona darajasida mehnat unumdorligi ko’rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga (ya’ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko’pchilik tarmoqlarida o’tkazilgan keng ko’lamdagi tajribalar bunday yondashuv muhim afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatmadi.
Xo’jalik yuritishning bozor tuzilishiga o’tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko’rsatkichlari butun iqtisodiyot bo’yichahamda uningbarcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo’yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste’molni ajratib chiqarish va ko’rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to’plami bo’yicha mahsulotning tabiiy o’lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish bo’yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog’ida foydalanish mumkin bo’lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo’qligi tufayli mehnat natijalari dinamikasining xarakteristikasi yo’qotilgan edi. Shu bilan bir qatorda, iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko’rsatkich darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo’lishiga olib keldi. Bunday holat mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi. Shunday qilib, mehnat unumdorligini o’lchashga qabul qilingan xisoblash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e’tirof etilgan yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan.
Iqtisodiyot amaliyotida ish unumi va mehnat sig’imi mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari bo’lib xizmat qilar edi. Ular bir-biri bilan proportsional mutanosiblikda o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagi formula bilan ifodalagan:
; va (3),
bunda,
U – ish unumi;
X – tegishli birliklardagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi;
M – tegishli birliklardagi mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)dagi mehnat sarflari;
Mm – mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)dagi mehnat sig’imi.
Xalq xo’jaligi miqyosida moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat unumdorligi (ish unumi)ning darajasi muayyan davrdagi milliy daromad o’lchamining ushbu davr mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo’lgan xodimlarning ro’yxatdagi o’rtacha soniga nisbati bilan belgilanar edi. Xizmatlar ko’rsatishsohasida mehnat unumdorligi (ish unumi) muayyan davr mobaynidagi xizmatlar qiymatining (ushbu xizmatlarni ko’rsatishdagi moddiy sarflarning qiymatisiz) shu davr mobaynida xizmatlar ko’rsatish sohasidagi xodimlarning o’rtacha ro’yxat soniga nisbati bilan belgilanar edi.
Ko’p yillik tadqiqotlar ilgari tahlil qilingan ko’rsatkichlarning birortasi ham mehnat unumdorligini ob’ektiv ta’riflash bilan bog’liq barcha muammolarni hal etish imkonini bermasligini ko’rsatdi. Ana shu hol bu maqsad uchun bir va hatto bir necha mehnat unumdorligi ko’rsatkichlaridan emas, balki butun boshli ko’rsatkichlar tizimidan foydalanishini zarur qilib qo’ydi. Bunday tizimni har bir ko’rsatkichning xossalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, har birining funktsional vazifasini aniqlash asosida tashkil etish mumkin.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini tasniflash belgisi mehnat natijalarini ifodalash usulidan (qiymat, tabiiy va mehnat) iboratdir. Tabiiy o’lchamlar hammadan ko’ra sodda va yaqqol bo’lib, mehnat natijalarini ko’zga tashlanadigan moddiy kategoriyalarda baholaydi. Ular o’z mohiyatiga ko’ra iste’mol qiymatining ta’rifi bilan to’g’ridan-to’g’ri va bevosita bog’langan, demak, mahsulot sifati o’zgarganligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar shakllanishi uchun potentsial shart-sharoit bo’ladi.
Tabiiy usulishlab chiqarish hajmi fizik birliklarda (dona, kilogramm, pogon metr, kvadrat metr va hokazolarda) ifodalanganda ishlatiladi. Masalan, neft sanoati korxonasi bir yilda 300 ming tonna neft va 2600 ming m3 gaz qazib oldi, elektr stantsiya 20 mln kVt soat elektr energiya, qandolatchilik fabrikasi 100 t shokolad konfet ishlab chiqardi.
Bu eng aniq usul hisoblanib, uning qo’llaniladigan sohasi g’oyat cheklangan, chunki kamdan kam korxona bir xil mahsulot chiqarish bilan kifoyalanadi. Masalan, o’sha neftning o’zini olib ko’raylik. U uglevodorod fraktsiyalari, oltingugurt, suv miqdori turlichaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli, aniq gapiradigan bo’lsak, bitta burg’u qudug’idan qazib olingan bir tonna neft bosh­qa burg’u qudug’idan qazib olingan bir tonna neftga teng emas. Shokolad konfetlari ham xilma-xil navli bo’lishi mumkin, qandolatchilik fabrikasi karamel va pechene ham tayyorlab chiqaradigan bo’lsa, bunday mahsulotning og’irligini jamlagan holda mutlaqo hisoblab bo’lmaydi. Keng assortimentda tovar ishlab chiqaradigan mashinasozlik yoki yog’och ishlash korxonasining mahsulotini tabiiy ko’rsatkich orqali ifodalab bo’lmaydi.
Binobarin, ishlab chiqarish hajmining tabiiy o’lchami ko’pchilik korxonalarga to’g’ri kelmaydi. Bu uning jiddiy kamchiligidir. Turli buyumlarni bitta o’lchamga keltirishga asoslangan ishlab chiqarish hajmini o’lchashningshartli - tabiiyusulidan ham foydalaniladi. Masalan, sovunning turli navlari tarkibidagi yog’ miqdori 40,0 % bo’lgan yagona sovun naviga aylantirib hisoblanadi, yonilg’ining turli navlari bir tonnasining issiqlik yaratish quvvati 7.106 kkal.ga teng bo’lgan shartli yonilg’iga aylantirib hisoblanadi.
Mehnat unumdorlgini o’lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini aniqlashdan birmuncha murakkabroq. Amalda mehnat unumdorligining o’sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o’lchashning turli usullaridan foydalaniladi. U yoki bu usulning qo’llanishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o’lchash darajasiga, ikkinchidan esa, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida qanday vazifa turganligi bilan bog’liqdir.
O’zbekistonda ham ko’plab taniqli iqtisodchilar u yoki bu darajada mehnat unumdorligi masalalari bilan shug’ullanganlar. Har bir ilmiy nazariyaning o’z tarixi va qiziqarli jihati ko’p bo’lib, bunday o’rganish turli nuqtai nazarlarni hisobga olish va taqqoslash, muammoni hal qilishga oqilona yondashishni topishga yordamlashadi. Iqtisodiy adabiyotlarda, asosan, mehnat unumdorligi, uning ko’rsatkichlari, o’lchash usullari xususida bahslar davom etmoqda. Shunga bog’liq holda masalaga bo’lgan asosiy yondashuvlar va kontseptsiyalarni ko’rib chiqamiz.
Mehnat unumdorligi bilan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining nisbati to’g’risidagi masala yuzasidan munozara XXasrning 20-yillarida boshlanib, keyingi davrlarda u yoki bu darajada keskinlik bilan davom etdi. Ushbu munozaraning zamirida ikki tushuncha – «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» (Produktiv-kraft) va «mehnat unumdorligi» tushunchalarining talqini yotadi.




















































Mazkur masala yuzasidan barcha nuqtai nazarlarni ikkita kontseptual yondashuvga birlashtirsa bo’ladi. Birinchi yondashuv «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» va «mehnat unumdorligi» tushunchalarini farqlash zarurligini rad etishdan iborat. Uning tarafdorlari (A.M. Ginzburg, A.B. Xalatov, A.V. Bazarov, L.E. Gorelik va boshqa­lar) ushbu tushunchalarni qarama-qarshi qo’yish behuda va sun’iy bo’lib, jiddiy xatolarga olib keladi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi yondashuv ushbu tushunchalarni farqlash va ular o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashni nazarda tutadi. Mehnat unumdorligi muammolari bilan shug’ullanadigan ko’pchilik mutaxassislar shunday nuqtai nazarning tarafdori bo’lib keldilar va hozir ham tarafdoridirlar.
Ikkinchi kontseptual yondashuvning tarafdorlari orasida ikkita yo’nalishga mansublarni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi yo’nalish nuqtai nazarida turganlarning fikricha, «mehnat unumdorligi» tushunchasi «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Masalan, A. Katin mehnat unumdorligi o’zida mehnat unumdorligi va mehnat intensivligini birlashtirgan yig’ma tushunchadir4, deb yozgan edi, buning ustiga, u mehnat unumdorligi va mehnat intensivligini texnik va shaxsiy mehnat unumdorligi deb hisoblar edi.
Bunday nuqtai nazarni 1925 yilda rossiyalik yirik iqtisodchi olim akademik S.G. Strumilin kengroq asoslab chiqdi. Uning ta’kidlashicha, mehnat unumdorligi shunday bir qator omillar bilan belgilanadiki, ularning ayrimlari ishchining tomonida, ba’zilari esa ishlab chiqarish texnikasi va mehnatning ijtimoiy tashkil etilishi tomonida turadi. Ishchiga bog’liq bo’lgan sub’ektiv omillar yig’indisi ishchining shaxsiy unumini belgilaydi. Ayrim ishchining xohish-irodasi va sifatlaridan tashqarida turgan unumdorlik ob’ektiv omillari yig’indisi ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidir5
Xorij iqtisodiy adabiyotlarida mehnat unumdorligi muammosi ayrim firma va korxonalarning omon qolishi uchun bozordagi raqobat pozitsiyalarini belgilab olish, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirish maqsadida, shuningdek, xalqaro qiyoslashlar o’tkazish maqsadida, avvalo, mahsulot birligi qiymatidagi ish haqi ulushi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. D.S. Sink, Dj. Kendrik, A. Medisson, L. Rostos, R.A. Sutermister, G. Reuss, Dj. V. Natter va boshqalarning qator asarlari borligi ushbu muammoga bo’lgan e’tibordan dalolat berib turibdi.
Mehnat unumdorligi muammosiga doir adabiyotlar, ayniqsa, AQSh­da ko’proq nashr etilmoqda. Sotsiolog, biznesmen, iqtisodchilar ushbu muammoni har tomonlama ko’rib chiqmoqdalar: mehnat unumdorligiga ta’sir etadigan omillar tahlil qilinmoqda (ishchi va xizmatchilarning roli, texnika taraqqiyoti, malaka oshishi, mehnat sharoitining ta’siri aniqlanadi), shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy jihatlari (ishlab chiqarishda ish bilan band bo’lgan kishilarning o’zaro munosabatlari, rahbarlarning bo’ysunuvdagilar bilan o’zaro munosabatlari, kasaba uyushmalarining roli va ishchilarning ishlab chiqarish faoliyatiga va mehnat unumdorligiga ta’siri) o’rganiladi. Buyuk Britaniyada farovonlik nazariyasi paydo bo’lishi tufayli mehnat unumdorligi masalalari bilan shug’ullana boshlandi. 50-yillarning boshida Buyuk Britaniya bilan Amerika o’rtasida Mehnat unumdorligi Kengashi tuzildi. Kengash sanoat ishini tashkil etish, ishlab chiqarish usullari, texnika sohalarida bemalol axborot almashinish orqali iqtisodiy yuksalishga ko’maklashish va shu tariqa Buyuk Britaniya sanoati, mehnat unumdorligi darajasini oshirish borasida qo’llab-quvvatlash vazifasini o’z oldiga qo’ydi.
AQShda mehnat unumdorligi ishlab berilgan bir kishi-soat, bir ishchi va bir ishlovchiga hisoblagan holda aniqlanadi. Bundan tashqari, butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining o’zgarishini tavsiflash uchun yalpi milliy mahsulot indeksini butun xo’jalikdagi ish bilan bandlik indeksiga bo’lish yo’li bilan mehnat unumdorligi indeksi hisoblab chiqiladi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiyada ham mehnat unumdorligi umuman milliy iqtisodiyot bo’yicha aniqlanadi. Biroq mazkur ko’rsatkichni hisoblab chiqish metodologiyasi ushbu mamlakatlarda turlichadir. Masalan, bu mamlakatlarning ayrimlarida uydagi xizmatkorlar, harbiy xizmatchilar ishlaydiganlarning umumiy soniga kiritiladi, ba’zilarida esa kiritilmaydi. Ayrim mamlakatlarda mehnat unumdorligini hisoblashda ishlab berilgan vaqt, ba’zi mamlakatlarda esa faqat haq to’lanadigan vaqt e’tiborga olinadi. Bu milliy mahsulot qiymatini ham, mahsulot hajmini ham aniqlashga taalluqlidir. Masalan, Buyuk Britaniyada bir ishlovchi hisobiga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot ko’rsatkichidan foydalaniladi. Italiyada milliy daromadni ishlab berilgan vaqtning umumiy miqdoriga bo’lish asosida sof milliy mehnat unumdorligi ko’rsatkichi qo’llaniladi. Frantsiyada yalpi mehnat unumdorligi indeksi sof mahsulot asosida hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, ish bilan band bo’lgan bir shaxs hisobiga va ishlab berilgan bir soat hisobiga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarilishi indeksi hisoblab chiqiladi. Germaniyada mehnat unumdorligining bir necha indeksi: bir ishlovchi, ish haqi oladigan bir ishchi, bir kishi-soat hisobiga mahsulot ishlab chiqarilishi hisoblab chiqiladi.
Shunday qilib, turli mamlakatlarda mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun ham mamlakat darajasida (milliy daromad, yalpi ijtimoiy mahsulot, sof milliy daromad va hokazo) va ayrim korxonalar darajasida aniqlanadigan (sof mahsulot, qo’shilgan qiymat, xomashyo, yoqilg’i, energiya sarflari va hokazo) xilma-xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu esa, ayrim mamlakatlar va ushbu mamlakatdagi ayrim korxonalar bo’yicha ham mehnat unumdorligini taqqoslashlarni qiyinlashtiradi.

Sanoat bu rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat unumdorligini o‘stirishga eng katta turtki beradigan sohalardan biri hisoblanadi. Masalan, mana shu sanoat sohasini qaraydigan bo‘lsak, birgina misni qayta ishlash sanoati sohasida ham keyingi 5 yilni ichida 8 mlrd dollarlik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan katta loyihalarni amalga oshirish. Mana yaqinda ko‘rib o‘tdik, Olmaliq kon metallurgiya kombinatini kengaytirilishi yoki bo‘lmasa aytaylik yoqilg‘i energetika sohasida mana shu GTL zavodimizni yangi ishga tushishi va undan tashqari eng katta o‘sha sanoatimizda keskin o‘zgarish qiladigan sohalardan biri ximiya sanoatida 2,5 mlrd dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi bir ximiya sanoati klasterlari amalga oshiriladi. Undan tashqari, masalan, aytaylik elektrotexnika sanoatida katta chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan va hozirda mamlkatimiz iqtisodiyotini bir ustivor, aytadigan bo‘lsak solishtirma afzallikka ega bo‘lgan sohalardan bittasi bu tekstil, ya’ni to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ham juda katta chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Va bunga turtki beradigan qishloq xo‘jaligi sohasini kelgusida hosildorligini yoki qishloq xo‘jaligida har bir gektardan oladigan daromadlarimizni ikki barobardan oshirish va o‘rtacha har yili qishloq xo‘jaligi sohasini kamida 5 foizga o‘stirish kabi maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu dasturlarni ishlab chiqishda yuzlab davlat vazirliklari, agentliklari va qo‘mitalari orasida mukammal ravishda ishlab chiqilgan dastur bo‘ldi. Bundan tashqari har bir dasturni sanoat sohasi bo‘yicha deymizmi yoki bironta boshqa sohalar bo‘yicha ishlab chiqarilgandan tashqari bu har bitta o‘sha qilinadigan ishlar hududlar kesimida hududlar bilan o‘sha mahalliy davlat organlari bilan ham bevosita kelishilgan, har tomonlama mantiqiy bir biriga bog‘liq bo‘lgan dastur sifatida ishlab chiqildi.

Sanoat bu rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat unumdorligini o‘stirishga eng katta turtki beradigan sohalardan biri hisoblanadi. Masalan, mana shu sanoat sohasini qaraydigan bo‘lsak, birgina misni qayta ishlash sanoati sohasida ham keyingi 5 yilni ichida 8 mlrd dollarlik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan katta loyihalarni amalga oshirish. Mana yaqinda ko‘rib o‘tdik, Olmaliq kon metallurgiya kombinatini kengaytirilishi yoki bo‘lmasa aytaylik yoqilg‘i energetika sohasida mana shu GTL zavodimizni yangi ishga tushishi va undan tashqari eng katta o‘sha sanoatimizda keskin o‘zgarish qiladigan sohalardan biri ximiya sanoatida 2,5 mlrd dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi bir ximiya sanoati klasterlari amalga oshiriladi. Undan tashqari, masalan, aytaylik elektrotexnika sanoatida katta chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan va hozirda mamlkatimiz iqtisodiyotini bir ustivor, aytadigan bo‘lsak solishtirma afzallikka ega bo‘lgan sohalardan bittasi bu tekstil, ya’ni to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ham juda katta chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Va bunga turtki beradigan qishloq xo‘jaligi sohasini kelgusida hosildorligini yoki qishloq xo‘jaligida har bir gektardan oladigan daromadlarimizni ikki barobardan oshirish va o‘rtacha har yili qishloq xo‘jaligi sohasini kamida 5 foizga o‘stirish kabi maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu dasturlarni ishlab chiqishda yuzlab davlat vazirliklari, agentliklari va qo‘mitalari orasida mukammal ravishda ishlab chiqilgan dastur bo‘ldi. Bundan tashqari har bir dasturni sanoat sohasi bo‘yicha deymizmi yoki bironta boshqa sohalar bo‘yicha ishlab chiqarilgandan tashqari bu har bitta o‘sha qilinadigan ishlar hududlar kesimida hududlar bilan o‘sha mahalliy davlat organlari bilan ham bevosita kelishilgan, har tomonlama mantiqiy bir biriga bog‘liq bo‘lgan dastur sifatida ishlab chiqildi.

Download 46,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish