Mavzuning ahamiyati. Mеhnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya'ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko`rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo`lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elеktr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo`ladi. Binobarin, mеhnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko`proq bo`lsa, uning xarajatlari kamroq bo`ladi. Mеhnat unumdorligi mahsuldorligi mеhnat ko`rsatkichi bilan o`lchanadi.
1.Mehnat unumdorligi haqida tushuncha va uni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Iqtisodiy statistikada mehnat unumdorligi odatda haqiqiy samaradorlikni anglatadi, ammo iqtisodiy kibernetika sohasida potentsial va haqiqiy mehnat unumdorligi tushunchalari mavjud. Korxonada aylanma mablag'lardan foydalanishning eng muhim ko'rsatkichlariga tovar aylanmasi va aylanish vaqtini tartibga solish kiradi. Tovar aylanmasining tezlashishi bilan korxonaning aylanma mablag'lari muomaladan bo'shatiladi, aylanmaning pasayishi aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojning oshishiga olib kelishi mumkin. Ishchilarning mehnat unumdorligi har qanday korxona faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Uning rivojlanishiga turli xil ichki omillar yordam beradi, ularning asosiysi ish rejimi va mehnatga haq to'lash shakli hisoblanadi. Mehnat unumdorligi - bu mehnat samaradorligining o'lchovidir. U ishchi vaqt birligida ishlab chiqargan mahsulot miqdori bilan o'lchanadi. O'zaro ta'sir - bu mehnat zichligi, mahsulot birligiga sarf qilingan vaqt miqdori bilan o'lchanadi.
Mеhnat unumdorligi - xodimlar mеhnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mеhnat xarajatlariga nisbatan, ya'ni mеhnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bеlgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a'zolari farovonligi darajasi mеhnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mеhnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o`zini ham bеlgilab bеradi.2
Mеhnat unumdorligi ko`rsatkichi mеhnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mеhnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mеhnat rеsurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mеhnat unumdorligi» tushunchasiga o`z ahamiyati jihatidan yaqin, lеkin mazmunan yanada kеngroq bo`lgan tushuncha «mеhnat samaradorligi» tushunchasidir. Mеhnat samaradorligi eng kam mеhnat xarajatlari bilan yuqori mеhnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mеhnat samaradorligi mеhnat unumdorligidan farqli o`laroq faqat mеhnatning miqdor ko`rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mеhnat samaradorligi ko`rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mеhnat rеsurslarini tеjashning aks etishidir. Mеhnat unumdorligi va intеnsivligi mahsulot qiymati o`lchamiga turlicha ta'sir ko`rsatadi. Mеhnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bita mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lеkin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o`zgartirmaydi, mеhnat intеnsivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lеkin mahsulot birligining qiymatini o`zgartirmaydi.
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, ish sifati zarur darajada bo’lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo’lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta’min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to’langan haq xarajatlari bilan o’lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o’lchanishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi.
Iqtisodiyotda unumdorlik o’z mohiyatiga ko’ra uch miqdor bilan o’lchanadi: jonli mehnat sarfi, moddiylashgan mehnat sarfi va bu sarflar tufayli ishlab chiqarilgan iste’mol qiymatining miqdori ifodalanadi. Bu miqdorlar orqali har qanday jamiyat o’zining iqtisodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Ammo aytib o’tilgan miqdorlarning absolyut qiymatlari bo’yicha, ayni bir vaqtda, iqtisodiy hodisaning turli holatlarini iqtisodiy jihatdan to’liq qiyoslash mumkin emas. Shuning uchun nisbiy miqdorlarda hisoblanadigan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarish mahsuldorligiga ko’rsatkichlarini alohida-alohida qo’llash kerak bo’ladi.
Mehnat unumdorligini aniqlash masalasida hozirgi kunga qadar aniq bir fikr shakllanmagan. Bu xususda bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki nuqtai nazar mavjud: birinchisiga ko’ra, ko’rsatkich jonli va moddiylashgan mehnat unumdorligini, ikkinchisiga ko’ra esa, faqat jami mehnatni aks ettirishi kerak.
Birinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, har qanday mahsulotni tayyorlashda faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat ham ishtirok etadi. Demak mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turining sarfi hisobga olinishi kerak. Mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan iborat deb bilish, ularning fikricha, ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan mehnatning roli va uning tejamini kamsitishdan boshqa narsa emas.
To’g’ri, har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat ham sarflanadi - bu isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Ammo, bu mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turini hisobga olish kerak, degan noto’g’ri xulosa chiqariladi. Bundan keyingi xulosa “mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan iborat” deb bilish ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan mehnat rolini kamsitishdir degan xulosa bo’lib, bunday qarash ham ancha sub’ektiv hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mehnat faoliyatining samaradorligini oshirish eng muhim iqtisodiy vazifa bo’lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini aniqlash bozor sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.
«Samaradorlik» tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olingan samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi. Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat samaradorligi ko’pincha mehnat unumdorligi bilan bir xil tushuniladi. Albatta, mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining juda muhim ko’rsatkichidir, avvalo, mehnat unumdorligi xalq xo’jaligi darajasidan toki ish joyigacha ishlab chiqarishning barcha darajalarida uzluksiz tusda bo’lishi mumkinligi uchun muhimdir. Lekin “mehnat samaradorligi” tushunchasi “mehnat unumdorligi” tushunchasidan kengroqdir. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan mehnat natijalari va mehnat sarflari ko’rsatkichi jihatidan farq qiladi. Mehnat unumdorligini ta’riflashda uning natijasi mehnat mahsuli tarzida (tabiiy yoki qiymat birliklarida) ifodalanadi. “Mehnat unumdorligi” tushunchasi faqat moddiy ishlab chiqarishga taalluqlidir. Mehnat samaradorligi esa, uning moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ham inson mehnat faoliyatining boshqa sohalaridagi mahsuldorligini tavsiflaydi. Mehnat unumdorligini mehnat sarflari ko’rsatkichi sifatida aniqlashda mehnat sarflari yoki moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo’lganlarning miqdor ko’rsatkichidan foydalaniladi. Mehnat samaradorligini aniqlashda esa uning natijalarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi sarflar bilangina emas, balki barcha mehnat sarflari (barcha mehnat resurslari sarflari) bilan taqqoslash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan band bo’lganlarni, o’qishdagilarni, uy xo’jaligi va shaxsiy yordamchi xo’jalikda ish bilan band bo’lganlarni e’tiborga olish kerak bo’ladi.
Mehnat samaradorligining ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ko’p jihatliligi uni baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlarning muayyan tizimini talab qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning darajalari: xalq xo’jaligi, tarmoq, mintaqa, korxona (tsex, uchastka, brigada, ish joyi) darajasi kabi ishlab chiqarish miqyoslariga qarab mehnat samaradorligini aniqlashning turli darajalarini e’tiborga olish kerak bo’ladi. Buning ustiga, hatto bir darajaning o’zida, shuningdek korxonalar darajasida ko’rsatkichlar tizimlari farqlanishi mumkin, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari turlicha hisoblab chiqiladi, xodimlar tarkibi tafovutli bo’ladi, mehnat sarflarini hisobga olishning o’z xususiyatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |