Mavzu: Mehnat faoliyati


Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmuni



Download 37,68 Kb.
bet3/10
Sana26.02.2022
Hajmi37,68 Kb.
#472214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmuni.


Kasb tanlashga yo‘llash - bu har bir Shaxs ning o‘ziga xos individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy o‘rnini topishi uchun Shaxs ga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U insonning kasbiy kiziqishi va imkoniyatlari xamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgandir. Kasb tanlashga yo‘llash - mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo‘naltirishni xal etish vazifalari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasb tanlashga yo‘llash insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb tanlashga yo‘llash Shaxs ning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Kasb tanlashga yo‘llash tadbirlari inson tomonidan o‘z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxs ning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o‘quv- tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o‘zgartirishda yordamga muhtoj bo‘lgan Shaxs ning individual-psixologik xususiyatlari, Shaxs iy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish asosida psixologik- maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan Shaxs ning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida Shaxs ni har tomonlama o‘rganish tizimidir. Moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga Shaxs ni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.

Adabiyotlar:



  1. Qodirov K.B. Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis. - Toshkent, 2001. 41 bet

  2. Sunnatova R.I., Rarpiev U. Kasbga yo’naltirish maslahatlari: metodlar, muammolar, imkoniyatlar. - Toshkent, 2001. 16 bet



Download 37,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish