Mavzu. Mehnat bozorida mehnat resurslariga



Download 297,99 Kb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi297,99 Kb.
#935770
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU. MEHNAT BOZORIDA MEHNAT RESURSLARIGA — копия

4.1-rasm. Iqtisodiyotda mehnatga bo‘lgan talabning tarkibi
Davlat sektorining mehnat resurslariga talabi ikki asosiy guruhni qamrab oladi:

– moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslariga talab;


– nomoddiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, davlat xizmati va boshqalar)da mehnat resurslariga talab (4.2-rasm).






4.2-rasm. Mehnat bozorida mehnat resurslariga talab

Agar davlatning moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslariga talabi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, davlat korxonalari foyda olishini ko‘paytirish maqsadlarini ko‘zlasa, nomoddiy sohada mehnat resurslaridan jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini imkon qadar sifatliroq va to‘laroq qondirilishi talab qilinadi.


Mamlakat iqtisodiyoti doirasida mehnat resurslariga bo‘lgan jamlanma talab iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorlaridagi mehnat resurslariga talabning yig‘indisi sanaladi. Iqtisodiyotning mehnat resurslariga talabini aniqlash davlat iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mehnat bozoridagi mehnatning taklifini ham hisobga olgan holda, iqtisodiy faol aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni tartibga solish uchun muhimdir. Bunda mehnat resurslariga talab davlatning mehnat bozorini, ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Mehnat resurslariga talabning hajmi, tarkibi va dinamikasini shakl­ lantirishning makro va mikroomillari mavjud. Ushbu makroomillarga­ quyidagilar kiradi:


– iqtisodiy o‘sish;

– moddiy ne’matlarni kengaytirilgan takror hosil qilish;


– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini muttasil ko‘paytirib borish;


– ishlab chiqarishga kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirish;


– mehnatga talabni kengaytirish;


– qat’iy pul-kredit siyosatini o‘tkazish;


– ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshqalar. Mehnat resurslariga talabning mikroomillari quyidagilarni qamrab


olgan:

– korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab;

– foyda olish;


– korxonaning raqobatbardoshligi va boshqalar.


Rivojlangan davlatlarning tajribasi bozor iqtisodiy tizimida makro va mikrodarajalarda mehnat resurslariga talabni chegaralaydigan omillar mavjudligidan dalolat beradi. Ularga ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, ijtimoiy mehnat unumdorligining ortishi, ichki tarmoq va tarmoqlararo raqobat, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxi kiradi.


Mehnat resurslariga talabning tarkibi juda murakkab. Chunki ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat faoliyatining turlari nihoyatda ko‘p, ayni paytda ishlab chiqarish muttasil modernizatsiya qilib turilishi mehnat resurslariga talabni ham o‘zgartiradi.


Umuman olganda, yollanadigan mehnat resurslarining kasb-malaka turlaridan kelib chiqqan holda, mehnat resurslariga talabni quyidagicha guruhlash mumkin:


– yuqori malakali mehnat resurslariga talab;


– o‘rta malakali mehnat resurslariga talab;


– past malakali mehnat resurslariga talab;


– malakasiz mehnat resurslariga talab.


Korxonalar uchun shunchaki mehnat resurslarigina emas, balki bu yerdagi texnologiya jarayoni talablariga mos tushadigan aniq kasb va malakaga ega bo‘lgan xodimlar talab qilinadi.


Korxonalar mehnat resurslariga ehtiyojlarini qondirish orqali imkon qadar ko‘proq foyda olish maqsadini ko‘zlaydi. Korxona foydasi eng ko‘p miqdorining sharti eng ko‘p daromadning (MR) eng ko‘p ishlab chiqarish xarajatlariga (MS ) tengligidir:


MR = MS.

Korxonaning qo‘shimcha (eng ko‘p) xodim yollashi natijasida oladigan eng ko‘p daromadi ushbu xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan mablag‘ hisoblanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot


narxi (R)ning mehnatning eng ko‘p mahsuli (MRL)ga ko‘paytirilishi orqali aniqlanadi. Bunda eng ko‘p xarajat xodimning nominal ish haqi (pul)dir. Bundan korxonaning eng ko‘p foyda olishi quyidagi tenglikka bog‘liqligi aniqlanadi:





  1. × MPL= W.

Shunday qilib, mehnat resurslariga talab eng ko‘p mehnat mahsulotining funksiyasi hisoblanadi:


LD = LD (MPL).


Bundan imkon qadar ko‘p foyda olishning sharti: R × MPL = W dan MPL = W/R hosil bo‘lishidir. Chunki: LD = LD(MPL). Natijada, quyidagi tenglik hosil bo‘ladi:


LD = LD (W/P).


Yuqoridagilardan mehnat resurslariga talab xodim real ish haqining funksiyasi ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ish haqi qancha yuqori bo‘lsa, mehnat resurslariga talab shuncha kam bo‘ladi.


Chunki ish haqi oshirlganida, ish beruvchi yollayotgan xodimlari sonini kamaytirishga majbur bo‘ladi (mehnat resurslariga talab kamayadi). Ish haqi kamaysa, aksincha, ish beruvchi qo‘shimcha xodimlarni yollay oladi (mehnat resurslariga talab ortadi). Ish haqi darajasi bilan mehnat resurslariga talab o‘rtasidagi bog‘liqlik 4.3-rasmda keltirilgan. Ya’ni ish haqining miqdori (W) va mehnat resurslariga talab (L) o‘zaro bog‘liqdir.


DL egri chiziqdagi har bir nuqta ish haqining muayyan darajasi mehnat resurslariga talab qanday bo‘lishidan dalolat beradi. Egri chiziqning pastga yo‘nalishi ish haqi past bo‘lganida mehnat resurslariga talabning ortishi, aksincha, ish haqi darajasi yuqori bo‘lganida mehnat resurslariga talabning kamayishini aks ettiradi.

  1. Xodim malakasining darajasi. Xodim malakasining yuqoriligi uning mehnat unumdorligi ham yuqori bo‘lishini anglatadi. Bu esa mehnat resurs­ lari ishlab chiqarish kamroq daromad keltiradigan omillar o‘rnini bosishi mumkinligini ko‘rsatadi.




  1. Mehnat resurslarining eng ko‘p daromad keltirishi. Mukammal mehnat bozorida mehnat omilidan foydalanishning eng ko‘p darajasi ishlab chiqarish xarajatlari (ya’ni ish haqi)ga tenglashmaguncha, mehnat resurslariga talab ortib boraveradi.

2. Mehnat resurslarining taklifi:





Download 297,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish