Mavzu. Mehnat bozori


O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi



Download 183,38 Kb.
bet7/7
Sana20.06.2022
Hajmi183,38 Kb.
#685789
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mehnat bozori statistikasi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi

Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.


Кириллчада3 avgust 2020, 14:56 Iqtisodiyot
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi orasida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi, deya xabar berdi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 2019 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 9,1% ni tashkil etgan edi.
Ushbu ma’lumotlar Mehnat vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy markazi tomonidan mamlakatning 101 ta shahar va tumanlarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida e’lon qilindi. Unda 490 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 4900 ta uy xo‘jaliklari va 25,9 ming fuqaro qamrab olingan.
«SOVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
Ishga muhtoj bo‘lganlar soni 1,94 mln kishini tashkil etdi. 16−30 yoshdagi ishsizlik darajasi 20,1 foizga, ayollar orasida 17,4 foizga yetdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehnat resurslari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paydi va 19 mln kishini tashkil etdi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga COVID-19 ning salbiy ta’siri sababli ish bilan band bo‘lganlar soni 5 foizga kamayib, 12,7 mln kishiga yetdi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaygan holda 5,5 million kishini tashkil etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming kishiga (46,4%) kamaydi. Bu holat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralar natijasida yuzaga keldi, deb ta’kidladi Mehnat vazirligi. Shu bilan birga, 131,2 ming kishi pullik jamoat ishlariga jalb qilinganligi sababli rasmiy sektorda ishchilar sonining keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Chet elga ishlashga ketgan fuqarolar soni 2 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 553,2 ming kishiga va 2020 yilning birinchi choragiga nisbatan 232 ming kishiga kam.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 ming kishiga kamaydi va 5,1 million kishini tashkil etdi. Bu bir martalik va mavsumiy ishlarda vaqtincha ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi (108,4 ming kishiga), oilaviy korxonalarda va ishbilarmonlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan (87,4 ming kishiga), shuningdek ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar sonining qisqarishi (110,6 ming kishi) hisobiga yuz berdi, izohladi Mehnat vazirligi.
Karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortdi.
«Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda», — deyiladi xabarda.
Birinchi yarim yillikda iqtisodiy nochor aholi soni 4,5 foizga o‘sdi. Tadqiqot davomida karantin davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi, deya qayd etdi vazirlik.
Yanvar-iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumshatish uchun, mehnat organlari 588,2 ming ishsiz va ishsiz fuqarolarga (shulardan 159,9 ming nafari 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, 229,4 ming nafari ayollar) ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatdilar.
Xususan, doimiy ish joylariga ishga joylashish va pullik jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga 501,1 ming kishi ish bilan ta’minlandi. 15 ming ishsiz kasbiy ta’limga yuborildi, 27,1 ming ishsizga 10,1 mlrd so‘m miqdorida ishsizlik nafaqalari to‘landi.
Download 183,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish