MAVZU. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Reja: 1. Mexnatga bo’lgan talab.
2. Mehnatning taklifi.
3. Mukammal bo’lmagan raqobat sharoitidagi mehnat bozori.
Mehnat - ishlab cliiqarishning muhim omilidir. Mehnat qilish insonning o'z ish kuchini foydali sarflashi, ya'ni uning natijasida tovar yoki xizmatlar yaratishdir. Ish kuchini oldi-sotdi qilish mehnat bozorida yuz beradi. Bu erda ishga yollanuvchilar o'z mehnatini taklif etadilar, ishga oluvchilar esa mehnatga o'z talabini bildiradilar. Mehnatga bo'lgan talab, shu mehnat yordamida ishlab chiqarilgan tovarga bo'lgan talab bilan bog'liq. Shu bilan birgalikda unga boshqa ishlab chiqarish resurslari, ayniqsa kapital taklifi o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mehnatga talab tarmoqdagi mehnat unumdorligiga bog'liq. Alohida firmaning mehnatga talabini aniqlash uchun uni bahosini bilish kerak. Mehnat bahosi uni chegaraviy samaradorligi, ya'ni mehnat unumdorligi bilan o'lchanadi. Chegaraviy mehnat unumdorligi - bu qo'shimcha birlik mehnat jalb qilib. boshqa ishlab chiqarish resurslarini o'zgartirmagan holda, mahsulot hajmini oshishidir. Chegaraviy mehnat'- unumdorligi mehnatning chegaraviy mahsulot bilan aniqlanadi (MK). Chegaraviy mahsulot bahosi esa pul qivmatida o'lchanadi (MKRA). Mehnatga talabning o'zgarishi berilgan mehnat yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo'lgan talabning o'zgarishi bilan bog'liq. Barcha ishlab chiqarish omillari o'zgaruvchan bo'lgan sharoitda firmada foydani maksimallashtirish qoidasi qo"Ilaniladi. Bunda har bir resurs narxi uning chegaraviy mahsulotining puldagi ifodasiga teng bo'ladi. Bu qoida harajatlarni mininiallashtirishni ham o'z ichiga oladi. Mehnat taklifi deganda’ - ishlovchilaming korxonada taklif qilishi mumkin bo'lgan mehnat miqdoridir. Mehnat taklifi birinchi navbatda ma'lum tarmoqda o'rnatilgan ish haqi stavkasiga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari mehnat taklifiga mehnat mavqei, korxonaning joylashgan o'rni, korxona ishlovchilarining ijtimoiy himoya darajasi va boshqalar ta'sir qilishi mumkin. Mehnat bozoridagi taklif narxga nisbatan elastik bo'ladi. ish haqi oshsa. mehnat taklifi ko'pavadi, kamaysa taklif qisqaradi. Ammo mehnatni tirik odam taklif etganidan, taklif mehnat ahlining nimani afzal ko'rishiga ham bog'liq. Turmush darajasi past bo'lib, moddiy muhtojlik sharoitida ko'p ishlab, ko'p pul topishga intilish ustunlik qiladi. Moddiy to'kinchilik va yuqori turmush darajasi muhayyo sharoitlarda ozi ishlab yaxshi yashash mumkin boiganidan qo'shimcha pul topishga nisbatan dam olish afzal ko'riladj. Natijada ish vaqti qisqarib, bo'sh vaqt ko'payishi mumkin. Nimani afzal ko'rishga qarab, mehnatning taklifi o'zgaradi. Mehnatning bahosi ish haqidir. Ish haqi bu - ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatiga to'lanadgan pul shaklidagi to'lovdir.Ish haqi stavkasi esa (ta'rif stavkasi) vaqt birligi ichida bajarilgan mehnatga to'lanadigan haq. Agar mehnat bozorida sof raqobat mavjud bo'lsa. mehnatning muvozanat bahosi talab va taklifning o'zaro nisbati asosida shakllanadi. Mehnat bozorida monopsoniya kasaba uyushmalari va minimal ish haqi to'g'risidagi qonunlarning ta'siri katta. Monopsoniya - faqat mehnat bozoriga xos boiib, uning mohiyati shundan iboratki, ishga yollovchi ya'ni, mehnatga talabgor bitta yirik korxona, ishga yollanuvchilar miqdori esa juda ko'p, monopsonist mehnat bozorining yakka hokimi bolgani uchun ish haqi stavkasini pasaytirishga harakat qiladi va mehnatga bo'lgan talab chizig'i monopson talabiga keladi. Monopsoniya sharoitida mehnatga bolgan chegaraviy harajatlar chizig'i mehnat taklifi egri chizig'idan yuqorida bo'ladi, bunda monopsonist qo'shimcha ishchilar yollagan holda yuqori ish stavkasi to'lashga majbur bo'ladi. Shuning uchun, MKRA = MKSA qoidaga amal qilib, ko'proq foyda olish maqsadida kam ishclii yollashi va ish haqi stavkasini ham pasaytirishi lozimdir. Davlat ish haqining minimal miqdorini belgilavdi. Minimal ish haqini belgilash ishlovchilarning daromadlarini oshishiga va shu bilan birga ba'zi toifadagi ishchilarning ishsiz qolishiga olib keladi. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taq- simlanishiga mos ravishda mehnat resurslari taqsimlanganligi sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Mehnat bozorida kelgindilar taklifi tez o'sadi, narx arzonligidan unga taklif ham ortadi. Ma’lumotlarga ko'ra, 2000-yilda Yer yuzida o'zi tug'ilgan yurtda ishlamaydiganlar soni 80 ming nafardan ziyod bo'lgan. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o'zga millat diasporasi o'sishiga olib keladi. Masalan, 2002 yilda AQSHdagi xitoyliklar 15 ming bo'lgan. Hozirgi vaqtda o'tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog'langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo'lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o'z iste’mol sifatlarini yo'qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o'zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko'rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo'q qilish mumkin. Ishchi kuchiga jami talab — investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo'lib, iqtisodchilar e'tiborini jalb etib hamda ular o'rtasida turli tortishuvlarga sabab bo'lib keladi. Shunga ko'ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda siz ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini nimaligi va uni aniqlashni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
Mehnat bozori — bu mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo'lm agan qismlari va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlami hamda ulaming shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko'p aspektli, o'suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.