Mavzu: Mehmonxonalarda innovatsion xavfsizlik tizimlari mundarija: kirish asosiy qism. Bob


INNOVATSIYA HAQIDA BOSHLANG’ICH TUSHUNCHALAR



Download 97,35 Kb.
bet3/19
Sana29.07.2021
Hajmi97,35 Kb.
#131942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
kurs ishi Malohat

INNOVATSIYA HAQIDA BOSHLANG’ICH TUSHUNCHALAR

1.1.Innovatsiya tushunchasi va uning tasnifi

“Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar

A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.1

R.Fatxutdinovning fikriga ko’ra, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir.2

Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin.

Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o’sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon bo’ladi.

Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari:


  • Ilmiy-texnik yangilik;

  • Amaliy qo’llanilishi;

  • Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar talabini qondira olishi.

Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik g’oyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.

Innovatsion jarayon bosqichlari:

1-bosqich bu yangi g’oya va bilimlar;

2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish, ya’ni innovatsiya;

3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Ya’ni innovatsion mahsulot, xizmat va texnologiyalarni yangi makon va sharoitlarda qo’llanilishi.

Shunday qilib, “innovatsiya” tushunchasi barcha sohalardagi (ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va boshqa) ishlanmalar, yangiliklar va takomillashtirilgan vositalar sifatida, sarf-xarajatlar imkoniyatlarini ta’minlaydi yoki bo’lmasa ularni ta’minlash uchun sharoit yaratadi.

Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini ta’minlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini ko’paytirishdir.

Innovatsiyalar o’zining predmeti va qo’llash sohalari bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

-mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar);

-bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish);

-innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish jarayonlari).

Innovatsiyalarni qayd etilgan mezonlar bo’yicha tiplarga ajratish firma (korxona) strategiyasini aniqlash, innovatsiya tiplaridan kelib chiqib tovar (xizmatlari) realizatsiya shakllari hamda iqtisodiy mexanizm boshqarish shakllarini ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. Har qanday yangilik, ya’ni innovatsiya aniq loyihalarda o’z ifodasini topadi, aniq maqsadlarga qaratiladi hamda chuqur hisob-kitoblar, tahlil va ekspertiza asosida bo’lajak natijalari istiqboli aniqlanadi.

Innovatsiya har qanday sohada yangilikni qo’llash bo’lib, uzluksiz jarayonni bildiradi, tizimli faoliyatni, aniq strategiyani amalga oshirishdan dalolat beradi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda innovatsiyaning mazmuniga turlicha yondashuvlar mavjud. Ya’ni, hozirgi vaqtda

ikki xil nuqtai nazar keng tarqalgan bo‘lib, birinchisi, joriy etiladigan yangilikka

yangi mahsulot, texnika, texnologiya, uslub va hokazolar ko‘rinishidagi ijodiy jarayon natijasi sifatida qaralsa; ikkinchisida, yangi unsurlar, ne’matlar,

yondashuvlar, prinsiplarni harakatdagilari bilan birga joriy etilishi sifatida qaraladi.

Jahon iqtisodiy adabiyotida – “innovatsiya” faoliyati ilmiy-texnik taraqqiyotning

yangi mahsulot va texnologiyalarda ifoda etiladigan real jarayonga aylanishi deb

talqin etiladi.

Mamlakatimiz olimlaridan G.J. Xasanova o‘z tadqiqot natijalaridan kelib

chiqqan holda yuqorida bayon etilgan barcha yondashuvlarda mazkur

kategoriyaning bir tomonlama yoritilganligi to‘g‘risida to‘xtalib, “innovatsiya”

“yangilikning joriy etilishi” bilan sinonim emas, balki yangi bilimlar, yondashuvlar

ko‘rinishidagi yangiliklarning joriy etilishi jarayoni bilan bog‘liq hodisa ekanligini

ta’kidlaydi.

Shuningdek, mazkur izohdan kelib chiqan holda, “innovatsiya faoliyati – bu

faoliyat turi ham, sohasi ham bo‘lmay, balki uning tavsifidir. Innovatsiya sohasi

mavjud bo‘lmaydi, chunki har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talabliligi bilan ajralib turuvchi natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishishi uchun yangiliklar (masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar,

yondashuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiyali bo‘lishi mumkin” – deb o‘z fikrini

bildiradi.

Bizningcha, innovatsion faoliyat faoliyat turlarining biri bo‘lib, “innovatsiya” ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining natijasi ekanligini eslatish maqsadga muvofiqdir. Shu bois, unga tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda quyidagicha ta’rif berish o‘rinli. “Innovatsion faoliyat o‘ylangan maqsadga erishish uchun barcha ilmiy va tadqiqot ishlanmalari, tashkiliy, texnologik, moliyaviy va tijorat harakatlaridagi aniq rejalashtirilgan yangiliklarni yoki innovatsiyani amalga oshirishdir”. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan vazifalarni bajarish innovatsion jarayonni ifodalaydi.

Oddiy innovatsion jarayon ikki fazada kengaytirilgan jarayonga o‘tishi

mumkin:


1. Yangilikni yaratish va tarqatish.

2. Yangilik kiritish diffuziyasi

Innovatsiya bu - kommunikatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan axborot almashish

jarayoni. Innovatsiya diffuziyasi esa o‘zlashtirilgan innovatsiyani tarqatish va yangi sharoitlarda qo‘llashni anglatadi.



Download 97,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish