Mavzu: Mehmonxonalarda innovatsion xavfsizlik tizimlari mundarija: kirish asosiy qism. Bob


Mehmonxona xo’jaligida xavfsizlik xizmatining mazmuni va mohiyati



Download 97,35 Kb.
bet7/19
Sana29.07.2021
Hajmi97,35 Kb.
#131942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
kurs ishi Malohat

2.1.Mehmonxona xo’jaligida xavfsizlik xizmatining mazmuni va mohiyati

Mehmonxonalarda xavfsizlik xizmati - mehmonlar, ularning mulklari, mehmonxona mulklarini kriminal elementlardan himoyalash maqsadida tuziladi.Bu yerda mehmonxona mulki deganda uning obro‘si ham tushuniladi. Mehmonxonalarda hamma vaqt bo‘masada, katta jinoyatlar sodir bo‘ladi.

Bazida shunday mijozlar uchraydiki, mehmonxonadan ketayotganlarida u yerdan sochiq, joyshablarni ham olishadi, lekin ko‘pincha esdalik uchun suvenirlar (kuldon) bilan cheklanadilar.Sochiqlar, xalatlar va shunga o‘xshash narsalarni o‘g‘rilash sodir etilganda, mehmonxona bunday mehmonlarni “qora ro‘yxat ”ga , ishonchsiz mijozlar safiga kiritadi. Bu ro‘yxatga yana norozilik bildirishga “usta” (jalobshik) mijozlar ham kiritiladi. Ular mehmonxonadan pul undirish maqsadida atayin norozilik uyushtiradilar.

Xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi – jinoyatni ko‘rib chiqish emas, uni oldini olishdir.Bu ayniqsa muhim, chunki bu xizmat xodimlari militsiya xodimlaridan farqli o‘laroq so‘roqqa tutish, tintuv o‘tkazish huquqiga ega emaslar. Xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uning boshqa xizmatlar bilan munosabatiga bog‘liq, ayniqsa, moliya departamenti va kadrlar bo‘limi bilan Xavfsizlik xizmatining nazorati moliyaviy nazorat bilan uyg‘unlashishi, xodimlar bo‘limi bilan esa ishga qabul qilayotganlarni nazoratini hamkorlikda olib borishlari kerak(kriminal o‘tmishli odamlar).

Xavfsizlik xizmati mahalliy militsiya bo‘limi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi muhimdir. Militsiyadan shubhali “mehmon”lar , kutilayotgan namoyishlar yoki tartibsizliklar haqida malumot olish mumkin. Bular mehmonxona tinchligini buzadi. Lekin bunday hamkorlik juda ham chuqurlashmasligi kerak(mehmon haqida har xil malumotlarni yetkazmaslik, qonunga ko‘rsatilganidan tashqari). Ushbu organlarga maxsus operatsiyalar o‘tkazish uchun joy ajratib berish tavsiya etilmaydi. Bu mehmonxona obro‘siga zarar yetkazishi mumkin.

Xavfsizlik xizmati –mehmonxona xavfsizligi tizimi loyihasini ishlab chiqadi va ushbu loyiha boshqa xizmatlar rahbariyati muhokamasidan o‘tganidan so‘ng bosh direktor tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat xavfsizlikning barcha tomonlarini qamrab oladi: xavfsizlik xizmatining vazifalari, boshqa xizmatlar bilan o‘zaro munosabati, xavfsizlikni taminlash texnik vositalari tizimi, favqulodda holatlarda xodimlarning harakatlari.

Xavfsizlik xizmatining tarkibi unchalik katta emas: 500 nomerli mehmonxonaga 10 kishi to‘g‘ri keladi. Shtatda ayollar ham ishlashi maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchi mijoz ayol kishi bo‘lsa, unga ayol kishi bilan suhbatlashish osonroq bo‘ladi. Xavfsizlik xizmatining ideal xodimi – bu bosiq, o‘zini tuta oladigan va ruhan barqaror inson bo‘lishi kerak. Ko‘pincha bu xizmatga sobiq organ xodimlarini olishadi.

Lekin har doim ham ular mehmonxona instruksiyalariga rioya qilishmaydi(ayniqsa, mehmonlar bilan munosabatda ularga muloyimlik yetishmaydi). Ular mehmonxonada armiya tartibi yo‘qligiga ko‘nikishlari qiyin bo‘ladi. Bazida xavfsizlik xizmatiga shveysarlar va pajlar ham bo‘ysunadilar. Xavfsizlik xizmati xodimlari ishga qabul qilinayotganda mehmonxonadaning bo‘limlari, huquq va majburiyatlari, tibbiy yordam ko‘rsatish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha o‘quv kursini o‘taydilar. Shuningdek, tekshiruv hisobotini tuzishni o‘rganadilar.

Xavfsizlik xizmati xodimlari mehmonxona faoliyati va ularning ishlariga taaluqli barcha qonunlarni bilishlari shart. Xavfsizlik xizmati albatta, o‘zining xonasi, alohida yechinish xonasi va hujjatlar saqlash, tekshiruv hisobotini tuzish uchun alohida xonaga ega bo‘lishi kerak. Xavfsizlik xizmati rahbarining kabineti mijoz ko‘ziga tashlanmasligi, shuning bilan birga zarur bo‘lganda mijoz uni izlab borganda ham oson topishi kerak. Xavfsizlik xizmati xodimlari ish smenalarini boshqa xodimlar smenasi bilan bir vaqtda almashtirmasliklari kerak. Chunki aynan smena almashayotganda yuqori darajali hushyorlik talab etiladi.

Barcha darajadagi mehmonxonalar, tur komplekslarda qulay, samarali xavfsizlikni shu erdagi tashqi muhit (siyosiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy, ekologik muhit, tashqi infratuzilma) va ichki muhit (korxona moddiy-texnik bazasi holati, ichki infratuzilmasi, gumanitar va tashkiliy komponentlar va h.k.) orqali aniqlanadi.

Mehmonxona va turkomplekslardagi xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyat tarkibiy komponentlari shuni ko‘rsatadiki, unda asosan ikki global funksiyalar, ya’ni mehmonga barcha mehmondorchilik xizmatlarini ko‘rsatish va ularning absolyut xavfsizligini ta’minlash zarur.

Bunda xavfsizlik ob’ekti bo‘lib mehmon, turist, ularni ko‘rishga kelganlar. Korxona xodimlari va ularning narsalari hisoblanadi. Xavfsizlikni ta’minlovchi sub’ektlar bo‘lib, korxona rahbarlari, ularning xavfsizlik va boshqa narsalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xavfsizlik xizmati xodimlari, korxona ishchilari hisoblanadi.

Xavfsizlik chora-tadbirlarni ta’minlash turli qonun va me’yoriy hujjatlarda kiritilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi «Turizm to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasi: «Turistlarning xavfsizlik kafolati» - deb nomlanadi va «O‘zbekiston Respublikasi hududida turistlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilishni hamda xavfsizligini ta’minlash dasturi ishlab chiqadi va uning bajarilishi tashkil etadi». Qonunning 19-moddasi: «Turistlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari» - deb nomlanadi, unda «Turistik faoliyat sub’ektlari turistlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida aniq ko‘rsatmalar keltirilgan».

Mehmonxonalar xavfsizligini ta’minlashda xavfsizlik menejmenti muhim hisoblanadi. Bunda operativ va uzoq muddatli xavfsizlik dasturini ishlab chiqish, ularning samarali bajarilishini ta’minlash, oddiy, aniq xodimlar motivatsiya tizimini qo‘llash, barcha ishlar monitoringi va nazoratini olib borish asosiy hisoblanadi.

Texnikaviy menejment mehmonxona moddiy-texnikaviy va tehnologik bazasining ko‘ngildagidek qo‘llanilishi va mehmonlarga texnikaviy komfort sharoit bilan ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun mehmonxona moddiy-texnikaviy va tehnologik bazasini saqlash; ularning talab darajasidagi ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlash, iqtisodiy resurslarni tejash; xodimlarning mehmonxona moddiy-texnik bazasi (xo‘jaligi)ga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini engillashtish; bu borada mehmonxona binosi, inshooti, texnikaviy sistemasi, hududidan samarali foydalanish, texnikaviy vositalarni modernizatsiyasini oshirish, uning ishga innovatsion texnika-texnologiyalarni tadbiq etish lozim bo‘ladi.

Turizm bilan shug’ullanuvchilar tomonidan global va sistematik asosda xavfsizlik choralarini ko’rish unutiladi. Ayrim tadqiqotlarga ko’ra, xorijiy tashrif buyuruvchilar xavfsizligi bilan bog’liq muammolar 10 dan 4 holatda xavfsizlikka javobgar organlarning o’z vazifalarini bajarmaganligidan kelib chiqqan.

Turizmgа tаhdid sоluvchi хаvf-хаtаrlаrning umumiy dаrаjаsi hаmdа mаmlаkаtgа хаvfsizlik nuqtаi nаzаridаn umumiy bаhо bеrish(2.2.2-jadval)


Download 97,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish