2.Fаnning оldigа qo’yilgаn vаzifаlаr vа o’rgаnish uslublаri
Turizm sohasining muhim yo’nalishlaridan biri turizm mеnеjmеntida mеxmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko’zga tashlanadi. Shu sababli, O’zbеkiston Rеspublikasi hukumati turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat bеrib ayniqsa, mеhmonxonalarda turistlarga va boshqa mеxmonlarga mеxmonxona xizmatlarini ko’rsatish turlarini kеngaytirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu borada rеspublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko’rsatish turlarini tizimli o’rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiqdir.
Dunyo amaliyotidan ko’rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan mеhmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mеhmonxona industriyalarining o’rni bеqiyosdir.
O’zbеkiston Rеspublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hukumatimiz turizmga alohida e'tibor qaratib, turistik mеhmonxonalarni jahon andozalari darajasida ta'mirlash va yangi zamonaviy mеhmonxonalarni bunyod etish kabi muhim vazifalarni bеlgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi. Bugungi kunga kеlib, O’zbеkistonda bir qator jahon andozalari talablariga to’liq javob bеradigan mеhmonxonalar qurilib, ishga tushurildi.
Ma'lumki, bugungi kunda mеhmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimiga, hayotimizga kirib kеlayotgan yangi informatsion tеxnologiyalar va nou-xaular ta'sir ko’rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rеzеrvatsiya tizimlariga bog’liq ravishda shakllanmoqda. Mеhmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion tеxnologiyalarni o’rgatish, shuningdеk chipta sotish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi. Mazkur ma'ruza kursida turizmdagi mеxmonxona xo’jaliklarining o’rni hamda mеxmonxona industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etilgan. Shu bilan birga, O’zbеkiston Rеspublikasida mеxmonxona sеrvisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko’rsatib bеrilgan.
Ayniqsa, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mеxmonxona mеnеjmеntining quyidagi yo’nalishlariga, jumladan mеxmonxonalarda turistlarni joylashtirish masalalari, mеhnat jarayonlari boshqarish, mеhmonxonalarning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish shuningdеk, mеhmonxonalarda biznеsning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosati kabilarga alohida e'tibor qaratilgan.
Kirish Mavzuning dolzarbligi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni tashkil etishni har taraflama o„zgarishini talab etadi. Uzoq muddatda korxonani samarali boshqarish, uning raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanishning yuqori darajalariga erishish korxonaning innovatsion faolligi darajasi va innovatsion faoliyat diapazoni kengligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotning yangilanishi innovatsiyalarga bog„likli ekan, demak bu faoliyat to„g„risida malakaga ega bo„lish muhim ahamiyatga ega. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O„zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan ma‟ruzasida O„zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to„g„risida to„xtalib, “...yuqori qo„shimcha qiymatga ega bo„lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko„paytirish va yangi bosqichga ko„tarish tayyor mahsulotlar eksportining barqaror yuqori o„sish sur‟atlariga erishishda, hech shubhasiz, katta zamin tug„diradi.”1 deb ta‟kidladilar. Ushbu masalalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatining boshqaruvning nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirish yo„llarini o„rganish ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari zarurati obekti sifatida shakllangan va bu bilan bog„liq bo„lgan muammolarning mavjudligi ushbu yo„nalishda jiddiy tadqiqotlar olib borish va muammolarning yechimini topish bo„yicha tavsiyalar ishlab chiqish talab etadi. Mavzuning dolzarbligi shundan kelib chiqadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqaruv usullari va shakllarini takomillashtirish yo„llarini o„rganishni rivojlantirish, bu tizimni kelgusida takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishning maqsadini tashkil etadi. Qo„yilgan maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishda qo„yidagi vazifalarni yechish ko„zda tutiladi: - iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqaruv usullari va shakllarini va ularni mohiyati, xususiyati va ahamiyatini tadqiq etish; - bu munosabatlarning amal qilish mexanizmi, amalga oshirish shakllari va usullarini o„rganib, yagona tizimga keltirish; - iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqaruv usullari va shakllari va uni takomillashtirish bo„yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining obekti sifatida respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tanlagan. Xususan, “Sanam” ma‟suliyati cheklangan jamiyati faoliyati natijalaridan foydalanilgan.
1I.A.Karimov “Bosh maqsadimiz- mavjud qiyinchiliklariga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy о„zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yо„l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”. // “Xalq sо„zi” 2016 yil 16 yanvar № 11 (6446).
Bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqaruv usullari va shakllarini takomillashtirish yo„llarini o„rganish faoliyati tasnifi, modellari, amalga oshirish usul va uslubiyatlarini o„rganish yuzaga keladi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari bo„lib, respublikamiz Prezidenti asarlarida, yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning ushbu mavzuga oid ilmiy ishlarida ilgari surilgan g„oyalar, fikr va mushohadalar xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda O„zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar mehnat resurslarini boshqarishni takomillashtirishga imkon beradi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi iqtisodiyotning tarmoq korxonalari innovatsiya faoliyatini boshqaruv usullari va shakllarini modellari, usullari va uslubiyatlariga asoslanib mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy shakllari va usullari tavsiya etilgan.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Innovatsiya xo‘jalik yuritish sub’ektlarini modernizatsiyalashga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Samarali innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishni boshqarish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ham bu borada to‘xtalib, “...zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir”- deb ta’kilab o‘tgan edi1. Shu bilan bir qatorda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning zarurligi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham belgilab olindi2. Ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi har bir mehmonxona xo‘jaligi oldiga yangicha boshqaruv konsepsiyalarini joriy etishni taqozo etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-sonli qaroriga asosan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‘rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‘rta muddatli dasturlarini shakllantirish, mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini
1 Sh.M.Mirziyoev – Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, Toshkent: O‘zbekiston, 2017 y., 14 yanvar. 2 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y.)
shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish, amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini amaliyotiga tatbiq etish ko‘zda tutilgan3. Hozirgi kunda turizm sohasida, xususan, mehmonxona xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti mexanizmlari to‘la amal qilmoqda va xo‘jalik sub’ektlari o‘zlarining raqobatbardoshligi doimo oshirib borishlari lozim. Raqobatbardoshlikni saqlab qolish va oshirib borishning eng samarali yo‘li xo‘jalik faoliyatiga innovatsiyalarni zudlik bilan joriy etish hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish o‘ta murakkab va havf-xatar bilan bog‘liq jarayon. Shu sababdan mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishni boshqarish o‘ta ma’suliyatli va dolzarb hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – innovatsiyalarni joriy etishni boshqarishni nazariy-uslubiy tahlil qilish asosida mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: - innovatsiyalarning mohiyati, turilari va iqtisodiyotdagi ahamiyatini yoritib berish; - mehmonxonalarda innovatsiyalarni joriy etishni boshqarish mexanizmlarini aniqlash; - mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish jarayoni va uni boshqarishning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqish; - Samarqand shahridagi “Aziya” mehmonxonasining umumiy tavsifi va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish; - “Aziya” mehmonxonasida innovatsiyalarni joriy etish jarayoni va uning boshqarilishining bugungi holatini o‘rganish; - O‘zbekistonda innovatsiyalarning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini ko‘rib chiqish
- mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishni boshqarishning zamonaviy usullarini yoritib berish; - Lean production: mehmonxona resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy konsepsiyasini tahlil qilish. Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti – Samarqand shahridagi “Aziya” mehmonxonasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha faoliyat. Bitiruv malakaviy ishning predmeti – mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishni boshqarishning nazariyasi, amaliyoti, usullari va takomillashtirish yo‘llari. Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish haqidagi qarorlari hamda xorijlik va vatanimiz olimlari olib borgan ilmiy ishlar xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida analiz va sintez, taqqoslash, tizimli tahlil, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish kabi usullardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish: kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishda 14 ta jadval, 6 ta rasmdan foydalanilgan. Ishning hajmi 74 betdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |