Mavzu: Mехаnikа fаnigа kirish va uning rivojlanish tarixi. Stаtikаning аsоsiy аksiоmаlаri. Reja



Download 72 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2022
Hajmi72 Kb.
#536473
  1   2   3   4
Bog'liq
mex.1



Mavzu: Mехаnikа fаnigа kirish va uning rivojlanish tarixi. Stаtikаning аsоsiy аksiоmаlаri.
REJA:



  1. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi.

  2. Mexanikaning rivojlanishiga O`zbekiston hududida yashagan ulug` mutafakkirlarning qo`shgan hissalari.

  3. Mexanikaning rivojlanishiga o`zbek olimlarining qo`shgan hissalari.

  4. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari.

  5. Statika aksiomalari.

1.1. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon texnikasi injenerlar oldiga material jismlarning mexanik harakati va mexanik o`zaro ta‘sirlarini o`rganish bilan bog`liq juda ko`p masalalarni qo`yadi.
Mexanik harakat deb moddiy jismlarning fazoda vaqtga bog`liq ravishda bir-biriga nisbatan vaziyatini o`zgartirishiga aytiladi. Mexanik o`zaro ta‘sir deganda moddiy jismlarning bir-biriga ko`rsatadigan ta‘sirida bu jismlar harakatlarining o`zgarishi yoki bo`lmasa ular shaklllarining o`zgarishi (deformatsiyalanishi) tushuniladi. Bu ta‘sirlarning asosiy miqdoriy o`lchami sifatida kuch deb ataluvchi kattalik qabul qilingan.
Tabiatda mexanik harakatlarga misol qilib, osmon jismlarining harakati, Yer qobig`ining tebranishi, havo va dengiz oqimlari, molekulalarning issiqlik harakatlari va boshqalar, texnikada esa, Yer sirti va suvda harakatlanuvchi turli xil transport vositalari va uchuvchi apparatlar, mashina, mexanizm va dvigatellar qismlarining harakatlari, suyuqlik va gazlarning oqimi va boshqa shunga o`xshash harakatlarni ko`rsatish mumkin.
Mexanik o`zaro ta‘sirlarga butun olam tortilish qonuni asosida moddiy jismlarning o`zaro tortishishi, suyuqlik va gaz zarralarining bir- biriga o`zaro ta‘sirlari va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Moddiy jismlarning mexanik harakatlari va o`zaro ta‘sirlari haqidagi fanga mexanika deyiladi.. Qarab chiqiladigan mexanikaning muammo doirasi juda keng. Bu fannning rivojlanishi natijasida bir qator yangi fanlar paydo bo`ldi. Bularga nazariy mexanika, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, gidromexanika, aeromexanika, suyuqlik va gazlar mexanikasi shuningdek amaliy mexanika deb ataluvchi fanning bo`limlari – materiallar qarshiligi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, mashina detallari shuningdek juda ko`p injenerlik fanlarini ko`rsatish mumkin.
Mexanikaning asosida klassik mexanika qonunlari (yoki Nyuton qonunlari) yotadi.

Klassik mexanikada vaqt va fazo jismlarning harakatiga bog`liq emas deb qaraladi. Shuningdek, jismning massasi uning tezligiga bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor deb qaraladi.


Mexanikada abstrakt tushunchalaridan keng foydalaniladi. Masalan, jismning deformatsiyalanishini e`tiborga olinmasa ularni absolyut qattiq jism, shakli va o`lchamlari e‘tiborga olinmasa, moddiy nuqta deb qaraladi.
Jismning barcha xossalari birdaniga e‘tiborga olinsa hech qanday mexanik xodisani nazariy va amaliy jixatdan tekshirib bo`lmaydi, shu bilan birga, yechilishi juda oson bo`lgan har qanday masala haddan tashqari murakkablashtirib yuboriladi.
Nazariy mexanika fanining injenerlik bilimidagi roli va ahamiyati shundan iboratki, u hozirgi zamon texnikasining juda ko`p sohalarining ilmiy ba`zasi bo`lib hisoblanadi. Shu bilan birga tabiat haqidagi, ya‘ni tabiiy fan bo`lgan mexanika qonunlari va usullari bizni o`rab olgan olamni bir qator muhim hodisalarini o`rganish va tushuntirishda muhim rol o`ynaydi.
Mexanika masalalarini qarab chiqishda, uni statika, kinematika va dinamika qismlariga bo`lish qabul qilingan. Mexanika eng qadimgi fanlardan biri. Bizgacha yetib kelgan mexanikaga doir dastlabki qo`lyozma va ilmiy maqolalar qadimgi Misr va Gretsiya olimlariga ta‘luqli. Qadimgi saqlanib qolgan kitoblarda turli xil statika masalalariga doir izlanishlar uchraydi.
Birinchi navbatda qadimgi Gretsiyaning buyuk filosofi Aristotel (384-322 yy. e.o.) asarlarini ko`rsatish mumkin. “Mexanika” so`zini ham dastlab Aristotel fanga kiritgan.
Aristotel o`zining asarlarida richag va boshqa oddiy mashinalar muvozanati va harakatiga oid umumiy fikrlarni yozadi. U o`zining nazariy hulosalarini hech qanday tajriba bilan tekshirib ko`rmagan. U jismga ta‘sir «Mexanika» so`zi grekchadan tarjima qilinganda «inshat», «mashina» degan ma`nolarni bildiradi.
Shu bilan birga Aristotel o`z zamonasida aytgan tezliklarini qo`shish haqidagi teorema va havo og`irlikka ega degan fikrlari to`g`ri. Qadimgi grek olimlaridan yana biri mashhur olim Arximed (287-212 yy. e.o) bo`lib, u birinchi bo`lib mexanika muommolarini o`rganishda matematika usullaridan foydalanadi.
Arximed jismlarning muvozanati va og`irlik markazi, richagning muvozanati haqidagi qonun, qattiq jism statikasining asosiy prinsiplari hamda suyuqliklarning muvozanati haqidagi nazariyaga asos soladi.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish