MEDIKAMENTOZ TERAPIYA
Ushbu kasallikda dori-darmonlar asosan kasallikning xuruji davrida qabul qilinadi.
Bunday dori vositalariga quyidagilar kiradi:
Antasidlar — ular me’da shirasining nordonlik darajasini pasaytiradi;
Antisekretor preparatlar — ishlab chiqariladigan oshqozon shirasi miqdorini kamaytiradi;
Antibakterial vositalar (antibiotiklar) — patogen bakteriyalarni / mikroorganizmlarni yo’q qilish uchun.
Xuruj davrida kasallikni davolash muddati 2-5 hafta bo’lib, ko’pincha bu vaqt ichida bemorlar kasalxonada yotadilar. Agar bemor kuchli og’riqdan shikoyat qilsa, unga spazmolitiklar (masalan, no-shpa), uzoq muddatli qabziyatda — ich yumshatuvchi vositalar yoki xuqnalar buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |