Mavzu: Maxsus pedagogika (Mutaxassislikka kirish) modulining umumiy masalalari. «Maxsus pedagogika»



Download 147,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.02.2022
Hajmi147,16 Kb.
#432250
Bog'liq
1- Mavzu



901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA 
Mavzu: Maxsus pedagogika (Mutaxassislikka kirish) modulining 
umumiy masalalari. 
«Maxsus pedagogika» (surdopedagogika, 
oligofrenopedagogika, tiflopedagogika va logopediya) fani 
darsligi ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud 
bolalami maxsus ta’lim tarbiya jarayoni nazariyasi va amaliyoti, 
rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalaming xususiyatlari, ulami 
rivojlantirish, korreksiya vositalarini yaratish, qoidalash, 
o‘rganish masalalarini qamrab oladi «Maxsus pedagogika» fani 
quyidagilami o‘z ichiga oladi: - rivojlanishida nuqsoni bo'lgan 
bolalami o‘qitish hamda tarbiyalash asoslarining nazariy 
bilimlari; - amaliy kasbiy ko‘nikmalarining shakllanishi; -
pedagogik qobiliyatlarining rivojlanishi; - bo‘lajak kasbga 
qiziqish, o‘z ustida ishlash hamda pedagogik ko‘nikmasmi 
takomillashtirish. «Maxsus pedagogika» darsligi to‘rt bo‘limdan 
iborat bo‘lib, Birinchi bo‘lim Oligofrenopedagogika deb 
nomlanib, mazkur bo‘lim: aqli zaif bolalar maktabida o ‘qitish 
jarayonining xususiyatlari, aqli zaif bolalar maktabida ta’limning 
o‘ziga xosligi haqida. Oligofrenopedagogika fanining asosiy 
maqsadlaridan biri intellektual kamchiligi bo'lgan bolalarning 
kamol tobib borishi, umumiy rivojlantirishini faollashtirishda 
maxsus pedagogikpsixologik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. 
Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bu bolalar ta’limi-tarbiyasi va 
ular taraqqiyotidagi ruhiy, jismoniy nuqsonlami korreksiyalashni 
(to‘g‘rilashni) o‘rgatuvchi fan sifatida yuzaga kelgan. 
Oligofrenopedagogika asosiy maqsadi intellektida nuqsoni 
bo‘lgan bolalarga ma’lum fan asoslariga oid bilim berish, 
korreksion-tarbiyaviy ishlami amalga oshirish, mehnat 
faoliyatiga, kasb-hunarga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdan 
iboratdir. Yuqoridagi maqsad va vazifalami amalga oshirishda 


901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA 
Oligofrenopedagogika fani o'ziga xos uslublar va shakl 
metodlarini Qo‘yishning samarali yo‘liarini o‘rgatadi. Bizning 
mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda 
shakllanayotgan, ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab, 
maktabintematlariga bosh miyaning organik buzulishi natijasida 
bilish faoliyati turg‘un buzulgan bolalar qabul qilinadi, aqli 
zaiflikning og‘ir va yengil darajalariga ko‘ra korreksion ta’lim-
tarbiya ishlari dasturi hamda o ‘quv rejasi ishlab chiqiladi, 
bunda ularning o‘ziga xos xususiyatlari va yoshlari, albatta, 
inobatga olish zarur shart hisoblanadi. 0 ‘zbekiston aholisining 
aksariyatini 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Shular 
ichidagi imkoniyati cheklangan va alohida yordamga muhtoj 
bolalarning hammasi hisobda. Imkoniyati cheklangan bolalar 
uchun maxsus maktab-intematlar tashkil qilingan. Yosh avlodni 
har tomonlama sog‘lom kamol toptirish ishi davlatimiz 
g‘amxo‘rligi va nazoratida bo‘lib kelayotir Ikkinchi bo‘lim 
Surdopedogogika deb nomlanadi. Surdopedagogika (lotincha 
«surdus» — so‘zidan olingan bo'lib «karlik» degan ma’noni 
bildiradi) defektologiyaning bir tarmog'i bo'lib, eshitishida 
nuqsoni bo'lgan shaxslar ta’lim-tarbiyasi masalalari hamda 
muammolari bilan shug'ullanuvchi fandir. Surdopedagogikaning 
asosiy vazifalari eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalami pedagogik 
jihatdan har tomonlama o'rganish, maxsus maktabda til 
o'qitishni takomillashtirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va 
talaffuzini shakllantirish ishlarini yuqori pog'onaga ko'tarish; 
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
qonuniyatlarini o'rganish va uni takomillashtirish, eshitish 
idrokining rivojlanish tizimi samaradorligini oshirish, o'z 
bitiruvchilarining ma’lum bir kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat 
qilishlariga erishish; o'qitishning texnik vositalarini 


901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA 
takomillashtirish; bog'cha va maktab ta’limining uzluksizligini 
ta’minlash; respublika bo'yicha tibbiyot hamda xalq ta’limi 
tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis 
muammolarini o'rganishdan iboratdir, korreksion-rivojlanuvchi 
vazifalari va tamoyillari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalaming 
tarbiya jarayoni mazmuni, ulami oilada tarbiyalash kabi 
masalalami qamrab oladi. Uchinchi bo‘lim Tiflopedagogika deb 
nomlanadi. Bu bo‘limda ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktabida 
o ‘qitish jarayonining xususiyatlari, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar 
maktabida ta’limni tashkil etish shakllari va metodlarini, ko‘r va 
zaif ko‘ruvchi bolalar tarbiyalash jarayonida maktab va oila 
hamkorligi, tiflotexnika kabi masalalar yoritiladi. To‘rtinchi 
bo‘lim:Logopediya nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim 
tarbiyasi, ta’lim metodlari va shakllari haqida ma’lumotlar 
beradi. Lopediya nutqida nuqsoni( duduqlik,til 
rivojlanmaganligi,o‘qish va yozuvdagi nuqsoni va 
boshqalar)sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yo‘llarini 
hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini 
maxsus ta’lim va tarbiyasi vositasida o‘rganadi. Asta sekin nutq 
faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengayib borib 
To‘rtinchi bo‘lim:Logopediya nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar 
ta’lim tarbiyasi, ta’lim metodlari va shakllari haqida ma’lumotlar 
beradi. Lopediya nutqida nuqsoni( duduqlik,til 
rivojlanmaganligi,o‘qish va yozuvdagi nuqsoni va 
boshqalar)sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yo‘llarini 
hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini 
maxsus ta’lim va tarbiyasi vositasida o‘rganadi. Asta sekin nutq 
faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengayib borib, 
logopediya yo‘nalishi tubdan o‘zgardi, pedagogik mazmun 
birinchi o‘ringa qo‘yiladigan bo‘ldi. 

Download 147,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish