Kartalarni loyihalash va tuzish kursida (Mirzaliyev va b., 2006) xarita tuzishga muljallangan
manbalarni jihozlash bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan edi, ya’ni manbalardan nusha ko’chirish, ma’lumotlarni tanlash, ularni taxlil qilish, aniq ro’yxatga olish va h.k. Bunday ishlar ketma-ketligi ijtimoiy- iqtisodiy xaritalarni tuzishga ham to’g’ri keladi. Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarni tuzishda manbalarni to’plash, taxlil qilish, qayta ishlash faqat xaritaning muallifi tomonidan bajariladi, lekin kartograf bunday ishlarni albatta bilishi kerak. Kartografning asosiy ishlari – kartografik manbalarni tanlash, baholash, xaritaning mavzuli mazmunini to’ldirish, ma’lumotlarni bir-biri bilan bog’lash hisoblanadi.
Agar xorijiy davlatlar xaritalari tuzilayotgan bo’lsa, statistik manbalardagi ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlashga alohida e’tiborni qaratish kerak. Statistik ma’lumotlar rahbar idoralar orqali tekshirib ko’riladi (BMTdan, shu davlat boshqa statistika ma’lumotlaridan va boshqalardan).
Dastlabki to’plangan manbalarning detallashganlik darajasini oshirish uchun ekspeditsion ishlar olib boriladi. Ekspeditsion materiallar ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirishning aniqligini oshiradi, xaritalar seriyasini bog’laydi, ularni ilmiy-ma’lumotnomalik darajasini ko’taradi. Agar dala ishlari marshrutli yoki kalitli joylar uchun olib borilgan bo’lsa, ularning saviyasi adabiyotli yoki fond kartografik manbalariga qaraganda ancha ustun hisoblanadi. Ekspeditsion ishlar statistik ma’lumotlarni geografik jihatdan to’g’ri taxlil qilish, statistik ma’lumotlar tomonidan oldin aniqlanmagan rael mavjud territorial komplekslarni topish va ular asosida ishlash imkonini yaratadi.
Manba: Яковлева С.И. Социально-экономическая картография [Электронный ресурс]: учеб. пособие. 3-е доп. издание. – Тверь: Твер. гос. ун-т, 2015 //texts.lib.tversu.ru
Ekspeditsiya ishlari ko’pchilik statistik materiallarni to’g’ri geografik talqin qilishda, ma’lumotlarni qayta ishlashda, guruhlarga bo’lishda juda qo’l keladi. Ekspeditsion metod eng birinchi bosqichdagi (lokal tabaqadagi) statistik ma’lumotlarni to’plashda qo’llaniladi. Ekspeditsion ishlar jarayonida mahalliy mutaxassislarni ishga jalb qilish, ulardan geografik jihatdan aniq ma’lumotlarni yig’ishga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirishda ekspeditsion ishlar tizimi tabiiy xaritalarni tuzishga o’xshab ketadi, lekin ular ba’zi tomonlari bilan farq qiladi, masalan, joyda marshrut bo’yicha yoki kalitli maydonlarda ekspeditsion ishlarni olib borish. Bunday ekspeditsion ishlar «juda tez» bajarilishi kerak, chunki ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirishda vaqt mezoni asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ma’lumotlar eskirib qolmasligi uchun, ular rayon miqyosidagi statistik boshqarmalardan, teshirilib, aniqlashtiriladi va keyinchalik ishga qo’shiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirishda ekspeitsion yo’l bilan xaritalashtirish ikki variantda olib borilishi mumkin: birinchi variant - xaritalar ekspeditsion ishlar jarayonida tuziladi; ikkinchi variant – xaritalarni tuzish ishlarini bajarish uchun ekspeditsion ishlar olib boriladi. Hozirgi vaqtda ekspeditsion yo’l dala ishlari va kameral ishlar bilan birgalikda olib borilmoqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |