Mavzu: Mavzu: Tizimli ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyalash Reja
Mavzu: Mavzu: Tizimli ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyalash Reja:
1. Tizimli ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirish mohiyati
2. Tizimli ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirish ketma- ketligi
3. Adresli xaritalar
Tayanch so’z va tushunchalar
tizimli ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirish, tizimli yondashuv, tamoyil, kartografiyalash, seriyali xaritalar, adresli xaritalar, xarita originali, atlas.
Tizimli xaritalashtirishda voqea va hodisalarni tasvirlashda va tizimli ravishda
bajarishda tizimli yondoshish printsiplaridan foydalaniladi. Tizimli
xaritalashtirishni xaritalashtirish
ko’rsatkichlari tizimliligi, tarkibi, tashkil etilishi, faoliyati va dinamikasining
ijtimoiy-iqtisodiy sohada juda faol hisoblanadi, chunki bu soha
juda
murakkabligi bilan bir-biridan ajralib turadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyada tizimli yondoshish halq xo’jaligi kompleksining mahalliy, regional va umudavlat miqyosida rivojlanishi va faoliyatining uzviy bog’liqligi bilan aniqlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimli xaritalashtirish kompleks va mavzuli atlaslar va bir-biriga bog’langan seriyali xaritalar orqali amalga oshiriladi.
Butun davlatni va uning regionlarini tizimli xaritalashtirish vazifasi urushdan keyin qo’yilgan edi, lekin bunday ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirish vazifasi hozirgacha ham to’liq yechilmagan. Bu masala regional va ittifoq miqyosida atlaslar va seriyali xaritalar tuzish orqali yechila boshlagan, dastlab regionlar bo’yicha, so’ngra tabiiy territorial komplekslar masshtabida.
Manba: Яковлева С.И. Социально-экономическая картография [Электронный ресурс]: учеб. пособие. 3-е доп. издание. – Тверь: Твер. гос. ун-т, 2015 //texts.lib.tversu.ru
Regionlar masshtabida ma’lumotnomali atlaslarda yoki
xaritalashtirish ishlari natijasi
ilmiy- seriyali xaritalarda keltirilgan. Tizimli
yondoshish hodisalarning ko’rsatkichlarini to’liq va maqsadli xaritalashtirishni
talib qiladi. Ilmiy-ma’lumotnomali
atlaslar va seriyali xaritalar tuzishda
hududiy ijtimioy-iqtisodiy tizimlarning barcha geografik xususiyatlari, jumladan xo’jalik yuritish faoliyati, aholi tarqalishi, xizmat ko’rsatish sohalari mukammal o’rganilishini talab qiladi. Bunday talabni bajarish atlaslar dasturini yaratishdan boshlanadi, so’ngra regionlarni o’rganishda, xaritalashtirishning boshqa bosqichlarida qo’yilgan talablarni bajarish borasida, masalan, atlas xaritalarining safiga ba’zi xaritalar qo’shilishi yoki olib tashlanishi bilan. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning tizimi to’liqligini, ularning hududiy bog’liqligini o’rganish, hududiy ishlab chiqarish komplekslarini modellashtirish natijasida amalga oshiriladi.
Manba: Яковлева С.И. Социально-экономическая картография [Электронный ресурс]:
учеб. пособие. 3-е доп. издание. – Тверь: Твер. гос. ун-т, 2015 //texts.lib.tversu.ru
Tizimli ijtimoiy-iqtisodiy xaritalashtirishda asosiy muammolardan biri - bu xaritalarning bir-biri bilan muvofiqligini ta’minlashdir. Bunga aholi, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalari ko’rsatkichlarini bog’lab tasvirlash orqali erishiladi. Mehnatni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orasidagi bog’liqlik ifodalaydi. Ishlab chiqarish sohalari va yuqori tashkilotlar orasidagi aloqalar ham xaritalarni tuzishda e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarni bir-biri bilan muvofiqlashda obyektlarning joylashgan o’rni va ularning ko’rsatkichlari va xaritalarda tasvirlash metodlari nazarda tutiladi. Bunday xaritalashtirish birliklarini tanlash, vaqtni belgilash, masshtablar tizimini va tasvirlash usullarini aniqlash, tipologik va sintetik xaritalarni yaratish, ularga yaxlit metodika tanlash, xaritalarni ishlab chiqish uchun ratsional ketma-ketlikni belgilash bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |