Migratsiya (lot. migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman) — 1) aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (qarang Aholi migratsiyasi); 2) hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (qarang Hayvonlar migratsiyasi); 3) kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (qarang Elementlar migratsiyasi); 4) energiyaning bir zarrachadan boshqasiga oʻtishi (qarang Energiya migratsiyasi); 5) kapitalning qoʻshimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi
Do'stlaringiz bilan baham: |