Mavzu: matnli ma'lumotlarga ishlov berish dasturlari


MAVZU:PAGE MAKER DASTURINI ISHGA TUSHIRISH



Download 9,31 Mb.
bet3/32
Sana23.07.2022
Hajmi9,31 Mb.
#841355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
MAVZU 2 kurs 2021-2022

MAVZU:PAGE MAKER DASTURINI ISHGA TUSHIRISH
Reja

  1. PAGE MAKER dasturini ishga tushirish

  2. Page Maker dasturini asosiy menyusi

  3. Hujjat parametrlarini sozlash


Tayanch so’zlar: PAGE MAKER, Target Printer resolution (Paзделенние

PAGE MAKER dasturini ishga tushirish uchun WINDOWS sistemasida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk tugmasiga bosiladi, das- turlar ro‘yxatidan Adobe bo‘limiga tegishli Page Maker nomi tanlanadi.


Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) menyusini ochib, undagi New (Noviy — Yangi) buyrug‘ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot darchasi paydo bo‘ladi.

Page Maker dasturini asosiy menyu orqali ishga tushirish
Bu darcha elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o‘lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Paзделенние — bosib chiqaruvchi qurilma qobiliyati) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o‘rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo‘lishi mumkin, agar lazerli printer bo‘lsa, qiy- mati 300 yoki 600 bolishi mum- kin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiq. Bu ishni Dosument Setup (flapaMeTpbi aoKyMeuTaHujjat parametrlari) muloqot darchasidagi Compose to printer (Printer uchun tayyorlash) ro‘yxati yordamida bajaramiz. Ayrim hol- larda bunday qurilma lazerli printer bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘p hol- larda yuqori sifatli suratli teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chi- qaruvchi qurilma oldindan aniqlanganda RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma’lumot olinadi. Agar qurilma turi ish davomida o‘zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko‘rinishi o‘zgarib ketishi mumkin. Muloqot darсhasida hamma parametrlarni o‘rnatib bo‘lgach, OK tugmasida sichqoncha tugmasini bir marta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko‘rinishi paydo bo‘ladi.

«Hujjat parametrlari» muloqot darchasi
Sahifaga kerakli ma’lumotlar yozil- ganidan so‘ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File menyusining Save (Coxpaнить — Saqlash) yoki Save as (Coxpaнить как...— Qaysi ko‘rinishda saqlash...) buyrug’i tanlanadi, yoxud Ctrl-S tugmalari bosiladi.

Yangi hujjatning toza sahifasi
Yangi hujjat saqlanmoqchi bo‘lsa, ekranda muloqot darchasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot darchasini yopish mumkin.
Agar hujjatning muqobil (alternativ) varianti boshqa nom bilan saqlanmoq- chi bo‘lsa, Save as (Coxpaнить как...Qaysi ko‘rinishda saqlash...) buyrug‘ini tanlash kerak.
Xotiradagi hujjatni o‘qish. Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File (окрыть) menyusining Open (Oткрить — Ochish) buyrug‘idan foydalanamiz. File menyusining Recent Publications (последние публикованние — Oxirgi nashrlar) buyrug‘i yordamida xotiradagi oxirgi 8 ta nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan ishlashni tugatgandan so‘ng, uni yopish uchun File menyusining Close (закрыть — Yopish) buyrug‘idan foydalanamiz.
Hujjat bo‘ylab surilish. Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo‘ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini ko‘rsatib o‘tish uchun Goto Page (Sahifaga o‘tish) buyrug‘idan foydalanamiz. Ekranda paydo bo‘lgan muloqot darchasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o‘tish uchun esa Layout (Maкет) menyusining Goto Page (Sahifaga o‘tish) buyrug‘ini tanlash yoki Ctrl-/ klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini ketma-ket ko‘rish uchun Goto Page (Sahifaga o‘tish) buyrug‘ini tanlash vaqtida Shift tugmasini bosib turish kerak. Page Maker 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ketma-ket ko‘rsata boshlaydi. Ko‘rsatishni to‘xtatish uchun sichqoncha tugmasini bosish kifoya.
Keyingi sahifaga o‘tishning eng sodda usuli F12 tugmasini bosishdir. Fll bosilsa, bitta oldingi sahifaga qaytamiz. Agar sichqonchani ishlatish ma’qulroq ko‘rilsa, hujjat sahifalari bo‘ylab surilishning yana bir usuli bor. Hujjat darchasining chap tomonidagi quyi burchagida sahifa ko‘rinishidagi piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. 0‘ngroqdagi piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.
Sahifani akslantirish masshtabini o‘zgartirish
Kompyuter ekranida sahifa ko‘rinishini kattalashtirish uchun menyu buyruqlaridan, klaviaturadan va sichqonchadan foydalanish mumkin.

Menyuning Layout (Maкет) punktidagi View (Ko‘rish) punktining qism menyusi ochiladi va kerakli o‘lchov tanlanadi. Agar tanlash vaqtida Alt tugmasini bosib turilsa, tanlangan masshtab o‘lchovi hujjatning hamma sahifalari uchun taalluqli bo‘ladi. Masshtabni o‘zgartirishning eng qulay usullaridan biri uni sichqoncha yordamida o‘zgartirishdir. Sichqoncha o‘ng tugmasi bir marta bosilsa, sahifa tabiiy kattalikda (100%) akslanadi.Agar Shift bilan birga o‘ng tugma bosilsa, 200% li bildiruvchi akslantirish o‘matiladi. Ekranda kattalashtirilgan re- piktogrammalar jim o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng tugmani bosib Ful in Window (To‘liq sahifa) rejimiga o‘tiladi. Agar Ctrl- probel tugmalari birgalikda bosilsa, sichqoncha ko‘rsatkichi o‘rtasida «-» belgili lupa ko‘rinishini oladi. Lupali ko‘rsatkich bilan sichqoncha tugmasi bosilgani sari akslantirish masshtabi kattalashaveradi. Kichik- lashtirib ko‘rsatish uchun esa Alt-Ctrl-probel tugmalari birgalikda bosiladi. Bu holda sichqoncha ko‘rsatkichi «-» belgili lupa ko‘rinishiga o‘tadi.
Sahifaning qandaydir bir bo‘lagini kattalashtirish uchun uni kattalashtirish ramkasiga joylashtirish kerak. Buning uchun sichqonchaning «-» li lupa ko‘rsatkichini ajratiladigan matn qismida diagonal bo‘yicha yo‘naltirish kerak. Sichqoncha tugmasini qo‘yib yuborsak, ramka ichidagi matn kattalashadi. Shu usulda 800% gacha kattalashtirish mumkin.
Asboblar panelidagi «Lupa» dan ham foydalanish mumkin. «Lupa» da sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, sahifani 100% li masshtabda akslantirish rejimi o‘rnatiladi. Agar shu vaqtda Alt tugmasi bosib turilsa, Ful in Window (To‘liq sahifa) ko‘rinishida akslantirish rejimi o‘rnati- ladi.
Yo‘naItiruvchi chiziqiar va koordinata chizg‘ichlarini akslantirish

Shablon-sahifaning ko rinishi

Buning. uchun Layout (Maket) menyusining Guides and Rulers (Haправление линии — Yo‘naltiruvchi chiziqlar va chizg‘ich) buyrug‘ini tanlash kerak. Chizg‘ichdagi birliklar sistemasini File (Файлi) menyusidagi Preferences (Установки) buyrug‘i yordamida o‘matish mumkin.


Shablon-sahifalar. Page Maker 6.0 o‘z ichida bir nechta shablon-sahifalardan foydalana- di. Shablon-sahifalarda hujjatning hamma sahifalari uchun umumiy bo‘lgan elementlar oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi. Shablon-sa- hifaga o‘tish uchun sichqoncha tugmasini chap tomon quyi bur- chakdagi shablon-sahifa piktog- rammasida bosish kerak.
Yig‘ish (montaj) stolida huj- jatlarni saqlash. Page Maker dasturidagi (montaj) yig‘ish stolini
ko‘rish Layout (Maket) menyusidagi View (Ko‘rish) punkti qism menyusining Entire Pasteboard (Montaj stoli) buyrug‘i yordamida bajariladi. Montaj stoli — Pasteboard dagi rasm, maqola, matn qismlari- ni hujjatning turli sahifalarida ishlatish mumkin. Shuning uchun ham hujjatda qayta-qayta ishlatiladigan standart obyektlarni montaj stolida saqlash qulaydir.
Asboblar paneli (Toolbox). Asboblar panelini ekranga chiqarish uchun Window menyusining Toolbox buyrug‘ini ishga tushiramiz.
Sichqoncha tugmasini asboblar panelidagi biror asbobda ikki marta bosilsa, awalgi ishlatilayotgan asbob inkor qilinib, ekranda yangisiga tegishli muloqot darchasi ochiladi.
«Matn» («Matn») asbobi bilan ishlash. «Matn» asbobi asboblar panelida joylashgan p|| ko‘rinishidagi tugmachadir. Asboblar paneli ek- randa ko‘rinmasa, uni ochish uchun Window (Oyna) menyusidagi Toolbox (Asboblar paneli) buyrug‘ini ishga tushirish kerak.
Matnni formatlash — bu simvollami va abzaslarni formatlashdir. Matnni formatlash uchun avval formatlanacligan matn qismini ajratish kerak
Виделить buyrug’idan foydalanish zarur

Asboblar panelining ko’rinishi Matn qismini ajratish uchun, matn bo‘ylab I-kursorni siljitib, Asboblar panelining ko‘rinishi bitta simvoldan tortib matnninghammasigacha ajratish mumkin.
Matnni ajratishning yana bir usuli bor. Buning uchun «Matn» asbobini tanlaymiz va ajratiladigan matn qismining boshida sichqoncha tug- masini bosamiz. Shift tugmasini bosib turgan holda, sichqoncha tug- masini ajratilishi kerak bo‘lgan bo‘lakning oxirida ham bosamiz. Matnning kerakli qismi ajralib qoladi. Shift tugmasini bosib turgan holda kursorni yo‘naltiruvchi tugmalardan birini bosib ham matn qismini ajratish mumkin.
So‘zni ajratish uchun shu so‘z ustida «Tekst» asbobi bilan sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
Abzasni ajratish uchun abzas ustida «Tekst» asbobi bilan sichqoncha tugmasi 3 marta bosiladi.
Simvollar ketma-ketligini ajratish uchun Shift tugmasini bosib turib, sichqoncha ko‘rsatkichini belgilangan nuqtadan kerakli joygacha suriladi.
Katta hajmdagi matnni ajratish uchun Edit (Pravka — Tahrirlash) menyusining Select AII (Videlit vse — HammasM ajratish) buyrug‘idan foydalanish mumkin. Ctrl-A tugmalar kombinatsiyasi vositasida esa shu operatsiya tezroq bajariladi.
Simvollarni formatlash. Matn muharrirlarida ishlatiladigan shriftlarning turlari ko‘p. Ular shrift gamituralari deb ataladi va har bir gami- turaning o‘z nomi bor. Page maker dasturida simvollarni formatlash vaqtida shrift garnitu- rasining nomini, shriftning kattaligi — keglini, satrlar orasidagi masofa interlinyani va simvollarning yozilish turlarini, simvollar kengligini o‘rnatish hamda simvollar orasidagi masofani kerning va treking yorda- mida o‘zgartirish mumkin.
Abzaslarni formatlash. Abzasni formatlash atributlarini o‘rnatish uchun Paragraph Specification (Abzas parametrlari) muloqot darcha- sidan foydalaniladi. Muloqot darchasini ochish uchun Type (Tekst) menyusining Paragraph (Abzas) buyrug‘ini ishga tushiriladi yoki Ctrl- M tugmalar kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Menyu yordamida abzasni formatlash uchun Type (Tект) menyusining Alignment (Установка) qism menyusidan foydalaniladi.

Type menyusining Alignment qism menyusi
Boshqaruvchi palitra yordamida abzasni formatlash eng tez usul hisoblanadi. Abzasni formatlash tugmalari abzas oxiri belgisi bo‘lgan tugmadan o‘ngda joylashgan. Abzas- ni formatlash vaqtida abzas chega- ralarini o‘rnatish va o‘zgartirish, ab- zas stilini o‘zgartirish, abzasning bi- rinchi satr surilishi (otstup)ni belgilash va sanab o‘tiluvchi ro‘yxatlarni formatlash mumkin.

Abzats rejimidagi boshqaruvchi palitra Page Maker vositalari yordamida rasm chizish
To’g‘ri chiziq va geometrik figuralarni chizish.Page Maker dasturida biror shakl chizish uchun asboblar panelining kerakli asbobini tanlash kifova

Bu asboblarni tanlash uchun quyidagi tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
To‘g‘ri to‘rtburchak va ellips chizish vaqtidaShift tugmasi bosib turilsa, kvadrat va aylana chiziladi. To‘g‘ri to‘rtburchak chizilganda, uning burchaklarini yumaloqlash mumkin. Buning uchun Element (Element) menyusining Rounded Corners (Yumaloqlangan burchaklar) buyrug‘idan

Yumaloqlangan burchaklar muloqot darchasi foydalaniladi.

Ko‘pburchak muloqot darchasi
Ko‘pburchak chizish uchun uning tomonlari soni va burchaklarining chuqurligini protsentlarda ko‘rsatish kerak. Bu- ning uchun Element (Элемент) menyusining Polygon Setting (Ko‘pburchak) buyrug‘ini tan- lash vaqtida ochiladigan muloqot darchasidan foydalaniladi. Ko‘pburchak tomonlarining soni 3 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin.
Chizilgan obyektning joyini yoki o‘lchamini o‘zgartirish uchun «Strelka» asbobidan foy- dalaniladi. Obyektni ko‘chirish vaqtida Shift tugmasi bosib turilsa, obyekt faqat gorizontaliga yoki vertikaliga suriladi. Obyekt o‘lchamini o‘zgartirish uchun uni che- garalab turgan ramkaning burchaklarida va tomonlarining o‘rtasida joylashgan chegaralovchi nuqtalardan foydalaniladi. Tomonlar o‘rtasidagi chegaralovchi nuqtalarni surib, obyektning balandligi yoki kengligi o‘zgartiriladi. Burchaklardagi chegaralovchi nuqtalami surib, bir vaqtning o‘ziga uning kengligi va balandligi o‘zgartiriladi. Chegaralovchi nuqtalarda sichqoncha ko‘rsatkichi ikki tomonlama strelka ko‘rinishini oladi.
Chiziqning qalinligi 0 dan 800 punktgacha beriladi. Chiziqlarning bir necha uzluksiz, shtrixli, punktir va h.k. tiplari bor. Chiziqning qalinligi va tipini o‘zgartirish uchun menyuning Line (Chiziq) buyrug‘idan foydalaniladi.
Biror geometrik shaklning ichini to‘ldirish (bezash) uchun Element (element) menyusining buyrug‘idan foydalaniladi. Fill (fon) buyrug‘ining qisni menyusida shakl ichini to‘ldirish uchun shtrixlashning bir necha xil ko‘rinishlari berilgan.
Sahifaga tayyor grafik shaklni joylashtirish uchun File (fayl) menyusining buyrug‘idan foydalaniladi. Ochilgan muloqot darchasidan kerakli grafik fayl nomi tanlanadi. Agar sahifadagi rasmni boshqasiga almashtirmoqchi bo‘lishsa, awal rasmni ajratib olish kerak, so‘ng Place

(Joylashtirish) muloqot darchasini ochib, yangi rasmli faylni tanlash lozim.
Sahifadagi rasmni tahrir qilish uchun avval rasm ajratiladi va Edit (Tahrirlash) menyusining Edit Original (Originalni tahrirlash) buyrug‘idan foydalaniladi. Ekranda rasm qaysi dasturda tayyorlangan bo‘lsa, shu dastur muloqot darchasida paydo bo‘ladi. Rasmga kerakli o‘zgarti- rishlarni kiritib, xotirada saqlanadi va dastur darchasi yopiladi. Page Maker sahifasida rasmning eski nusxasi o‘rnida o‘zgartirilgan ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Original — makektni bosib chiqarish. Odatda, nashriyotlarda bosib chiqaruvchi qurilma sifatida lazerli printerlar ishlatiladi. Lazerli printerda biror narsani bosib chiqarish uchun drayver dastur — kompyuter bilan printer orasida ma’lumot almashinuvini boshqaruvchi maxsus das- turiy ta’minot zarur. Drayver dasturlar operatsion sistema tarkibiga kiradi va printer bilan birga berilgan bo‘ladi. WINDOWS 95 sistemasida kerakli printerni o‘rnatish uchun Printers (Printerlar) papkasidagi printer- lar ro‘yxatini ochish va printer nomini tanlash kerak. Agar POST SCRIPT tiliga moslashgan printer ishlatilsa, unda TRUE TYPE garni- turalarini POST SCRIPT egri chiziqlariga moslashtiruvchi rejimni o‘ma- tish kerak. Buning uchun tanlangan printeming Properties (Xususiyatlar) darchasida Fonts (Shriftlar) qismiga tegishli darcha ochiladi. Bu darchada
Always Use True Type Fonts (Doim True Type shriftlaridan foydala- nish) kaliti (nepefunoHaTejib) o‘rnatiladi. So‘ng sichqoncha tugmasini Send Fonts As (Shriftni uzatish usullari) tugmasida bitta bosib, Send True Type Fonts As (True Type shriftlarini uzatish usullari) ro’yxatidan Outline (Konturlar) satri tanlanadi.

Hujjatni bosib chiqarish muloqot darchasi
Hujjatni bosib chiqarishda Print muloqot darchasidan foydalaniladi. Muloqot darchasining o‘ng tomonida joylashgan tugmalarning har biriga mos muloqot darchalar ochiladi.
Savol va topshiriqlar

  1. PAGE MAKER dasturini ishga tushirish qanday amalga ishiriladi?

  2. Page Maker dasturini asosiy menyusini tavsiflang

  3. Hujjat parametrlarini sozlashni qanday amalga oshirish mumkin?




Download 9,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish