Palitralardan qanday foydalansa boladi.
Photoshop dasturidagi ko‘zlangan amallar siljitiladigan palitralar yordamida bajariladi. Ekranda palitralar ko‘p joy egallamasligi uchun palitralar sukut saqlagan holda quyidagi guruhlarga biriktirilgan: Navigator/Info (Навигация/Информация) Navigatsiya/Ma’lumot, Color/Swatches/ Styles (Цвет/Образцы/ Стили) Rang/Ko‘rsatmalar/Stillar, History/Actions/Tool Presets (История/Действия/Набор инструментов) Tarix/Amal/Asboblar majmuasi, Layers/ Channels/ Paths (Слои/Каналы/Koнтуры) Qatlamlar/Kanallar/Konturlar va Character/Paragraph Shrift/Abzas.
Xohlagan palitrani ochish uchun Window (Окно) buyruqlaridan foydalanamiz. Ko‘rsatilgan palitra shu guruhga kiradigan boshqa palitralar ustiga joylashtiriladi.
Bir xil palitralar opsiya panelidagi Type tugmasiga chertish yordamida ham ochiladi, masalan, Type (Текст) asbobining Character/Paragraph palitrasi. Tab tugmasini bosish orqali barcha ochiq palitralarni, asboblar panelini ko’rinadigan/ko’rinmas hollarga keltiradi. Agarda Shift+Tab tugmalar kombinatsiyasi bosilsa, asboblar panelidan tashqari ochiq turgan palitralarni ko‘rinadigan / ko‘rinmas hollarga keltiradi.
Agarda shu guruhdagi qandaydir palitrani boshqalari ustiga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz o‘sha palitra nomiga sichqoncha yordamida chertish kifoya. Palitrani guruhdan ajratib olish imkoniyati ham bor, shuning uchun vkladka (palitra nomi) dan ushlab olib chiqish kerak, agarda guruhga palitra qo‘shmoqchi bo‘lsangiz vkladkadan ushlab turib tashlash kerak, shu bilan birga guruhga boshqa guruhni ham qo‘shsa bo’ladi va vkladkadan ushlab guruh ustiga tashlash kerak. Manipulyator yordamida palitra o‘lchamlarini o‘zgartirish, (o‘ng tomondagi burchakdan tortish kerak) kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
Agarda palitrani уig‘ moqchi/kattalashtirmoqchi bo‘lsangiz, palitra nomiga ikki marta sichqoncha bilan cherting yoki oynaning o‘ng yuqori qismidagi mos tugmasiga bir marta bosish kerak. Agarda palitra o‘lchami sukut saqlagan holdagidan boshqacha bo‘lsa, avval Minimi tugmasiga sichqoncha bilan cherting, bunda palitra olchami sukut saqlagan holda qayta tiklanadi, keyin kattalashtirish uchun yana bir marta bosish kerak.
Agarda Edit > Preferences > General (Правка > Установки > Общие) muloqot oynasidagi Save Palette Locations (Сохранять расположение палитра) ga bayroqcha qo‘yilgan bolsa, Photoshop dasturidan chiqib ketgan paytdagi palitralar qanday joylashgan bo’lsa qaytadan dasturga kiradi va shu holda ekranga chiqariladi.
Xohlagan paytda sukut saqlagan palitra guruhini qayta tiklash mumkin, shuning uchun Window > Workspace > Reset Palette Locations (Окно > Рабочее поле > Восстановить расположение палитр) buyruqlaridan foydalanish lozim.
Palitra maydonlari yoki muloqot oynasi qiymatlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish uchun avval palitraga cherting, keyin yo‘nalish tugmalari yordamida kamaytirmoqchi yoki ko‘paytirmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi tugmalarni bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |