- 3 -
REJA
I MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari
1.1 MICROSOFT WORD menyusi buyruqlaridan foydalanish
1.2 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
1.3 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
1.4 Matnni kiritish va taxrirlash
1.5 Matnni shakllash (formatlash)
II TEXNOLOGIK QISM
2.1 Matnlarni diskka saqlash va chop etish
2.2 MICROSOFT WORD da rasmlar ustida ishlash
2.3 WORD da jadvallar bilan ishlash
2.4 Klaviatura tugmachalari va imkoniyatlari
III Hayot xavfsizligi faoliyati
3.1 Asosiy qoidalar
3.2 Asosiy qoidalar tavsifi
IV Xulosa
V Adabiyotlar
- 4 -
WORD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI MICROSOFT WORD MATN MUXARRIRI.
Qog'ozda chop etish uchun mo'ljallangan ko'pgina hujjatlar, hamda elektron hujjatlar matn ko'rinishida
bo'ladi, ya'ni matnlarda oddiy simvollar (harflar, raqamlar, tinish belgilari va boshqalar)dan terilgan so'zlardan
tuzilgan.
Kompyuterda matn hujjatlarini tayyorlashda 3 xil asosiy amal ishlatiladi. Kiritish amali joriy matnni tashqi
ko'rinishidan elektron ko'rinishga o'tkazadi, ya'ni matnni fayl ko'rinishida kompyuterda saqlaydi. Kiritish
amalida faqat klaviatura orqali axborot kiritish tushunilmaydi. Matnni kiritishning apparat vositalari ham bor,
ya'ni matnni originalini skayner orqali kiritish mumkin.
Redaktorlash amali (matnni tahrirlash jarayoni) mavjud elektron hujjatga o'zgartirish kiritish, hujjat
qismlarini joyini almashtirish, bir nechta kichik fayllarga bo'lib o'zgartirish imkonini beradi.
Kiritish va redaktorlash amalidan so'ng matnning mazmuni shakllanadi. Hujjatni jihozlashni shakllash amali
orqali bajariladi. Shakllash buyruqlaridan so'ng matnni monitor ekranida yoki printerda chop etilgandan so'ng
qog'ozda qanday joylashishini ko'rish mumkin.
Matnlar bilan ishlovchi 2 xil programmalar bor: matn redaktorlari va matn prosessorlari (muharrirlari).
Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud emas.
Matn prosessorlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn prosessorlari rasmiy hujjatlarni tayyorlashda
ishlatiladi.
Window‟s OS ga Bloknot standart matn redaktori va oddiy WordPad matn prosessori kiradi.
Shakllanmagan matn fayllari Window‟s OS da .TXT fayl kengaytirgichi bilan, matn prosessorlari fayllari esa
.DOC kengaytirgichi bilan saqlanadi.
Zomanaviy WINDOWS OSli kompyuterlarda Microsoft Word matn prosessori keng tarqalgan. Bu
programma Microsoft kompaniyasi mahsuli bo'lib, ko'p yillar mobaynida rivojlandi va uning quyidagi
versiyalari mavjud: Word 6.0 , Word 7.0 (Office 95) , Word 8.0 (Office 97), Word 2000 (Office 2000), Word
2002, 2003,2007,2008 (Office XP)…….
Word dasturiga kirish uchun quyidagi amallar bajariladi. Pusk /Bse programmi/ Mikrasoft Oficce/
Mikrasoft Oficce Word….va Word oynasi ochladi….
Do'stlaringiz bilan baham: