Mavzu: matn. Matnni tashkil etuvchi birliklar va matn turlari



Download 55,55 Kb.
bet2/13
Sana07.10.2022
Hajmi55,55 Kb.
#851753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-MA’RUZA-1

Tim qora osmonning sharq tomoni yorisha boshladi, Yulduzlar birin-ketin so‘nib, quyosh o‘z yotog‘idan asta bosh ko‘tardi.Tevarak-atrof uning zarrin nurlariga burkandi.
Olam qushlarning shodon qo‘shiqlari - “chug‘ur-chug‘ur”lariga to‘ldi. Quvonch va tashvishga to‘la yangi kun boshlandi.
Yuqorida keltirilgan nutq parchasi bir butun sintaktik konstruksiya sifatida bitta butunlik-matnni tashkil etadi. Bu sintaktik konstruksiya beshta nisbiy mustaqil gapdan - to‘rtta sodda va bitta qo‘shma gapdan iborat. Bu gaplar o‘zaro ham grammatik, ham mazmuniy jihatdan bog‘langani holda, yagona bir mavzu “Tong payti”ni yoritishga xizmat qilgan. Matn komponentlari hisoblangan nisbiy mustaqil gaplar orasidagi semantik-grammatik bog‘liqlik quyidagicha yuzaga chiqqan: birinchi gap bilan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi gaplar orasida harakat va holatning ma’lum bir payt bilan aloqadorligi, ikkinchi va uchinchi gaplar orasida sabab-natija munosati, uchinchi va to‘rtinchi gaplar orasida biriktiruv munosabati, to‘rtinchi va beshinchi gaplar orasida esa izohlash munosabati kuzatiladi. Gaplar orasidagi sintaktik aloqa kesimlarning bir xil zamon shakli va mazmunida (o‘tgan zamon fe’li orqali) ifodalanishida ko‘zga tashlanadi. Ana shunday tarzda bir kichik mavzuni yorituvchi gaplar guruhi shakllanadi. O‘zbek tilida nisbiy mustaqil gaplarni bog‘lovchi bog‘liq nutq - matnni shakllantiruvchi (kogezion) vositalar tizimi haqida M.To‘xsonov va M.Hakimovlarning yuqorida nomlari keltirilgan nomzodlik dissertatsiyalaridan ma’lumot olish mumkin. Quyida biz bu vositalar tizimini birmuncha kengaytirgan holda ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik.
O‘zbek tilida matnlarni shakllantiruvchi vositalar doirasi ancha keng bo‘lib, ular orasida eng unumdorlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: leksik vositalar, sintaktik vositalar, stilistik vositalar.
Masalan, Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam edi: hamma boylar kabi mug‘ombir, puxta-pishiq. U yuraksiz emas, balki barcha ishda ehtiyotkorlikni ma’qul ko‘rar edi. Mana shular orqasidan u, kamtarin mahalla baqqolining o‘g‘li Karim chittak – kichkina, lekin harakatlari chaqqon va ildam bo‘lganidan yoshlikda shunday laqabi bor edi, hozir kimsan – Mirzakarimboy!... (Oybek)
Supersintaktik butunlik va abzats matn lingvistikasining bir qator belgilari bilan ajralib turuvchi birliklaridir. Dekin ba’o‘an (asosan ilmiy nutqda) SSB va abzatsni farqlashda biroz qiyinchilik tug‘ilib qolishi ham mumkin.
G‘arb va rus tilshunosligida abzats masalasi bo‘yicha ko‘p ishlar qilingan va uni yanada mukammalroq tadqiq etish davom etmokda. Bu ishlarda abzats stilistik plandagi murakkab kompozitsion-kommunikativ birlik sifatida talqin etilgan.
Abzay turkologiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligida maxsus o‘rganilmagan, lekin matn lingvistikasiga bag‘ishlangan ba’zi tadqiqot ishlarida bu hakda umumiy ma’lumot olish mumkin. Jumladan, tadqiqotchi M.Hakimov o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida abzatsni ilmiy matnning asosiy birligi sifatida baholaydi va unga xos asosiy belgilarni ko‘rsatib o‘tadi .Abzats uslubiy-kompozitsion birlikdir. U (maxsus shaklga ega bo‘lgan) til birligi emas, deb yozadi O. I. Moskalskaya.
Abzats va SSBni ikki hodisa sifatida farqlash lozimligi haqida M.L.Loseva ham to‘xtalib, shunday deydi: Abzats va SSB alohida-alohida tekshiruv ob’ektlaridir. Abzats maxsus semantik va sintaktik birlik sifatida mavjud emas” . Haqiqatan ham abzats sodda yoki murakkab grammatik qurilishga ega bo‘lgan har qanday sintaktiq qurilmadan (birlikdan) iborat bo‘lishi mumkin, chunki u maxsus grammatik ko‘rsatkich asosida shakllanuvchi hodisa emas. SSB esa ma’lum bir semantik-grammatik qonuniyatlar asosida, maxsus aloqa vositalari yordamida shakllanuvchi sintaktik butunlikdir. Bunday butunlik tarkibi esa kamida ikkita nisbiy mustaqil gap birikmasi (gaplar guruhi)dan iborat bo‘lishi shart. Ko‘rinadiki, SSB uslubiy-sintaktik hodisa sifatida mavjud bo‘lib, lingvistik kategoriyaga mansubdir.
a) supersintaktik butunlik bir abzatsga teng bo‘lgan holat:
Enamning fikri-yodi qishloqda edi. Peshayvonlarning ustunlari oqarib ketgan uyimiz, bohimiz vaqo‘shnimiz CHinni momoga “kelgunimizcha sohib sutini ichib turasiz", deb tashlab kelgan sigirimizni eslayverib eslari ketdi. Kun buyi o‘zicha g‘ing‘illab qishloqqa qaytish rejalarini to‘zar, ertalabki nonushta yoki kechki ovqatdan so‘nggi gurunglarda gapni shu mavzuga buradilar.(N.Kobul)
b) Supersintaktik butunlik ikki abzatsdan tashqil topgan:
Domla ichkari kirishi bilanoq halfaning qo‘lidan tayoqni tortib oldida, bir necha borurdi.
Domla har tayoqurganda, halfa jon talvasasiga tushib o‘zinih ar tomonga urar edi. Biroq domlaning o‘zun tayog‘idan qochib qutulolmas edi.(S.Ayniy)
v) supersintaktik butunlik ikkidan ortiq abzatsga teng kelish holati ham ko‘p bo‘lmasada uchrab turadi: 30
Ilhom tabiatning turli-tuman mavzularida maqolalar yozar edi. Bir tup archaning bolalashi haqidami, burgutning qanoti sinishi haqidami yoki tog‘ ayiqlarining xulq-atvori haqidami, xullas, har xil mavzularda yozar edi.
Oradan bir yil utib, uning nomi qishloqqagina emas, hatto oblastga ham besh barmoqdek ma’lum bo‘lib qoldi.
Uning “Tog‘lar sadosi”da bosilgan tabiat lavhalarini oblast gazetai ham ko‘chirib bosar, undan bu maqolalar boshqa rayonlarga ham tarqalib ketar edi.
Oxirgi nutq parchasida bir mikro mavzu - uch abzatsdan tarkib topgan bitta SSB orqali yoritilgan.
Ko‘rinadiki, abzats qandaydir maxsus shaklga ega bo‘lgan alohida sinaktik birlik emas, balki yozma nutqning har xnm sinaktik konstruksiyalardan tashqil topgan matn birligidir.
Matnning abzatslarga bo‘linishi o‘qilayotgan vaqtda unga
Alohida diqqat qilish, urg‘u berish, “mana bu - muhim’”ni •»ajratib olishni talab qiladi. Ayniqsa, ilmiy matnlarda abzats fikrlarning o‘zaro qorishib ketishidan saqlaydi”.
Demak, ma’lum bir fikrni ajratib ko‘rsatish uni bo‘rttirish va ga’kidlash lozim bo‘lganda, matnlar abzatslarga ajratib boriladi va shu yo‘l bilan ko‘zda to‘tilgan maqsadga erishiladi.
Matnning abzatslarga bo‘linishi aniq mantiqiy talab asosida amalga oshirilib, ularning har biri umumiy yagona maqsad-mavzuni yaxlit holda ifodalashga yordam beradi. Ana shunday ta’kidlangan tarzdagi ichki logik yaxlitlik yozma nutqda satr boshidan bir oz ochiq joy qoldirish usuli bilan ifoda etiladi.
Abzats, ayniqsa, ilmiy nutq uchun xarakterlidir.Undagi bu xususiyat haqida M.P.Senkevich alohida to‘xtalib «Abzats ilmiy nutq sintaksisining asosiy informativ birligidir” deb ta’kidlaydi.
Umuman, “matnning abzatslarga bo‘linishi tasodifiy hol bo‘lmay, puxta o‘ylangan va muallif tomonidan ongli ravishda qo‘llanuvchi stilistik usul hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganiday, abzatslar nutq birliklarining istalgan ko‘rinishidan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin SSBlar esa sintaktik hodisa sifatida namoyon bo‘ladigan, qismlari o‘zaro semantik-grammatik aloqaning u yoki bu turi yordamida uzviy bog‘lanib turuvchi yozma nutqning alohida bir murakkab birligidir. Matn lingvistikasining yuqoridagi ikki asosiy birligini ularning o‘ziga xos belgilari asosida bemalol farqlash imkoniyati bor. Fakat ularni ikki hodisa sifatida mavjudligini farqlash tadqiqotchidan bu masalaga chuqurroq va kengrok yondashishni talab etadi. To‘g‘ri, ilmiy nutqda abzats va SSB ko‘pincha ifoda vositalari jihatidan teng kelib qolishi tufayli ularni bir oz qiyinchilik bilan farqlash mumkin. Biroq badiiy nutq bu ikki hodisani to‘laqonli va bemalol farqlash, ajratish kafolatiga ega. Xullas, abzats va SSB matn lingvistikasining alohida farqlanuvchi ikki birligi bo‘lib, ifoda usuli, vositalari jihatidan nutqda ajralib turadi.
Ularni alohida-alohida kategoriya sifatida ajratish va tadqiq etish matn lingvostilistikasi birliklarini to‘g‘ri belgilash va ularni sistemali o‘rganishga yordam beradi hamda bu sohada aniq xulosalarga kelish uchun katta imkoniyat tug‘diradi.

Download 55,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish