Mavzu: mathcad da ko’p o’zgaruvchili funksiyalar va ularning grafikalri



Download 269,46 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi269,46 Kb.
#312825
Bog'liq
mathcad-dasturidan-foydalanib-funksiya-grafigi qurish










MAVZU: MATHCAD DA KO’P O’ZGARUVCHILI FUNKSIYALAR VA ULARNING GRAFIKALRI

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu dasturiy paketlar ichida Mathcad dasturi oddiy va yetarlicha qayta ishlangan matematik hisoblashlar tizimidir.

Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollektsiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.

Mathcad profеssor-o’qituvchilar, stajyorlar, tadqiqotchilar, talabalar, tеxnik muxandislar, fiziklar, qolavеrsa barcha kasb egalari uchun hisoblash ishlarini bajaruvchi dasturiy ta'minot hisoblanadi. Bu dastur bilan turli kasb egalari o’z sohasi bo’yicha masalalarni hal etishi va kеrakli grafiklarni, diagrammalarni olishlari mumkin.

Mathcad yuzdan ortiq o’zgaruvchili va konstantali chiziqli va chiziqsiz tеnglamalar tizimi, matritsa va vеktorlar ustida amallar, algеbraik hisoblashlar, Laplas, Furе intеgrallari, massivlar, oddiy diffеrеntsial tеnglamalar, chеgaraviy shartlar,

xususiy hosilali diffеrеntsial tеnglamalar, polinomlarni tushuna oladi, ular ustida hisoblash ishlarini bajaradi.

Mathcad ilmiy ishlarning natijalarni grafiklar bilan vizual qarashga imkon bеradi. Foydalanuvchi funktsiyalarini osongina ikki va uch o’lchovli grafiklarda turli ranglar ko’rinishida, tеkislikda tasvirlash imkoniga ega bo’ladi.

Mathcad dasturida ixtiyoriy funksiyaning yoki diskret o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lgan ifodalarni grafiklarini chizish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari bir nechta funsiyaning grafigini bitta grafikda tasvirlash mumkin. Chizmada har bir grafik diskret o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘ladi. Bu diskret o‘zgaruvchi ham absissalar o‘qi uchun ham ordinatalar o‘qlari uchun ifodada qatnashishi kerak. Mathcad diskret o‘zgaruvchilarning har bir qiymati uchun bitta nuqtani tasvirlaydi.

Mathcad dasturida ikki o‘lchovli grafikni qurish uchun quyidagi amallar bajariladi:


  1. f(x) funksiya kiritiladi; (1-rasm)

  2. Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga kursor (+) qo’yiladi;

  3. Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan «@» belgisi kiritiladi; (2-rasm)

  4. Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsissa o’qiga argument nomi, ordinata o’qiga funktsiya nomi kiritiladi;

  5. Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. (3-rasm)





1-rasm

2-rasm

Agar biz bir nechta funksiyaning grafigini bitta grafik oynasida tasvirlamoqchi bo’lsak quyidagi amallar bajariladi:

  1. Funksiyalar kiritiladi;

  2. Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga kursor (+) qo’yiladi;

  3. Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan «@» belgisi kiritiladi;

  4. Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsissa o’qiga argument nomlari « , » bilan ajratib yoziladi, ordinata o’qiga funktsiya nomlari « , » bir biridan

« , » ajratib kiritiladi;

Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. (5-rasm)





    1. rasm. f(x) funksiyaning ikki o’lchovli grafigi

      1. rasm. Bir nechta funksiyalar grafigi

Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

  1. Ikki o’zgaruvchili funktsiya ifodasi kiritiladi;

  2. Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor (+) qo’yiladi;

  3. Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi bosiladi yoki klavyaturadan Ctrl+2 tugmalari birgalikda bosiladi;

  4. Uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi va shablonning chap pastki qismiga funksiya nomi kiritiladi.

  5. Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi. (6- rasm)



      1. rasm. Uch o’lchamli funksiya grafigi

Shunday qilib, talabalar murakkab matematik formulalar, hisob-kitob natijalarini chiroyli grafik ko’rinishda ifodalay olishi va hayotiy misollardan tashkil topgan maqolalar, ilmiy hisobotlar malakaviy bitiruv ishlari va kurs loyihalarni tayyorlashda Mathcad dasturidan foydalanishlari samarali faoliyatiga asos bo’la oladi deb hisoblayman.














Download 269,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish