Mavzu: Matematikadan ilgor o‘qituvchilar ishlarini ommalashtirish metodikasi (boshlang’ich sinflarda 1-4) kirish


I. BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH METODIKASI



Download 47,24 Kb.
bet2/6
Sana24.10.2022
Hajmi47,24 Kb.
#855942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Matematikadan ilgor o‘qituvchilar ishlarini ommalashtirish metodikasi

I. BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH METODIKASI
1.1. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi o'quv predmeti sifatida
Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi. 1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o'quv dasturi kiritiladi, o'qitish metodlari takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga otkazildi.Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak. «Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi. Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o’qitishdan ko zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi). 2. Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi). 3. O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?). 4. O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak! 5. Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o tkazish?. O quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o’tkazish kerak?. O quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Matematika o’qitishning maqsadi. Boshqa har qanday o’quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi matematika O’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematikao’qitishning umumta’limiy maqsadi. 2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi. 3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi. Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: a) O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida o’quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilaro’qish jarayonida olgan bilimlaming ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim. b) O’quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo‘ladi. Matematikani o‘rganish o’quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. d) O’quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
TADQIQOT VA NATIJALAR: Boshlang‘ich matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: a. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. b. O’quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash Boshlang‘ich sinf o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. d) O’quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: a. O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, b. matematika o’qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d. O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o’quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o’quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Matematika o’qitish metodikasida “o’quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O’qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. Amaliyotda o’qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina O’qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi.
XULOSA Shunday qilib, didaktik materiallarni o’quvchilarning o’quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o’qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o’qituvchini o’quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 2. O’quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash. I-IV sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o’quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O’qituvchi quyidagi tartibda o’quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa oladimi? 6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila oladimi? Bolalarni o’qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o’quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo, kichik yoshdagi o'quvchilami umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi. Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi. Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek, o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki, o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir: 1) o'qitish asosi bo'lgan matematika bilan; 2) pedagogika; 3) psixologiya; 4) boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...). Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: a) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga osbirishi; b) nazariy bilimlar tizimini 0 'rganish jarayonini yoritib berishi; d) o'quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi; e) ta'limni insonparvarlashtirishi; f) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadrqimmati, bir-biriga hunnati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib berishi; g) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishdan iborat. Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan "o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanisb, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlami berish, kasbhunarga qiziqtirish, kasblarni ongli tanlashga o'rgatish" kabi vazifalami hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa bar qanday o'quv fani kabi matematika boshlang'ich kursi o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi; 2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi; 3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilarga ma'lum dasturi asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to'g'risida o'quvchilarga yetarli darajada ma'lumot berishi, ulami matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim; b) o'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlami tarkib toptirish lozim bo'ladi. Matematikani o'rganish o'quvchilaming o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'ri shakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak; d) o'quvchilami matematik qonuniyatlar asosida haqiqatlami bilishga o'rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilaming fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; b) o'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlami tarbiyalash. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'Igan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir; d) o'quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o'rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilami atroflicha fikrlashga o'rgatadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan eleinentar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ulami mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o'rgatish; b) matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirimga qaratilgan; d) o'quvchilami mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o'rgatish. O'quvchilar, imkoni boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishtar qilishiari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak. O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilaming o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari. va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, o'tkazish kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilarning yosh xususiyatIariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshiang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardal\ yakka (individual) yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir. Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tanlangan g'oyaga ko'ra ma'ium mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Amaliyotda o'qituvchilar ko'pincha biror topshifiqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzilgan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas. Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat qilish usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, rnazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lishi mumkin. Shu sababli, didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr, 2013 2. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” - T.: ”Sharq”. 3. A’zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug’at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 2014 4. Bikbayeva N.U va boshqalar ’’Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi ”- Toshkent.: O’qituvchi, 2014 bet.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga o’rgatish metodikasi


“Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni hamisha sog‘inaman. Nega desangiz, olimlik Olloh nurini solgan ulug‘ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga nur, ziyo taraladi. Olimlarning suhbatidan inson o‘ziga beqiyos ma’naviy boylik oladi, qalb kengliklarini, tafakkur teranligini his qiladi.” Sh.Mirziyoyev
Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o‘rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki o‘zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo‘lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo‘lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo‘yilayottan mustahkam poydevordir. Buning uchun esa avvalo ta`lim sifatini jahon andozalariga mos ravishda oshirish lozimdir. Bu borada boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga o’rgatish ham hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ijodkorlik - bu aqliy faoliyatning eng yuqori darajasi, mustaqillik, yangi, o'ziga xos narsalarni yaratish qobiliyati. Ijodiy imkoniyatlar nafaqat aqliy qobiliyatga, balki ma'lum belgilar xususiyatlariga ham bog'liq. Insonning ijodiy kuchlarining kelib chiqishi bolalik davridan boshlanadi - bunda ijodiy namoyishlar o'zboshimchalik va hayotiy ahamiyatga ega bo'lmagan davrga to'g'ri keladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari kutilmagan taqqoslashlar, g'ayrioddiy taxminlar bilan ajralib turadi. Taklif etilayotgan aqliy ishning juda yangiligi sezgi, o'ziga xos aqliy tashabbusni talab qiladi. Bolada ko'plab noma'lum narsalarni kashf etishga, turli xil faoliyat turlarida asl, nostandart echimlarni izlashga to'g'ri keladi. Ijodkorlikning asosiy mezonlari: 1. Fikr ravonligi - muayyan vaqt birligida vujudga keladigan g'oyalar soni, g'oyalarni yuzaga keltiradigan qulaylik. 2. Fikrning moslashuvchanligi - bir fikrdan boshqasiga o'tish qobiliyati. 3. O'ziga xoslik - umumiy qabul qilingan stereotiplardan farq qiladigan g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati, stimullarga nostandart tarzda javob berish qobiliyati. 4. Qiziquvchanlik - muammolarga, atrofdagi vaziyatlarga sezgirlik, retseptivlik - g'ayrioddiy tafsilotlarga, qarama-qarshiliklar va noaniqliklarga sezgirlik, bir fikrdan boshqasiga tezda o'tishga tayyorlik. 5. Gipotezani ishlab chiqish qobiliyati - aniq fikr, keyinchalik uni sinchkovlik bilan tekshirish kerak. 6. Qoniqish - ijodkorlik natijasi, reaktsiyalarning stimullardan mantiqiy mustaqilligi, muammolarni hal qilish, tahlil qilish va sintez qilish qobiliyati. Ijodkorlikni rivojlantirib, o'quvchilar turli yo'nalishlarda o'ylashni, muammoli vaziyatni turli tomonlardan tahlil qilishni, noodatiy vaziyatlarda echim topishni, aqliy faoliyatning o'ziga xosligini rivojlantiradilar. Iqtidorli shaxs qobiliyatning yana bir ko‘rinishi - bu ijodiy qobiliyat sanaladi. Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik (kreativlik), mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravishda badiiy asarlarni o‘qib borish, kino, teatr, musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san’at namunalari bilan tanishish, asarlardan bahramand bo‘lish, ularga nisbatan shaxsiy baho berish hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish asosida rivojlanib boradi. Ijodkorlik (kreativlik) ijodiy qobiliyatga ega shaxs faoliyatining muhim jihati bo‘lib, u avval mavjud bo‘lmagan sifatiga ko‘ra yangi sanaluvchi narsalarni yaratishni ifodalaydi. Ijodiy qobiliyat namoyon bo‘lishi va natijasiga ko‘ra betakror, o‘ziga xoslik, shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks ettiradi. Shaxsda ijodkorlik (kreativlik) sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan sharoitlardagina rivojlanadi. Masalan, tanqid erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o‘rtasidagi o‘zaro kurash, ijodiy qobiliyat, iqtidorni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik-psixologik va falsafiy yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaxs tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir necha bosqichda kechishini asoslab bergan. Jumladan, 1924 yilda angliyalik olim G.Uolles mazkur jarayonning quyidagi to‘rt bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan 1) tayyorgarlik; 2) g‘oyalarning tug‘ilishi; 3) ularning to‘la aks etishi; 4) tekshirib ko‘rish (nazorat). G‘oyalarning tug‘ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli-irodaviy boshqaruvga egaligini anglatmaydi. Aksincha, ijodiy faoliyat ko‘p holatlarda beixtiyoriy, tasodifan amalga oshiriladi. Ana shu jihatiga ko‘ra ko‘pchilik tadqiqotchilar bu jarayonning yetarlicha samarani ta’minlay olishiga shubha bildiradilar. Biroq, keyingi 30-20 yil ichida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar beixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to‘ldirib turishi isbotlandi. Ijodkor shaxs ijod jarayonida garchi fikr harakatining umumiy holati (o‘ylab topish vaziyatlari, kashf etish, kutilmagan qarorlarni qabul qilish va hokazolar)ni kuzatib borsa-da, o‘z-o‘zini nazorat qilmaydi. F.Galton tomonidan shaxs alohida qobiliyatga ega bo‘lgandagina ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi mumkinligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari surgan va ijodkor shaxsga xos bo‘lgan pedagogik-psixologik sifatlar o‘rganilgan. Biroq, F.Galton hamda daholik va uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari keskin tanqid ostiga olingan. O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab esa shaxs qobiliyati, iqtidori va salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamda yondashuv ilm-fan va texnika taraqqiyoti tufayli keskin o‘zgardi. Chunki, unga qadar maxsus testlar inson aqliy qobiliyatini past darajada baholar va o‘ziga xoslik, nostandart tafakkur namoyon bo‘lgan vaziyatlarda ijodiy qobiliyat darajasini baholay olmas edi. Bu davrda shaxs ijodiy qobiliyati belgilarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi testlar tizimi yaratildi. Natijada ular yordamida tasavvur, aqliy imkoniyatning egiluvchanligi, uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlay olish, shuningdek, ijodning ichki sabablarini o‘rganish imkoniyati ham yuzaga keldi. Amerikalik psixolog Ye.Fromm “ijodkorlik (kreativlik)” tushunchasini quyidagicha sharhlaydi. “Ijodkorlik (kreativlik) hayratlanish va anglash turli nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish malakasi. Yangiliklarni yaratishga intilish hamda shaxsiy tajribalarni chuqur anglashga bo‘lgan layoqatdir. ”[2] Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ijodiy qobiliyat (uning o‘sishi va pasayishi) ko‘plab tashkiliy sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, shaxsning faoliyati tanqid qilinmagan hamda baholanmaganda, shuningdek, ular hech qanday qo‘rquvni his etmaganlarida bolalar ijodiy va aqliy topshiriqlarni bajarishda yuqori samaradorlikka erishgan . Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxsda esa quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi: Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari Tavakkal qilish qobiliyati Boy tasavvurga egalik Falsafiy fikrlash qobiliyati Ichki sezgining rivojlanganligi Fikr yuritish va harakatni tashkil etishdagi tezkorlik Turli vaziyatlarni birdek qabul qilish va ularga javob berish qobiliyati Tafakkur tezligiga egalik Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik Yangilik yaratish layoqatiga egalik O‘ziga xos (orginal) g‘oyalarni ilgari sura olish qobiliyati Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ijodiy qobiliyatni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zero, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, mehnat va musiqa o‘qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’limning faol va yetakchi sub’ektlari bo‘lgan o‘quvchilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy san’at, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari o‘qituvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Shaxsning hissiy qobiliyatga egaligi uning atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil eta olishiga imkon beradi. Zero, bu qobiliyat nafaqat o‘zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning o’y-xayollari, ichki kechinmalari, orzu-o‘ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan yaqin bo‘lishiga imkon yaratadi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining hissiy qobiliyati va ijodiy qobiliyatiga ega bo‘lishlari esa ta’lim-tarbiya jarayonining faol sub’ektlari – o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning mo‘’tadil kechishini ta’minlaydi va yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishga yordam beradi. Har bir o‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish va unga muvofiq yondashish, shuningdek, o‘quvchilarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri tushunish, aytayotgan so‘zlariga ishonch bildirishda bo‘lajak pedagoglarning hissiy qobiliyatga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bilan ruhiy-hissiy yaqinlik pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining garovi bo‘la oladi. Sonlarning ketma-ketlik qonuniyatini toping va yetishmayotgan sonlarni qo‘ying: 7 9 15 1 4 15 ? 7 13 8 11 ? Mazkur topshiriqlarning javoblari quyidagicha: birinchi va ikkinchi sonlarning yig‘indisidan uchinchi son ayrilib, ayirma topilgan. Ikkinchi qatorda yetishmayotgan soni 12, uchinchi qatorda yetishmayotgan son esa 10 dir.



Download 47,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish