Mavzu: Matematika darsliklari va ularga qо‘yiladigan talablar



Download 273,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2022
Hajmi273,05 Kb.
#896938
Bog'liq
WrCdz2DwNO0YEYm7NaM1ATRCgzBYh1wpNfzYnmU9



Mavzu: Matematika darsliklari va ularga qо‘yiladigan talablar 
Ta’lim sektori rejasi (TSR) (O‘zbekiston Hukumati, 2018 y., 4.4.3-bo‘lim: 

O‘quv rejasi, pedagogika va baholash
”) quyidagi ustuvor natijalarga erishishga 
qaratilgan: “21-asr ko‘nikmalari, ijtimoiy ko‘nikmalar (jumladan, shaxs sifatida 
shakllanish va muvaffaqqiyatli ishga joylashish ko‘nikmalari) va yuqori tartibda 
fikrlash ko‘nikmalari”. Ushbu ko‘nikmalar o‘quvchilarning kompetensiyalarini 
rivojlanti- rish orqali erishilish rejalashtirilayotgan ko‘nikmalardir. 
Ta’lim sektori rejasi (TSR) shuningdek, darsliklarning ushbu jarayondagi 
o‘rnini belgilaydi: “Tarkibiy ma’lumotni eslab qolishga asoslangan joriy o‘quv 
dasturidan ko‘proq kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslangan yondoshuvga 
o‘tish taalluqli metodik va didaktik materiallarni, ayniqsa darsliklarni qayta ko‘rib 
chiqishni, shuningdek o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shuningdek 
imtihonlarga va ta’lim natijalarini baholash tizimiga bo‘lgan umumiy yondoshuvni 
o‘zgartirishni talab etadi” (O‘zbekiston Hukumati, 2018 y., 82-bet). Ushbu yon- 
doshuv “yig‘ilgan bilimlarni oddiy takrorlab berish” chegarasidan kompetensiya- 
larni rivojlantirish orqali chiqishga harakat qilayotgan mamlakatlarga xosdir. 
(IHTT, 2005 y.). 
Ta’lim sektori rejasi (TSR) darsliklarning kompetensiyaviy yondoshuvni 
tadbiq etish, jumladan, o‘qituvchilrani tayyorlash va o‘quvchilar bilimini baholash 
bilan bog‘liq bo‘lgan kengroq qamrovdagi islohotlar jarayonida tutgan o‘rniga 
alohida e’tibor qaratadi. Markazlashtirilgan ta’lim tizimlarida darsliklar ta’lim 
sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday faoliyatning asosiy bo‘g‘ini hisobla 
nadi. Ammo, darsliklarning bir o‘zi tayyor yechim bo‘la olmaydi. Ular faqatgina 
hu- kumatning ta’lim sohasidagi siyosiy maqsadlariga sezilarli aniqlik kiritishi va 
amalga oshirilayotgan boshqa choralarni kuchaytirishi mumkin. Darsliklar 
me’yoriy va uslubiy hujjatlarni hamda sinfdagi amaliy faoliyatga taalluqli yo‘riq- 
nomalarni o‘zgartirish qobiliyatiga egalar. 
Darsliklar islohotlarni amalga oshirishda o‘zlarining kompetensiyaviy 
yondoshu- vni tadbiq etishga oid vazifalarini bajara olishlari uchun 
“kompetensiyalar” tu shunchasini mukammal anglab olish talab etiladi. 
Kompetensiyaviy yondoshuv fak- tlarni eslab qolishga asoslangan yondoshuvdan 
ko‘ra afzalroq ekanligi xususida umumiy hamfikrlik mavjud bo‘lsada, bu 
kompetensiyalar nimani anglatishlarini aniqlab olish tomonga qo‘yilgan ilk 
qadamdir. 
“XXI asr ko‘nikmalari” iborasi yuzasidan olib borilayotgan munozaralarda 
ta’limga ishga joylashish imkoniyati sifatida qarash holatlari tobora ortib 
bormoqda. Pallegrino va Xilton (2012 y.)ning keng doiralarda yodga olinuvchi 
tadqiqotida ta’kidlanishicha, “ishbilarmonlik sohasidagi yetakchilar, ta’lim 
tashkilotlari va tadqiqotchilar ta’lim sohasida yangicha siyosat joriy qilinishiga 
chorlay boshladilar. Bunday siyosat keng qamrovli, o‘rgatish mumkin bo‘lgan 
ko‘nikmalar va bilim- larni rivojlantirishga qaratilgan va ularni ko‘pincha “21 asr 
ko‘nikmalari” deb ataydilar. Ba’zi ta’lim tizimlari uchun “kompetensiyalar” 
tushunchasi aksariyat hollarda “21 asr ko‘nikmalari” tushunchasi bilan 
chambarchars bog‘liq tushuncha hi- soblanadi. Masalan, Singapurning matematika 
fani bo‘yicha o‘quv dasturida kom- petensiyalar tilga olinganida aksariyat hollarda 
“21 asr” tavsifiy jumlasi bir- ga tilga olinadi. Singapurning “(Aniq) fanlar” 
boshlang‘ich kursi o‘quv dasturida quyidagilar ta’kidlanadi: 
21 асрда тобора машҳур бўлиб бораётган компетенциявий соҳалари 
жумласига Саводли фуқаролик, Глобал хабардорлик ва Маданиятлараро 


кўникмалар, Танқидий ва ижодий фикрлаш, ҳамда Коммуникatsiялар ва 
ахборот илан ишлаш соҳасидаги кўникмалар киради. Мазкур соҳалар билан 
қамраб олинувчи компетенцияларга “21 аср компетенциялари” номи берилди
Darsliklardagi matnni eslab qolish va aytib berishga asoslangan 
yondashuvdan chetlanish uchun ushbu yondashuvning ko‘plab mamlakatlarda 
mavjudligi sabablarini va nega ko‘plab o‘qituvchilar, o‘z xollariga qo‘yilsa, 
ma’lumotni eslab qolish va aytib berish uslubi asosida o‘qitishlarining sabablarini 
anglab yetish zarur. Ushbu masalada madaniy an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan bir 
qator sabablar mavjud, ammo shuningdek, ko‘plab darsliklar yangi pedagogik 
yondoshuvlar qo‘llanilishini rag‘batlantirmasligi kabi sabab ham mavjud.
Darsliklarning bir talayida aniq pedagogik asos yo‘q bo‘lib, ular faqat 
tushuncha va ta’riflar ro‘yxatiga qurilgan va bunday ro‘yxatlarni oddiy yodlab olish 
orqali o‘rganish mumkin. Buning natijasida esa, shunday o‘qitish uslubi yuzaga 
keladiki, u na o‘qituvchiga va na o‘quvchiga qaratilmagan bo‘lib, u “darslikka 
markazlashtirilgan”, ya’ni uning asosiy boshqaruvchi nuqtasi – darslik. Bunday, 
mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan darsliklar asosan matndan iborat bo‘ladi va 
matnlardan keyin o‘quvchi mavzuni qanchalik anglaganini tekshirishga 
mo‘ljallangan savollar keltiriladi. Bunday yondoshuv uslubiyotning ahamiyatini 
hisobga olmaydigan mualliflar tomonidan qo‘llaniladi va ko‘pincha til va adabiyot, 
aniq fanlar va ijtimoiy fanlarda qo‘llaniladi. Darsliklar turkumining muharriri 
darsliklarni rejalashtirish jarayonida yuqorida aytilgan pedagogik uslublar e’tiborga 
olinishini ta’minlashi lozim. Bunday muharrir muayyan predmet va sinf bo‘yicha 
bosh muharrir bo‘lishi va yoki barcha predmetlra bo‘yicha bosh muharrir bo‘lishi 
mumkin. 
146-Qarorda barcha bosma qo‘llanmalarning jismoniy xususiyatlari batafsil 
bayon etilgan. Darsliklarning mazmuni va pedagogik yondoshuvining xususiyatlari 
quyi- da, 8-bo‘limda ko‘rib chiqiladi. 
146-Qarorda belgilangan talablar asosan sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq. 
Bosmo- xona bo‘yog‘i va yelimi sifatiga bo‘lgan talablardan tashqari, ushbu 
talablarning aksariyati yuqori samarali ta’lim tizimiga ega bo‘lgan ko‘pgina 
mamlakatlarda darsliklarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunchilik tomonidan hal 
etilmaydi (garchi qog‘oz turidagi spesifikatsiya ishlatilgan qog‘ozning kelib 
chiqishi manbasiga talab qo‘yishi mumkin). 
146-Qarordagi bir nechta talablar, masalan, 1-sinf darsliklarida ruxsat etil- 
gan so‘z ko‘chirishlar miqdorini, ish daftaridagi topshiriqlarni bajarish uchun bo‘sh 
joyning foizini, rasmlarning umumiy maydoni miqdorini va serif va sansserif 
shriftlaridan foydalanish kabi talablar bo‘yicha savollar tug‘ilishi mumkin. Quyida 
xalqaro standartlar va tadqiqotlar asosida batafsil tahlil taqdim qilingan. 
Matnning texnik xususiyatlari 
Darsliklarning grafik xususiyatlari 146-sonli Qarorning III bobida keltirilgan 
va o‘quv jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash qoidalarini o‘z ichiga oladi. 
Talablar odatdagidan ko‘ra batafsilroq tavsiflangan. 
Masalan, matn shriftlari va o‘lchamlariga kelsak, aksariyat hollarda xalqaro 
noshirlar ma’lum diapazondagi o‘zgarishlardan foydalanadilar. Vaholanki, 
Gonkong kabi bir qator mamlakatlarda darsliklardagi baholash bo‘yicha ba’zi 
tizimlar ma’lum shrift o‘lchamlarini talab qiladi. 
Turli mamlakatlarda muharrir yoki dizayner shriftlardagi (qalin, kursiv, bosh 
harflar, ranglar), sarlavhalar va hatto sahifa tuzilishida haddan ziyod variatsiyalar 
qo‘llagan darsliklarning ko‘plab namunalarini topishingiz mumkin. Shriftlar 
0
4
0
7


variatsiyalari cheklangan bo‘lishi va aniq o‘quv maqsadlariga ega bo‘lishi kerak. 
Shakl berish 
Matn tuzilishining bir nechta ustunlaridan foydalanish tanlovini noshirga 
qoldirish kerak. 
Qator uzunligi nuqtai nazaridan (ya’ni, jumlada emas, balki satrda belgilar 
soni) keng tarqalgan umumiy qoida (nashriyot sanoatida qabul qilingan amaliyotga 
asoslanib), har bir satrdagi belgilar sonini, bo‘sh joylarni qo‘shib hisoblaganda, 65 
tadan oshirmaslikdan iborat: https://eric.ed.gov/?id=EJ749012 
Biroq, quyidagi materialda onlayn matnlar uchun belgilar sonini xavfsiz 
ravishda oshirish mumkinligini taklif qilinadi: https://www.viget.com/articles/the- 
line-length-misconception/ 
Kitoblarning jismoniy xususiyatlari va vazni 
146-Qaror darslik vazniga, matn turiga va qoplamiga qo‘yiladigan talablarni 
belgilaydi. Bular darslikning ishlash muddatiga va shuning uchun uni nashr etish 
narxiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim xususiyatlardir. Agar siz ushbu talablarga 
o‘zgartirish kiritishingiz kerak bo‘lsa, unda kitob ishlab chiqarish bo‘yicha 
mutaxassis tegishli tavsiyalarni berishi mumkin. 
Ushbu qarorning 19-bandida har bir ta’lim darajasi uchun darsliklarning 
maksimal hajmi ko‘rsatilgan. Boshqa mamlakatlarda darsliklarning vaznlari 
kamdan-kam holatlarda ko‘rsatiladi, garchi ko‘plab davlatlar maktab darsliklarining 
umumiy vaznini kamaytirishga harakat qilmoqdalar. Hindistonda 2018 yilda og‘ir 
sumkalarning kichik yoshdagi bolalarga yetkazadigan zarari haqida tashvishlanish 
sababli, maktab sumkasining maksimal og‘irligi 1-2 sinflar uchun 1,5 kg va 3-5 
sinflar uchun 2-3 kg. Belgilangan. Amerika pediatriya akademiyasi maktab 
sumkalari bolaning umumiy og‘irligining 10-20 foizidan oshmasligini tavsiya 
qiladi. 

Download 273,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish