MAVZU: MASSIV TUSHUNCHASI. MASSIVLAR BILAN ISHLASH.
Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir.
Statik deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni
nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini
o'zgartirishi mumkin. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv
(array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari
strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas
(Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin.
Bu bo'limda biz massivlar bilan yaqindan tanishib o'tamiz. Bu bo'limdagi massivlarimiz C uslubidagi,
pointerlarga (ko'rsatkichlarga) asoslan strukturalardir. Massivlarning boshqa ko'rinishlarini keyingi
qismlarda o'tamiz. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir.
Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yozamiz. C++
dagi massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi.
Massiv bir o`lchamli deyiladi, agar uning elementiga bir indeks orqali murojaat qilish mumkin bo`lsa.
Bir o`lchamli massivni e`lon qilish quyidagicha bo`ladi:
[ elementlar_soni ] = { boshlang'ich qiymatlar };
Quyida massivlarni e`lon qilishga bir necha misollar keltirilgan:
1) float a[5];
2) int m[6];
3) bool b[10];
1) a elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar
float a[5];
Massiv a[0] a[1] a[2] a[3] a[4]
elementilari qiymati 4 -7 15 5.5 3
2) m elementlari butun sonlardan iborat bo`lgan, 6 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar.
int m[6];
Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5]
elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3
3) b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlar.
Berilgan massiv elimentlarini yig`indisini topish dasturini tuzing
#include
int main()
{
int s=0;
int a[10] ;
//massivning barcha elementlariga 0 qiymat berish
for (int i = 0; i < 10; i++)
{
cout << "a[" << i << "]="; cin >> a[i];
s=s+a[i];
}
cout << "Massivning yig`indisi=" <
system ("pause");
return 0;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |