4-dars
Mavzu: qo'llar massasi
Ko'rsatmalar
1. Yumshoq to'qimalar shikastlanganda
2. Bo'g'im kasalliklarida
3. Umumiy massajda
Kurak, o'mrov, yelka, bilak suyagi va kaft harakatlari o'zaro bog'liq. Qo'llar o'mrov osti arteriyasidan qon bilan ta'minlanadi. So'ng yana o'mrov osti venasiga qon qaytadi. Qo'llarni massaj qilganda massaj oluvchi yotgan yoki o'tirgan holatda bo'lishi kerak.
Uslubiy ko'rsatmalar
Massajga mushaklar bo'shashgan bo'lishi kerak
Kaft bilan birga bilak massaj qilinadi.
Yelka massaj qilinganda yelka kamari ham massaj qilinadi.
Yelka kamariga – yelka, bo'g'im, o'mrov va kurak kiradi.
Agar shikastlanishlar bo'lsa avval yuqori so'ng pastki soxani massaj qilinadi.
Qo'lni 15-20 daqiqa massaj qilinadi
Yelkani massaj qilganda katta tomirlar o'tadigan joylarni qattiq ezib qoqilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |