Parafin qo'yiladigan zonalar. Orqa yelka usti kurakdan boshlab buyrakgacha bo'lgan soxasi. Oyoq va qo'llarning ichki bo'g'imidan tashqari hamma joylariga oyoq tagiga tovonga qo'ysa bo'ladi.
Parafin qo'yish mumkin bo'lmagan joylar
Bosh, bo'yin, oyoq va qo'llarning bo'g'imlarning ichki yuzalari. Chov soxasi, buyraklar usti, qorin, ko'kraklar va umurtqa pog'onasi usti.
14-dars
MAVZU: BOLALAR KASALLIKLARIDA MASSAJ ASAB KASALLIKLARIDA MASSAJ DTSPDA MASSAJ
Bolalarda tug'ma falajlikda massaj. Bu kasalliklarda bosh miya jaroxatlanadi. Bunga sabab xomiladorlikdagi omillar, dorilar ta'siri. Mexanik ta'sir va xomiladorlik davridagi yuqumli omillar, bola tug'ilayotganda bo'g'ilib tug'ilishi ham bu kasallikka olib keladi.
Bo'g'ilish quyidagi patologik xolatlarga sabab bo'ladi
1. Agar gipoksiya 5 minut davom etadi. Turli klinik belgilar bola 2-3 xaftalik bo'lgunga qadar kuzatiladi.
2. Agar gipoksiya 10-15 minut davom etsa turli klinik belgilar bola 1-2 oylik bo'lgunga qadar kuzatiladi. Ya'ni bolada turli harakatlarni normadan orqada bo'lishi kuzatiladi. Shuningdek, boshni tik tutishi, o'tirish, yurishdan orqada qoladi.
3. Agar bo'g'imi 15 minutdan ortiq bo'lsa, bolaning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Bu bemor bolalarda tayanch harakat apparati reflektor yo'l bilan shikastlanadi. Shuning uchun bu bemorlar bilan uzoq muddat shug'ullanadi. Iloji bo'lsa massajistka nevropotolog bilan birgalikda bemor bolani ko'zdan kechirib muskullar tonusini baxolash lozim. Muskullar tonusi baland bo'lsa bo'shashtirish uchun silash, yumshatish, siltab qoqish punktli qoqishdan foydalanish mumkin. Bu kasallikda SRM massajdan foydalaniladi.
Massaj texnikasi: orqa yoqa soxasi, PV soxasi, oyoqlar ko'krak qafasining oldi, qorin, qo'llar. Vaqti 30-45 minut. Massaj kursi 25-30 marta bir yilda 3-4 marta massaj kursi o'tkaziladi. Kunning bir vaqtida qilinadi. Massaj orasida va oxirida davolash fizkulturasi o'tkazish kerak.
15 – dars
MAVZU: BOLALARDA TOZ-SON BO'G'IMI DISPLAZIYASIDA MASSAJ
Bolalarda toz-son displaziyasi – lotincha noto'g'ri rivojlanish chanoq-son bo'g'imining tug'ma kasalligidir. Chanoq son displaziyasi 3 xil ko'rinishda bo'ladi. Displaziya, chala chiqish, son suyagining to'liq chiqishi.
Son suyagining tug'ma chiqishi – son suyagi boshchasining bir-biriga, nisbatan to'liq siljishi kuzatiladi. Tug'ma chiqishda og'riqlar kuzatiladi. Bolalarda shifokor rentgenografiya usuli yordamida tashxis qo'yishi mumkin.
Agar bolalarda quyidagi belgilar kuzatilsa, ortopelga murojaat qilishga kerak.
Bir yoki ikkala sonning ochilishi chegaralanishi.
Qirsillash belgisi, chaqaloqlarda 3 oylikgacha kuzatiladi. Buni aniqlash uchun chaqaloqning oyoqlari son va tizza bo'g'imlaridan to'g'ri burchak ostida bukib turib o'rta chiziqqa keltirib, so'ngra sekin ochiladi. Shunda chiqish tomonda qirsillash eshitiladi.
Oyoqning kaltaligi. Chaqaloqning oyoqlari chanoq son va tizza bo'g'imlaridan bukilib, qoringa simmetrik yaqinlashtiriladi va tizza satxida kaltalik aniqlanadi.
Teri burmalari assimmetriyasi. Me'yorda bolaning oyoqlari yozilgan va birlashtirilganda orqa va sonda teri burmalari simmetrik bo'ladi. Ularning assimmetriyasi o'sha tomonda chanoq son bo'g'imi displaziyasi borligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |