1. Yoqa soxasi – bu soxaga quyidagi joylar kiradi: ensa, bo'yin orqali, yoni va oldi tomoni, ko'krak qafasining oldi yuqorisi. Shu joylarni massaj qilganda ta'sir boshga, yuqori nafas yo'llariga, yurakka jigarga va qo'llarga yuboriladi.
2. Bel dumg'aza soxasi – bu soxaga quyidagi joylar kiradi: orqada kurakning pasti, bel dumg'aza, dumba, sonlarning oldi. Shu joylarni massaj qilganda va PV soxani massaj qilganda ta'sir oshqozonga ingichka ichakka, jinsiy a'zolarga buyrakka va siydik chiqarish a'zolariga va ayollarga yuboriladi. Yoqa soxasini massaj qilganda bemor o'tirishi yoki qorni bilan yotishi mumkin. Agar qorni bilan yotsa peshona tagiga yostiqcha qo'yiladi. Bel dumg'aza soxasini massaj qilganda esa bemor qorni bilan yotadi. Qorin tagiga yostiqcha qo'yiladi. Boldir tovon bo'g'imiga yostiqcha talabga ko'ra qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |