Mavzu: Masofadan ta’om buyrutma berish va yetkazib berish ma’lumotlarni ro‘yhatga olish mobil ilovasini yaratish. Mundarija



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana09.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#169976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
650-17 Yigitaliyev Islomjon 4-kurs

I. ASOSIY QISM 

1.1. Java dasturlash tilining tarixi 

Java  1991-yilda  Sun  MicroSystems  tomonidan  yaratilgan  High-level 

(Yuqori  darajali)  dasturlash  tili  hisoblanadi.  O‘sha  yillarda  Java  faqat  elektron 

qurilmalar  -  televizor,  video  magnitafon,  non  isitish  qurilmasi  va  shu  kabilarga 

dasturlar yozish uchun foydalanilgan. O‘sha vaqtlarda Javaning maqsadlari uning 

ixcham,  tezkor,  samarali,  oson  va  keng  miqyosdagi  elektron  qurilmalarga 

moslashuvchan dasturlash tili etib yaratish bo‘lgan. Xuddi  shu maqsadlar Java ni 

World  Wide  Web  da  ishlay  oladigan,  umumiy  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  hamda 

barcha  platformalarda  ishlay  oladigan  ideal  dasturlash  tili  bo‘lib  shakllanishiga 

asos bo‘lgan.  

Java tilidan Sun (Oak nomi ostida) tomonidan ko‘pgina loyihalar yaratishda 

foydalanilgan,  lekin  u  ko‘pchilikning  nazariga  1994-yilda  HotJava  bilan 

birlashmaguniga qadar tushmadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib Netscape o‘zining 7 

brauzeriga  HotJava  ning  barcha  imkoniyatlarini  qo‘shib  olganidan  so‘ng  Java  ga 

bo‘lgan  qiziqish  anchagina  ortdi.Java  dasturlash  tilini  ham  o‘zlashtirish  nisbatan 

oson va qulay. Java juda keng miqyosdagi platformalar, masalan: Windows, MAC 

OS va UNIX asoslangan ko‘plab operatsion sistemalar uchun moslashgan. Jeyms 

Gosling 1991-yil  iyun  oyida  Java  dasturini  ishga  tushirdi. Dastlab, “Oak  (eman)” 

deb  nomlangan  til,  tashqarida  turgan  eman  daraxtiga  atab  nom  berildi,  keyin 

Goslingning  idorasi,  shuningdek,  “Green  (Yashil)”  deb  nomlangan  va  keyinroq 

Java  deb  o‘zgartirildi,  tasodifiy  so‘zlar  ro‘yhatidan.  Sun  1995-yilda  birinchi 

dasturni Java 1.0 deb ommaga e’lon qildi va Write Once, Run Anywhere (WORA) 

iborasini  ilgari  surdi.  2006-yil  13-noyabrda  Sun  Javaning  ko‘p  qismini  bepul  va 

ochiq kodli dasturiy ta’minot shartlariga muvofiq chiqargan GNU General Public 

License (GPL) e’lon qildi . 2007-yil 8-may kuni  Sun barcha Java kodlarini erkin 

va open-source (ochiq manba) tarziga o‘tqazishni yakunladi. 




Yigitliyev Islomjon 

Javani  o‘rganish  nima  uchun  kerak?  “Write  once,  run  anywhere  Object-



oriented-Java”  Javada,  har  bir  narsa,  ob’ektlarga  asoslangan.  Ushbu  ob’ektlar 

osonlikcha kengaytirilishi mumkin. Platform Independent - C va C++ kabi boshqa 

dasturiy  tillaridan  farqli  o‘laroq  Java  yordamida  code  (kod)  yozilganda,  ayni  bir 

platformaga  yozilmaydi,  Istalgan  platforma  uchun  Java  mustaqil  bayt  kodi  ichiga 

joylashtirilgach,  ushbu  bayt  kodi  orqali  veb-brauzer  va  virtual  mashinalar  (JVM) 

tomonidan  qaysi  platformada  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  ishga  tushirish  mumkin. 

Simple  -  Java  avval  boshidan  o‘rganish  oson  bo‘lishi  uchun  yaratilgan.  Secure  - 

Javaning  xavfsiz  muhit  xususiyati  bilan  u  virussiz  sistema  yaratish  imkonini 

beradi.  Authentication  (Autentifikatsiya)  qilish  metodlari  ochiq  kalit  shifrlashiga 

asoslangan.  Interpreted  -  Java  bayt  kodini  tezda  kompyuterga  tarjima  qiladi. 

Instructions  (ko‘rsatmalar)  hech  qanday  joyda  saqlanmaydi.  Development 

(rivojlanish) 

jarayoni 

tezroq 


kechadi. 

High 


Performance 

Just-In-Time 

kompilyatorlaridan  foydalangan  holda,  Java  yuqori  tezlikda  ishlaydi.  Dynamic 

(dinamik)  -  Java  C  yoki  C  ++  dan  ko‘ra  ko‘proq  dinamik  deb  hisoblanadi.  Java 

dasturlari keng qamrovli bo‘lishi mumkin.  

Java  Appletlarini  ishlatish  va  ularni  ko‘rish  uchun  sizga  biror-bir  Java-

enabled  brauzer  kerak  bo‘ladi.  Shuni  ham  aytish  joizki  Netscape  2.0  va  undan 

yuqori  versiyalari  Internet  Explorer  3.0  yoki  undan  yuqori  versiyalari  orqali  siz 

bemalol  Java  Appletlarni  ishlatib  ko‘rishingiz  mumkin.  Siz  yana  Sunning  o‘zi 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  HotJava  brauzerini  ham  Appletlarni  ko‘rishda 

ishlatishingiz  mumkin.  Lekin  Javaning  yuqoriroq  versiyalarida  yozilgan  Applet 

larni  o‘zidan  oldingi  versiyadagi  HotJava  brauzerlar  orqali  ko‘rish  imkoniyati 

mavjud emas.  

Sun  kompaniyasi  Java  muhiti  uchun  bir  qancha  qo‘shimcha  imkoniyatlarni 

qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bular qatoriga ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi bir 

qancha  klass  kutubxonalar,  multimedia,  kommersiya  va  boshqa  foydali  klasslarni 




Yigitliyev Islomjon 

qo‘shish  mumkin.  Sun  yana  o‘zining  web  serverini  va  Java  asosiga  qurilgan 



operatsion tizimini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.  

Javaning kelajakdagi rejalari quyidagilar: 

• 

Sun  kompaniyasi  yana  o‘zining  Java  Beans  deb  nomlanuvchi 



framework  kutubxonasini  ishlab  chiqarish  niyatida.  Ushbu  kutubxona  yordamida 

siz  komponent  ob’ektlarini  rivojlantirishingiz  mumkin.  Ushbu  yaratilajak 

komponentalar xuddi Microsoft ActiveX komponentlari singari bir-biri bilan juda 

oson  muomalaga  kirishishi  nazarda  tutilgan.  Siz  bu  haqda  ushbu  kitobni  o‘qish 

davomida mukammal ma’lumotga ega bo‘lasiz.  

• 

Java  imkoniyatlari  Solaris,  MacOS,  Windows  kabi  barcha  operatsion 



sistemalar tarkibiga qo‘shilmoqda, ushbu  ishlar to‘liq amalga oshirilganian so‘ng 

siz Java dasturlarini (shu jumladan Appletlarni ham) deyarli har joyda hech qanday 

qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatmasdan ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.  

• 

Ko‘plab kompaniyalar Java imkoniyatlarini oshirish ustida ishlar olib 



borishmoqda,  ularni  qatoriga  bir  vaqtning  o‘zida  kompilyatsiya  bo‘luvchi  Java 

chiplarini qo‘shish mumkin.  




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish