Mashrab duch kelgan ojiz bechoralarga kiyimlarini
yechib berar va o‘zi yalang‘oeh yurar
edi. Ota-onasi iztirob bilan buning sababini
so‘ragan
larida
, u «men onadan libos bilan tug‘ilmaganman. Shunday ekan,
yalang‘och yuraveraman» qabilida javob berardi. Bu so‘filik tariqatidagi
qalandariya sulukining zohiriy alomati edi. 0 ‘n besh yoshga yetgan Boborahim
qaerda go‘riston boisa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko‘rib: «Ey odamzod,
oxir o iu b boshingga tushadurgon ish budur», deya yig
’l
ab yurar edi. Inson
oxiratini idrok etish, dunyo moliga hamda vafosiga eiiqod qo‘ymaslik kabi bu
amallar yosh Mashrab vujudida mavjud avliyolik xislatlaridan dalolat berardi.
o
‘g‘illaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota
-ona xavotir va tashvishga tushib,
Mashrabni
o‘sha davrdagi yirik taqvodor, piru murshidlardan biri
- mullo Bozor
oxundga uchrashtiradilar. Mashrabning o‘tkir zehnini koigan zamonasining eng
ulug‘
shayxl
aridan boigan mulla Bozor oxund unga alohida e’tibor bilan qaraydi.
Mashrab pirning huzurida diniy va tasavvufiy falsafani oiganadi. Mansur Halloj,
Farididdin Attor, Nasimiy, Ibrohim Adham dunyoqarashi bilan tanishadi. Hofiz,
Lutfiy, Navoyi she
’r
iyatining fayzosor navolaridan bahramand boiadi. Ularning
ko‘plab asarlarini yod oladi. Ulardan ilhomlanib, o‘z tuyg‘ularini, ruhiyatining
rang-
barang manzaralarini ifodalab o‘ziga xos asarlar yarata boshlaydi. Mashrab
«xosayi Xudoyi
taolo» boim ish ilmi g‘aybdan «zo‘r masala» soiab, mullo Bozor
oxundni ham lol qoldiradi. Mashrab Tangri taoloning muhabbati yo
’
iida o
’r
tangan
chinakam devonavor oshiq ekanligini birinchi boiib mullo Bozor oxund payqaydi.
Chunki Mashrab yurgan yoiid a oshiqona baytu g‘azallar
aytib, muhabbat bozorini
qizdirayotgan qalandar boiib yetishayotgan edi. Ayni paytda, Mashrab ham mullo
Bozor oxunddan zo‘r ixlos bilan ta’li
m oladi. «Qissayi Mashrab»da keltirilgan bir
g‘azalda ustod Haq yo’l
ida jon bergan, ichlari nurga toigan oshiqlarning piri
murshidi sifatida vasf etiladi:
M
a’
rifatni gulzori mullo Bozor devona,
Oshiqlarni sardori mullo Bozor devona.
Yo‘qtur aslo kinasi, bahri urfon siynasi,
Nuri Haq oyinasi, mullo Bozor devona.
0 ‘ziga xos fei
-atvorga ega boigan Mashrab tabiatini mullo Bozor Oxundgina
yaxshi tushunadi va hatto, darveshtabiat shoirning qismat tilsimi Qashqardagi
Ofoq xoja qoiida yechilishini ham bashorat qiladi: «Ular kim Mashrabga ozor
bersa, man ul kishidin ozor toparman. Har daxl qilmangl
ar. Isoyi ham o‘z
yo‘lig‘a, Musoyi ham o‘z y
ol
ig ‘a.A
mmo Mashrabning piri ruxsat kunandasi
Qashqardadur. Ishi anda tamom bo
’l
ur». Mashrab Namanganda har
tomonlama puxta bilim olgan
dan keyin, undagi g‘ayritabiiy layoqatni koigan
ustozi uni Qashqarga Ofoq xoja huzuriga bilimini yanada chuqurlashtirish
maqsadida yuboradi.Boborahim Mashrab Qashqarda istiqomat qiluvchi
mashhur Ofoq xojaga
g‘oyibona ixlos va muhabbat paydo qiladi. «Qissayi
Mashrab»da Ofoq xojaning tasavvuf tariqatidagi mavqe-
martabasi to‘g‘risida
quyidagicha ma'lumot beradi
: «Ma’niyi Ofoq uldurki, «Qutbul 0!am» lc
hgan
bo'lur
. Dunyoda ikki Ofoq o‘tubdurlar: birlari Xoja Abduxoliq
G'ijduvoniy, yana
birlari hazrati Ofoq xojamdurlar». Mashrab pir axtarib. Murid tutinish uchun
Qashqarga boradi. Baliqchi, Andijon, 0 ‘sh
shaharlarini manzil-bamanzil
kezarkan, shoh Mashrab qalandarvozlik-
11 sarno qilib, baytu g‘azal o‘qib,
xaloyiqni harmonicas qoldirib, Qashqarga yetadi. Ofoq xoja ostonasida xokipo
boiib, unga qo'l berib, murid tutinadi:
Qo‘lum oling, yo pirim, manda toqat qolmadi,
Yo
’lg‘a soling, yo pirim, manda holat qolmadi...
Kimyonazar Ofoq xoja Mashrabdagi ilohiy iste’dodga ravnaq bag’is
hlaydi.
«Shul podshohim Mashrabni boshini tizzalariga olib,botindin xabar oldilar ersa,
Mashrabni dilini charog‘ig‘a yog‘ quyib,
filit
asini tayyor qilib, ravshan qilg‘oni
bir piri komil tobmay yurgan ekan. H
azratim aydilarki: «Ey so‘filar, sizlar guvoh
bo
’l
inglar, bu devona
ning otini Mashrab qo‘ydum, ollohu ak
bar», - dedilar».
Shundan e'tiboran, Boborahim
–
Mashrab taxallusi bilan mashhur bo'ldi.
Mashrab Ofoq Xoja dargohida 1665 yildan boshlab 7 yil xizmat qildi. Uch yil
o‘tin tashidi, yana
uch yil mashkda suv tashidi. Bir yil ostonada yotdi. Bu yetti
yilni u atigi bitta po‘stin kiyib o‘tkazdi. Yozda
uning charmini kiysa, qishda
yungini kiyar edi. Muridlik burchi, pirning parvarishi va Tangri muhabbatiga
muyassar boiish shunday riyozat chekishni taqozo etardi.
Mashrab ilohiy ishqning shunday javonmard oshuftasiga aylanib borardiki,
uning turish-
turmushi faqat ma’shuqi mutlaq —
Tangri taolo hajrida fi
g’
onu
nolalar chekish, uning visolini cheksiz o‘rtanish va ar
mon bilan orzulash,
jamolini sog
’in
ib, tinimsiz vasf etib, zikru samoga berilish, riyozat chekish,
yodini dilida takrorlab, dargohiga yorini izlab, mudom safarda boiishdan iborat
edi.Shu yillarda u tariqat bosqichlarini, amaliyotini bosib o'tdi. Tasavvuf ta
’l
im
oti g‘oyalarini she’r
iyatiga olib kirdi. «Qissayi Mashrab»dagi rivoyatlar orqali biz
Mashrabning ruhiy takomil bosqichlari haqida ham xulosalar chiqarib olishimiz
mumkin. Tasavvuf taiim otida Olloh as
rorini oiganishning ikki yo‘li mavjud:
1.
Ilmi qol. U mantiqiy tafakkurga asoslangan.
2.
Ilmi hol. U ruhiy takomil darajalariga tayanadi.
Mashrab Ofoq Xoja huzurida ana shu ilmi hol tahsilini oldi. Shu yerdagi hayoti
paytida shoir buni e iiro f etgan o iin lar bor: «Bildiki, ilmi holni oldida ilmi qol
bir kasb».Ofoq Xoja kanizagi bilan Mashrab oitasidagi munozara ham har xil
sharhlanadi. Kimdir bu munozarada dunyoviy mazmun ko‘rsa (buni tushunish
qiyin emas), kimdir unda ilohiy ishq darajalarini k
o‘radi. Valiyi karomatgo‘y bu
zot ishqning purxatar dovoniaridan oshgach, Haqning visoliga vosil boiishiga
ishonardi. Ammo visol chogida Haqning
diydoriga to‘ymay qolishdan xavotirda
edi. Oshiq Mashrabning ko‘ngil qushi fano maqomiga talpinardi. U Mansuri
Hallojdek ishq y o iid a shahid bo'lish , o'lim vositasida fanoga erishish ilinjida
shunday xayol surardi: «Ey Mashrab, bu darg
ohg‘a kelgoningg‘a etti yil bo’lib
di,
piring bir yo'li Mashrab dedi, yana bir yo'li Mashrab desalar, ishing tamom
bo'lur erdi. Kel, endi bir gunoh qilg'il. Xudoyi taolo begunohni so'ramas ekan.
Shoyadki, gunoh qilsam, gunohkorni so'rasalar kerak. Shoyadki, shul tufaylim
pirim aytsalar, eltinglar, u Mashrabni osinglar desalar, o'lsam ,
a
rmonim yo‘q erdi».Darvoqe, shunday bir gun
oh qilib, jazoga mahkum boiish
Mashrabning peshonasiga azaldan bitilgan bahonayu
sabab ediki, ko‘nglidan
kechirgan zamoniyoq yuz beradi: «Shoh Mashrab yigiab, charx urub, imo qilib
turub erdilarki, podshohimizga obi tahorat beruvchi bir kanizaklari bor erdi, ul
kanizak ravoqdin boshini chiqarib, nozu karashma birla dediki: «Ey Mashrab to
yetti yildirki,
dog’i
ishqing mani siynamg
‘a joy olibdur.
Bukun mening birla bir
yerda o
’lt
urmasang, quoined mani qo'l
im sening etagingda bo‘lg‘ay». Sho
h
Mashrab ko'r
dilarki, bir nozanin mohtal’at jilva qilib turibdur. Ani ko‘rub bexud
yiqildilar. Yana hushlariga kelib aydilarki: «Ey bor Xudoyo, muningdek
ofati jon bandalaring bor ekan», - deb yana bexud boiub yiqildilar.
Bu
voqea hazrati podshohimg‘a
avon boidi, qizil libos kiyib shamshiri
barahna
birla ro‘baro‘ bo’
ldilar... Eshoni
Ofoq xojam aydilar: «Ey so‘filar,
Mashrabni tutunglar, andin
Mansuri Hallojning bo‘yi keladur». So‘filar
Mashrabni tutub ,
Shoh Mashrab Xudoyi taolog‘a nolalar qilib aydilar
ki «Emdi
to tirikman, mundog‘ gunoh qilmag‘ayman, bir gunoh
qilg'
onimg‘a bandangni
bandalari muncha so'rasalar. Tongla qiyomat bolg'onida
o ‘
zung qozi bo'lub
shul gunohimrni so'ro
g‘oningcha ham diydoringg‘a to‘yarman...». Andin so‘ng,
Ilohi Mashrab podshohimni oldiga olib keldilar. Shoh Mashrab O
llohi taolog‘a
munojot qilib aydilarki: «Iloho, poko parvardigor
, Ahado, Samado, Ma’budo,
agar sandin amr bo'lmasa, bandalaringni
ayog‘larig‘a bir tikan ham kirmas, bas,
bu karashmalar sanga ma'lum...».
Podshohim buyurdilarki, «Devonani bosinglar», -
deb. So‘filar
shoh
Mashrabnni bostilar. Hazrati Ofoq xojam kissalaridin muhrlarini
olib, o‘tg‘a
tashlab, qizitib, Mashrabni gardonig‘a bostilar. Valiyulloh
karomat birlan
toptilarki, odamzodning shahvatining joyi bandi gardan tamuridadur
. 0 ‘shal
tamumi topib muhr bostilar». Shunday qilib, Mashrab shahvoniy nafs xuruji
xavotiridan butkul ozod, uylanish, farzand ko'rish baxtidan benasib bo'ldi.
Zotan, u baxtni banda , balki Haq taolo diydoriga muyassar
bo’
lis
hda ko’radi.
Shuning uchun Mashrab dunyo manfaatlari, orzu-havaslaridan butunlay yuz
o‘girgandi.«Ranglar so‘fiy ruhiy holatlari, Olloh tomon safaridagi daraja
-
bosqichlarini bildirib turadi... Qizil rangda solikning ruhi vujuddan ajrala
boshlagani,
ma’rifatga yaqinlashgani,
ma'naviy mohiyatlar olamini anglagani
ma'lum qilinadi. Ammo, bu bosqich hali hirs qutqusidan xalos bo'lmagan bir
holatdir»‘
.Demak, Mashrabning goh xud, goh bexud boiishi, Ofoq Xojaning
qizil libosda tasvirlanishidan shoirning ma'rifatga yaqinlashganini xulosa
qilishimiz mumkin. Xuddi shunday ruhiy darajada solikka pirning rahnamoligi
zarur bo
’la
di. Shuning uchun ham Ofoq Xoja Mashrabga peshvoz chiqadi (Uni
to‘g‘ri ruhiy manzilga yo‘naltirish uchun
shahvat tomiriga muhr qizdirib
bosadi). Bu borada shu vaziyatda aytilgan ayrim she'riy parchalarda ham
ishora bor:
Bir oh urubon Laylini Majnun qilayozdim,
Pirsiz kishilar borgusidur nori adamga.
Tasavvuf lug‘atlarida soch –
zulf Olloh bilan dunyo o‘rtasida
gi bir parda sifatida
izohlanadi. Quyidagi baytda devonalik
–
bexudlik shu pardani parishon qilishi,
to‘zitishi
haqidagi fikr singdirilgan. Mumtoz adabiyotda Layli va Majnun oshiq
va ma
’shuq
hisoblanadi. Mashrabning shu o'rinda keltirilgan
ushbu g‘azalida
oshiq va ma’sh
uq o'rtasidagi masofa
yo‘qoladi, ya’ni oshiq
ham ma’shuqaga
aylanadi ,yagonalik, birlik paydo bo'ladi. Buni «Analhaq»likning talqini. deyish
mumkin:
Bir hu chekibon Laylini Majnun qilayozdim,
Devonalig‘im shona urur zidfi sanamga...
Qissaning shu o'rnida Mashrab yuqoridagi
she’riy
parchalarini aytgandan
so‘ng
Ofoq Xoja uning shu paytdagi ruhiy holati haqidagi hukmni bayon
etadi:
“Ey
so‘filar, Mashrabni tutinglarki, andan Mansur Hallojning bo’yi
keladur”
.
Shundan so‘ng Mashrab riyozat, ziyorat va s
ayru sayohatda davom
etib, g'amginu parishon ahvolda Yorkentga boradi, hazrat Ali karramullohni
vajhaning avlodlaridan hazrat imom Ja’fari Sodiq raziyallohu
anhuni ziyorat
etish uchun Xo‘tan viloyatida musoflr boiadi. Xo‘tan oxundlarini ilmi
hol_ilohiyot sirlarini bilish ilmidagi salohiyati bilan
hayratda qoldiradi. Mashrab Iylaga borganida, uning boshidan Navoyining
qahramoni Shayx San’on sarguzashtidek ishq savdosi Iyla
hukmdori
Kuntojixonning qizi Ofoq bilan munosabatda kechadi. Mashrabdagi sidqu safo
tarsozodalarni maftun etadi, unga ixlos va muhabbat
samarasi o'laroq Kuntoji, uning xotini, qizi Ofoq Islom diniga imon
keltirib, musulmonchilikni qabul qiladilar. Kuntoji shoh Mashrabga qizi hamda
shahrini nazru niyoz etadi.
Mashrab Yorkentga, Ofoq xoja xizmatiga qaytadi. Mashrabning riyozatu
ziyoratlari, savob ishlari qabul boiib, Ofoq xojaning hurmatini qozonadi. «Ey
Mashrab, Rustamona ish qilding, jon chekmaguncha jonona qaydadur. Ey
Mashrab, gunohingni kechtim», - deydi piri komillik Mashrab tariqat pirining
afvigagina emas, iltifotiga ham musharraf
bo'ladi: «Ey Mashrab, sani iching torlik qildi. Ma
’nini
oshkora qilding.
( och»,
—
deb Mashrabni og‘ziga tupurdilar. M
ashrab oni yutib
ko'zlarini ochib, «Lo taqrabus-salota va antum sukaro» deb qaraganlar,
zaminu osmon junbushga kirib, hama zikru samog‘a mashg‘ul
durlar. Hazrati
podshohim aydilar: «Har kishi Mashrabg‘a qo‘shuldi,
Xudog'a g'arib bo'ldi».
Mashrabni Xudoga yaqin valiyulloh zot sifatida tanish, unga ixlos va muhabbat
bog’lash
xalqda ana shunday asosida shakllangan.Ofoq xoja Mashrabning
Mansuri Halloj maqomiga yetganini bashorat qiladi. «Qissayi Mashrab»da
rivoyat qilinishicha, Mashrab Ofoq Xoja topshirig
’
i bilan borayotib, Xizr
alayhissalomga yo
’
liqadi. Xojayi Xizr duoyi xayr qilib, m
a’r
ifat va tariqatdan
bir necha nukta bayon qiladi.Pir
va payg‘ambar duosini olgan
Mashrab xoja
Nuriddinga xuruj
qilayotgan shayton bilan kurashadi, uni
mag’lub
etib, zafar qozonadi,
Xoja imonini salomat saqlab qoladi.
Pir
karomatgo‘y Ofoq xoja Mashrab Mahmud Qatag‘on
qo'lida halok bo'li
lishini ham bashorat qiladi: «Hazrati podshohim marhamat qilib
aydilar: « Ey Mashrab, anongni ziyorat qilgil. Saning kushandang
Balx
shahrida, podshoh Mahmuddur». Rivoyat qilinishicha, o‘n sakkiz yillik
ayriliqdan keyin Mashrab Andijonga qaytib, onasi va stngiisi bilan diydor
ko‘rishadi. Onasi bilan vidolashadi. 1673 yilda Mashrabning onasi vafot etadi.
Mashrab onasining qabrida qirq kun qur’on tilovat
qiladi,
so‘ng bir
kecha
tushida ayon bo'ladimi
, Buxoroda ko‘kaldosh madrasasida Mavlavi
yi Sharif
yetti tuman kishiga dars berayotgan emishlai Piri buzrukvor Mavlaviyi Sharifni
ziyorat qilish ishtiyoqi Mashrabni o
‘rtab, u Buxoro safariga otlanadi. Safar
davomida u X o‘jandga b
ori
b, Oqbo‘tabiy bilan uchrashadi, Toshkent va
Turkistonga sayohat qiladi. Yana Turkistondan Toshkentga, Toshkentdan
Xo‘jandga
kelib, Oqbo'tabiy bilan uchrashadi. U shundan keyingi hayotini
qalandarlik bilam o'tkazadi
. Ko‘p viloyat va shaharlarga boradi. Hamma joyda
xalq uni
ulug‘
avliyo, so‘fi shoir sifatida qabul q
iladi. U qayerga bormasin,
zamondoshlariga olamning va hayotning mohiyatini tushuntirishga xizmat
qiladi. To‘g‘ri
yo'ldan adashgan, nafsiga mag'lub kimsalarni hushyorlikka,
uyg‘oqlikka da’vat etadi. Insoniyatni mudroqlikdan,
ma'naviy so
‘qirlikdan
ogohlantiradi.
Mashrab qayerga bormasin, muridlari bilan birga xalqning qurshovida bo'lib,
ajoyib karomatlar ko
’rs
atadi. Karomatlaridan eng ajoyibi shuki, Mashrab Haj
orzusini qilib, Makkaga bormay qaytganida, ergashib borgan muridlari: «biz
Koshg‘ardin ergashib kelib, Makk
ani Tavof qilolmay qaytarmizmu ? Bizlarni
mahrum yondurdingiz», deydi afsus-nadomat chekadilar. Shunda Mashrab
karomat ko'rsatadi: «Shoh Mashrab aydilar: «Ey boliklarim, ikki qo'lumni
orasig‘a boqinglar!»
Boliklar boqsalar, Makka ikki qoilarini arosida jilva berib
turibdim
Shoh Mashrab boliklari bilan Makkayi muazzama va K a’bayi
shaharni ziyorat qilib, Hindiston
tarafga ravona bo‘ladilar».Hindistonga borib,
Mashrab Hotam podshohi sohibqironning huzurida uch yil xizmat qiladi,
Abulg‘ozixon bilan muloqotlarda bo’ladi
. Buxoroga borib, Naqshband
ostonasini ziyorat qiladi. Ko‘kaldosh madrasasida Mashrab Mavlaviyi Sharifdan
«Mushkoti Sharif» tahsilini
oladi. Abdullaxon huzurida boiib, uni ham a’yonlari
bilan birga karomatlariga lol qoldiradi.Ayniqsa, Mashrabning mashhur
mutasavvuf So‘fi Olloyor bilan
muloqoti va unga ko'ratgan karomatlari
diqqatga sazovordir. Muloqitda bu
ikki zabardast so‘fining o‘ziga xos yo‘li,
dunyoqarashlarida tafovut karomatlar bahsida yaqqol ochilgan: «Alqissa, shoh
Mashrab Qo'bodiyong'a keldilar.
Eshoni So‘fi Olloyor ham shunda erdilar. So‘fi
Oll
oyorg‘a xabar yettiki, shoh Mashrab keldilar deb. So‘fi Olloyor
xushnud
bo'lib
, oldilarig‘a peshvoz chiqtilar. Ikkovlari bir
-
birlarig‘a
muloqi bo'ldilar.
Shoh Mashrab So‘fi Olloyorning
qo'llarini tutub, aydilar: «Ey Olloyor, Huzuriy
degan buzurg do‘zaxga xushomad qilib
dila
r. Siz Puli Sirotg‘a xushomad
qilibdursiz. Keling, man sizni o‘tka
rib qo
‘yay». So‘fi Olloyor aydilar: «Ey
Mashrab, putingizni arosig‘a
qarang
». Shoh Mashrab qarasalar, yetti do‘zax
og‘zi
ni ochib turubdur. Shoh
Mashrab do‘zaxlarni k
o'rib
aydilarki: «Ey, so‘fim,
bu do‘zaxlarni
ko'rib, muncha qo'rqasiz
? 0 ‘zini topqondin so‘ng, ani
qo'lidin
nima keladir? Himmatni baland tutung».Ma'lumki
, bir davrda yashagan So‘fi
Olloyor va Boborahim Mashrab tasavvuf tariqatiga mustahkam e'tiqod
bog'lagan
so‘fiyi sof siy
molar e
dilar. Ularning dunyoqarashlari o‘zaro keskin
ziddiyatdan xoli, doimo haqiqatni tahqiq etish, dunyoni anglash, Haqqa
intilishdagi yo'llari
har xil. So‘fi
Olloyorning O
lloh, uning do‘zaxi va jannati
ga
e'tiqodi kuchli. U bu dunyoda gunohga botgan bandalar muqarrar ravishda
do‘zaxda
yonadilar va Ollohning rahmatidan benasib qoladi-, deb qaraydi.
Mashrabga esa bunday dunyoqarash tordek tuyuladi.Bu hayotga nisbatan
himmatni baland tutish tarafdori. Uning muddaosi Haqning
o‘ziga erishish. 0
‘zini topgan bandaga jannat ham, do‘zax
ham hechdir. Haqning rahmatiga
Mashrabning umidi va ishonchi shu qadar komilki, uningcha, «dargohi Haq
chun rohi navmidi emas», ya
’ni
Haqning dargohi umidsizlik y
o’l
i emas, «Yetti
do‘zax mardi
Haqni oldinda gulzordir»,
ya’ni mard Haq agar bandasini afv
etmoqchi boisa, Yetti
do‘zaxni jannat
gulzoriga aylantirishi hech gap
emas.Avliyolar bahsi davomida dunyoqarashlar mohiyati yanada kengroq
ochiladi: «Alqissa, shoh Mashrab aydilarki: «Ey so‘fim, ikki qo’limning
arosiga
qarang». Filhol, So‘fi olloyor shoh
Mashrabni ikki
(qo’lllarini
arosiga qarasalar,
farishtalarni k
o’rdilarki, ba’zilari qiyomda
va
ba’zilari rukuda va ba’zilari
sujudda
va ba’zi
quudda
va ba’zilari
munojotda duo qilib turubdurlar. Har
qaysilari bir murodda turubdurlar «Ko
’
rdungizmi bu farishtalarni? Kechavu
kunduz bularga yemaku ichmak va uxlamak
yo‘qtur. Hamisha toat va ibodat
qiladur uning tilaklari shuldurki, iloho, Muhammad alayhissalomning
ummatlarini
yetti jannatga doxil qilg‘aysan. Shunday farishtalar
sizning
himmatingizga toat va ibodat qilsalar, besh kunlik umringizga himmatingizni
baland
tutung». Bunday mubohasa Mashrabning o‘ziga xos
mustaqil maslak
sohibi ekanligini yana bir bora tasdiqlaydi. Shuningdek, unda Mashrab
dunyoqarashida diniy bag‘rikenglik mujassamligini ham k
o'rish mumkin.
Qissadagi ayrim rivoyatlar insoniyat tabiatidagi uni tanazzulga
yetaklovchi qusurlar, xislatlardan ogohlantiradi. Jumladan, manmanlik,
takabburlik kishini nazardan qoldiradi, Ollohdan uzoqlashtiradi.Bunga
Mashrabning munosabati qisqagina rivoyatda yorqin ifodalab beriladi.
Mashrab Buxoroyi Sharifda bir qalandardan otini so
’r
aydi.
“M
ani otim
Ponsadmandur. Shoh Mashrab aydilar: Shayton bir marotaba manlik
qilib bo‘ynig‘a tavqi la’nat tushti, san besh yuz manni (
ponsad fors-
tojikchada besh yuz demakdir) ko
’ta
rib yurursan. Munosib shulki sen
din qochmoq kerak
”
Mashrab insoniyatni mol-
dunyo, nafs, hirsu havo to‘g‘ri yo’naltirishni
ozdirishini juda teran anglagan. 0‘zi
tushungan mohiyatni zamondoshlariga
uqtirishni farz deb bilgan. Quyidagi rivoyat Mashrabning dunyoga, boylikka
munosabati haqida xulosa chiqarishimizga asos beradi:
Buxoroda Mashrab bir g‘arib bechorani chaqirib aytdilar: «A
gar belimdagi
fo‘ta tushib qolsa, saning baxtingdur, agar
qo'lum birla bersam
dunyo ayturki, mani Mashrab qo'li birla tutti, ammo yerga tushsa san
erdin olg‘il, minnatdor bo’ls
un yer».
Mashrab
bir necha chaqirim minib yo‘l bosgan otini
oyogini
pishni buyuradi. Muridlari sababini so'rashganda
: «To o‘rd
adan
isBuxorog
‘a kelguncha ushbu otni minib, Ollohi taolodin
g'ofil
bo
’ldum . Yana har bandayi mo‘min bu otni ustig‘a minib,
xuddoyi taolodin
g
‘ofil
bo'lmasun, shu sababdin o'ldurunglar, dedim», javob beradilar. Bu bilan
Mashrab qanday mansab martabada bor
(»yog‘i yerdan uzilmasin», ko‘ngli
Ollohdan uzoqlashmasin degan fikrni ilgari surmoqda.
Mashrab she’riyatining g‘oyaviy olamida insonpar
varlik
eng yuksak o‘rinda
turadi. U so‘fi shoirdir. Uning she’riyati aso
sida
tasavvufiy g‘oyalar talqini
turadi. Xo‘sh, tasavvufning o‘zi nima? T
asavvuf-
bu inson o ‘zini tanish orqali
Ollohni tanish va sevish ilmidir
. U «Insonning ichki olami, ya’ni botinini tadqiq
etuvchi iimdir»‘. Inson umri tadriji ikki qarama
-qarshi qutb
—
ezgulik va
yovuzlikning kurashidan iborat. Tasavvuf ta'limotining
mohiyati odamzodga o‘z
vujudida mavjud nafsoniy intilishlarni fosh etish, ularni yengish yo'llarini
ko
‘rsatish, ruhidagi ilohiy fazilatlarni uyg‘otish, taraqqiy toptirishdan Iboratdir.
Chunki insonning yashashdan bosh maqsadi iiohiylashish, asl mohiyatga
yetishdir. Buning y
o’lii esa bitta. 0‘zini yengish, o‘zidan
o'
tish va o‘ziga
yetishdir. Bu borada keltirilgan Boyazid Bistomiyning xulosasi ibratlidir:
«...Boyazid dediki, Olloh T
aoloni tush ko‘rdum, so‘rdumki, bor xudoyo,
yori
sanga ne nav’dur? Dedikim, o‘zungdin o‘ttung, etting»
Mashrab «Anal
–
Haq» - «Men
–
Xudoman» taiim otini yaratgan Mansuri Halloj
yoiidan borib, inson martabasini Iloh darajasida yuqori ko'targan adabiy
siymodir. Mashrabning insonga muhabbati umumbashariy mohiyatga ega.
Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen,
Agar bir dilni sen buzsang, yuzar Ka ’ba buzidmazmu?
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mashrab she’riyatining asosiy maq
sadi-insonlarni
mudroqlikdan uyg‘otish. Bir
-biriga muhabbat bilan boqish, bir-birini anglash va
bu orqali Ollohni anglashga yo‘naltiri
shdi
r. Shoir har bir ko‘ngilni sirli bir olam
deb tushunadi. Zamondoshlarini
uni sevishga chaqiradi. Biror dilni og‘ritishni,
unga ozor berishni yuzlab
Ka’bani vayron etishga tenglashtiradi.Xo‘sh,
Mashrab nega shunday fikrda? Bizda paydo bo
’l
gan bu savolga Hazrat Navoyi
ijodidan aniq javob topamiz:
Ka ‘baki olamning o ‘lub qiblasi,
Qadri yo ‘q andoqki, ko ‘ngul ka ’bas
i
Kim, bu xaloyiqqa erur sajdagoh,
U biri Xoliqqa erur jilvagoh.
Navoyi
fikricha, Ka’ba xaloyiqning sajdagohi, ko‘ngil esa Xoliq
ning
–
Ollohning
jilvagohi, makon tutguvchi maskani. Shuning uchun ham u
Mo
’t
abardir.Jahongashta Mashrabning dunyoqarashicha, har bir insonning dil
olami
tavof etishga, e’zozlashga sazovor. Chunki T
angri jamiki mavjudotlar
ichra eng mukarram zot etib insonni yaratgan. 0
’zidagi
eng go‘zal
fazilatlarni
unda mujassamlantirgan. Inson dilida o‘ziga nisbatan ota
shin muhabbat
uyg‘otgan. Binobarin, odamzod yuragida Olloh muha
habbati mavjud ekan, u
Ka’ba
singari muqaddas, muborakdir. Odamning dil
olamiga kirishi Ka’bani
ziyorat etishdek savob. Odamning dilini og'ritish
Ka’bani vayron etishdek
gunohi azim. Mashrabning insonparvarlik nuqtai nazaricha, insonni sevish
Ollohga muhabbat bog
’lash
insoniy kamolotga erishish, Haqning sifatlarini
hosil qilish, haqiqatga yetishish
bilan barobar.Insonga mehr, dili g‘amgin
xaloyiq xaylini sevish Mashrabga azaldan
bag‘ishlangan tuyg‘udir: «Azaldan
men dili g ‘amgin xaloyiq
xaylini sevdim». Nima uchu
n shoir dili g‘amgin
xaloyiqni sevadi? Chunki g'amginlik ham ijobiy insoniy fazilatlardandir. Asli,
g‘am
li, dardli
odam imonli, e’tiqodli, maqsadli, maslakli kishilar toifasiga
munosib. D
ili g‘amgin inson faqat o‘z g‘amiga emas, o‘zgalar g‘ami
ga ham
qayg‘uradi. Aksariyat g‘amsiz odamlar esa hech narsa haqi
da q
ayg‘urmaydigan,
dard chekmaydigan, loqayd va befarq bo'ladilar.
G’amsiz dilga
ishq-muhabbat
ham oshyon qurmaydi. Zotan, «dard chekmak
, ashk to‘kmak
g'amga xosdur». 0
‘z g‘amiga ega
bo'lmagan odam
o‘zga
lar
g‘amini yemaydi. G ‘am chekmaydigan
odamning xalq
g‘amidan ham g‘ami
bo'lmaydi. Shuning uchun Alisher Navoyi,
demagil odami Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami» deya xalq g’amini
yemaydiganlar odamiylikdan yiroq ekanligini ta’kidlaydi.
Boborahim Mashrab
esa unday toifali kishilarni
“dilda
darding bo‘lmasa,dardi sarimni kavlama”
deya rad etadi.
Mashrab butun borlig‘ini Ollohning ishqiga tikadi. U hayotda mavjud bo‘lgan
qoidalarga ham rioya qilmaydi. O‘z she’rlarida soxta
riokorlarni, hatto
so‘fiylarni ham hajv qiladi. Mashrab qayerda bo‘lmasin, haqsizlikka duch
keladi. Shuning uchun ham qalandarlikni o‘ziga kasb qilib shaharma
-shahar,
qishloqma-qishloq el ichida kezadi.
Murodingga yetay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘tgan darsni yakunlab, yangi mavzu Mashrabning
adabiy merosini o‘rganish “Ishq vodiysidan bir kecha men hay
-
haylab o‘ttum”,
“Agar oshiqlig‘im aytsam”, “Qalandar bo‘l”, “Mashrabman” g‘azallarining
tahliliga kirishadi.
O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘plab ijodkorlarning adabiy merosiga duch
kelamiz. Aksariyat shoirlar ijodida haqiqiy hayotiy mahbubaning ishqi, uning
go‘zalligi, o‘ynoqi misralarda ta’riflanadi. Hatto tabiatning mo‘zijalari ilohiyot
yaratgan go‘zal zot ma’shuqaning boshdan
-oyoq tasviriga, uning kishini
haytarda qoldirarli go‘zalligiga bag‘ishlanadi. Endi Boborahim Mashrabga
kelganimizda yorning vasli, husn-
u jamoli Quyoshdan o‘tkirligi, oshiqni mast
qilishi, shu sabab, yor go‘zalligiga g‘arq bo‘lgan oshiq ishq daryosiga suzishi,
yorga erishish yo‘lida hamma narsadan voz kechishi kabi kayfiyatlarga duch
kelamiz. Mashrabning boshqa ijodkorlardan ajralib turuvchi sifati uning butun
borlig‘i bilan Ollohni
tanishi, uni sevishi, ayrim o‘rinlarda borliqdan voz kechishi
bilan bog‘liqbo‘lgan qarashlarni ilgari surganligining guvohi bo‘lamiz.
Mashrabning ideali asarlardagi g‘oya falsafiy
-
estetik qarashlarga boy bo‘lib,
o‘zining badiiy jihatdan yuksakligi takrorlanmas darajadagi o‘ynoqiligi, ayniqsa,
yor siymosida faqat Ollohni tan olish kabi xususisyatlari bilan boshqa
ijodkorlardan farqlanadi.
Mashrabning adabiy-
ijodiy merosida diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha
asrlarda ayniqsa, keng tarqalgan qalandarlik
tariqati g‘oyalari ham sezilarli o‘rin
egallaydi. Shoir islom ta’limidagi asosiy qoidalarni, fazlu
-amallarni qabul qilgani
holda, ba’zilaridan qarshi ochiqdan
-ochiq salbiy munosabatini ham asarlarida
ifoda etadi. Ularga mensimaslik, shakkoklik bilan qaray
di, ba’zan ular ustidan
kuladi ham. Buning asosiy sababi shoirning
Bir xudodin o‘zgasi barcha g‘aflatdur Mashrabo
Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay…
Shoh baytidir. Shu jihatuning dunyoqarashini ko‘p mutasavvuflarnikidan ajratib
turuvchi asosiy
jihatdir. Undagi yolg‘iz Xudoni tan olish e’tiqodi o‘sha davr
dindorlari uchun g‘alat tuyulgan, ular Mashrab e’tiqodining tub mohiyatiga
tushunib yetmaganlar. Mashrabning devonasifatligi, qalandarligi, hech
narsadan qaytmasligi, “quvvai jazava”si uning shahid bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Adabiyotlar tarixida bunday qaysar aql egalari ko‘p bo‘lgan emas. Mashrab
Mansur Halloj, Nasimiy, Naimiyning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi
davomchisidir.
Mashrabning adabiy olami, uning mavjud dunyoga bo‘lgan munosabati,
yaratg
anga e’tiqodi, shu bilan birga, uning falsafiy
-
estetik tushunchasi o‘zi
yashayotgan jamiyatga, xususan, oddiy, mehnatkash fuqarolarga nisbatan
muhabbati mumtoz adabiyotimizning zukko tadqiqotchisi O‘zFA akademigi
V.Abdullayevning ilmiy talqinida o‘z ifodas
ini topgan. Taniqli olim Mashrab
adabiy merosining bosh masalalari, uning ruhiy olami, kechinmalari, hayotga
nisbatan, shuningdek, ilohiyotni tushunishi bilan bog‘liq bo‘lgan falsafiy
qarashlari haqida quyidagilarni bayon etadi: “Mashrab ishqi ilohiyni kuy
lovchi
she’rlar ham bitdi. U “yor” obrazi orqali Xudoni tasvirlab, unga erishmoq uchun
kishi o‘zligidan voz kechishi, o‘zini bilmas darajada e’tiqodli bo‘lishi kerak deydi
Oshiq uldur tanda jonin bilmasa,
Mast bo‘lib xonumonin bilmasa.
Jumla
yakson bo‘lsa ishq oldida xor,
Uldurur maqsudi oshiq poydor”.
“Mashrab dunyoviy ishq, hayotiy muhabbat mavzularida zamonasining ajoyib
g‘azallarini, o‘ynoqi, sho‘x lirikasini, oshiq va ma’shuqalarning kayfiyatiga qarab
goh xushnud, goh g‘amgin taronalarni o‘ziga xos mahorat bilan yaratib
qoldirgan shoirdir”
O‘zining lirik dunyosi,
falsafiy
qarashlari, ayniqsa, “yor” timsoliga erishish
yo‘lidagi g‘azallari bilan elga
tanilgan she’rlari hofiz tillarida jo‘r bo‘lgan, shu
bilan birga, oddiy yupun xalqning ohu-
zorlarini o‘z she’rlarida faryod bilan
kuylagan Mashrabning ijodini faqat tasavvuf ilmi bilan bog‘lash uni faqat
yaratganning ruhiga erishish yo‘lidagi g‘azallar so
hibi deb baholash unchalik
to‘g‘ri emas. Keying yillarda chop etilgan adabiyotlarda Mashrabni ilohiy ishq
kuychisi, qalandarlik kasbini o‘ziga singdirgan avliyo, tariqat targ‘ibotchisi
degan talqinlarga duch kelamiz. Aslida bu iste’dod egasini ijodi ummoni
ga
sog‘lom ko‘z bilan qarasak, unda go‘zallikning, yorug‘likning, haqiqatning
birdan-bir sababchisi yaratuvchi Olloh ekanliginitan olish bilan birga shoir
ijodida u yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy-
ma’naviy voqealari o‘zining
realistik inik’osini topa olgan. Shoir o‘z she’rlarida haqsizlik, zulmatdan
zorlanadi. Qashshoqlar holidan qayg‘uradi, shu bilan birga, o‘zining ideali
hisoblangan yor vaslini real hayotda mavjud bo‘lgan pok sevgi va ilohiy sevgini
ulug‘laydi. Adabiyotda asar qaysi janrda yozilmasin,
unda jamiyatning voqeligi,
qahramonlarning sarguzashti, o‘zaro kurashi ideali ijtimoiy hayotning realistik
voqealariga asoslanmasa, bunday asar ham g‘oyaviy, ham badiiy jihatdan
kitobxonning diqqat-
e’tiboridan chetda qoladi. Bu jihatdan universitetimiznin
g
faxri hisoblangan adabiyotshunos olim Rahmonqul Orzibekovning ilmiy
talqinlari diqqatga sazovordir: “U ishq she’rlarida xalq sh‘riyatiga xos ta’bir,
ifodalarni dalillik bilan qo‘llaydi, xalqning maqol va hikmatli so‘zlariga,
an’anaviy tasvirlarga sayqal berib, o‘z she’rlarining musiqiyligi, xalqchilligi va
ta’sirchanligini ta’min etadi. E’tibor bering, quyidagi baytlarda qanchalik
hayotsevarlik, insonparvarlik, jonli kishiga nisbatan iliq munosabat bor, unda
go‘zal ma’shuqaga
oshiqu-
shaydo bo‘lib, ne
qilarini bilmay qolgan lirik
qahramon qiyofasi gavdalanadi:Zebo sanamim yo‘l uzra ko‘rgach tura qoldim,
Nazzorasidin mavh o‘lubon o‘ltura qoldim. G‘am tog‘ida Farhodsifat emganur
erdim, Boshimga qazo teshasi tegdi, yotaqoldim. She’r ilohiy ishq, yorga b
or
sadoqati bilan talpinish, uning visoli orzusida nafas olish bilan birga, yerdagi
inson muhabbati tuyg‘ularining ham jonli, intim olamini harorat bilan madh
etadi. Ko‘z o‘ngingizda husni malohatda tengsiz real yor gavdalangandek
bo‘ladi: Ey mug‘bacha, mag‘rubliging haddan o‘tubdur, Ovozai husning hama
olamni tutubdur, Gulzori jamolingga xati lola bitibdur. Mashshotan taqdir seni
xush yaratibdur, Yuzingni ko‘rub, odami jannat umitibdur, Vah
-vah, ne
g‘azalsan, na ajoyib, na qiyomat, Hay
-hay, na sanam
qilsa jafo jonima rohat”
Shoir asarlari haqida uzoq yillar bahs-munozarali fikrlar bayon etib kelindi,
ammo so‘nggi yillarda uning she’lari mohiyatini siyosatdan kelib chiqib emas,
balki, obyektiv anglay boshlayapmiz. Chunki, Mashrabning ijodkor sifatidagi asl
qiyofasi she’riyatidir.
Mashrab ijodini o‘rganishda faqat darslik materiallari bilan foydalanish
istalgan natijani bermaydi. Buning sababi darslikda Mashrabning tarjimai holi,
shuningdek, ayrim she’rlaridan namunalar keltirilgani holda sinfda o‘rganilishi
kerak bo‘lgan g‘azal matnining g‘oyaviy mazmuni unda bayon etilgan shoir –
lirik qaharamonning kechinmalari vasliga yetish yo‘lidagi ohu
-
fig‘onning
sabablari, aniqrog‘i, shoirning ruhiy olami kechinmalari, ijtimoiy hayotga
nisbatan, borliqqa nisbatan munosabati, ideali, falsafiy-estetik qarashlari
haqidagi fikrlari bayon etilmagan, bu narsa o‘ziga xos bilim yoki tajribaga ega
bo‘lgan o‘qituvchida ham ilmiy va metodik jihatdan qiyinchilik tug‘dirgani
sababli g‘azal tahlilida ba’zan xato fikrla
rni aytib yuborishi mumkin. Shu
sababli, bugungi mustaqillik davrimizda badiiy adabiyot o‘qitish oldida turli
janrga oid asarlarni o‘rganish, tahlil qilishda ilmiylik, shu bilan birga,
o‘qituvchining metodik bilimi, tushunchasi, eng muhimi, dars samaradorl
igini
oshishini ta’minlovchi vositalardan foydalanish talab qilinadi. Bu vositalar:
adabiyot fanini o‘qitishning ilmiy, didaktik va metodik talablarini mashg‘ulot
jarayonida qo‘llash, mumtoz adabiyotimiz va hozirgi zamon adabiyotining ilmiy
–
metodologik t
alablari bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotshunos olimlarning,
ijodkorlarning adabiy merosiga bag‘ishlangan xulosalarini o‘quvchilarga oddiy
va tushunarli qilib yetkazish shu kinning dolzarb talablaridan hisoblanadi. Biz
yuqorida adabiyot darsligi, shuningdek
Mashrab ijodiga bag‘ishlangan taniqli
adabiyotshunos olimlarning ilmiy talqinlari haqida fikr yuritdik, misollar
keltirdik.
Mashrab ilohiy ishq sarhadlarida zohidlar bilan kelisha olmaydi. Chunki,
unga zohid
–
jannat ilinjida yurgan ta’magir bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ham
u zohidning riyo aralash namozini bir kosa may
–
ishqqa almashmaydi:
Zohid, manga bir shishada may, sanga namozing,
Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.
Mashrab ijodida real hayot go‘zali ma’shuqa, shu bilan
birga uning butun
borlig‘ini egallagan Ollohning vasli hisobsiz masralarda tarannum etiladi. Shoir
yor vaslini ta’rif etgani holda hayotdagi voqealar, azob
-uqubat, ruhiy
kechinmalarni ham g‘azal mazmuniga qorishtirib yana va yana yor vaslini
ko‘rish niyatidagi orzusiga o‘tadi.
Chunonchi, “Qoldum” radifli g‘azalida go‘zallikda tengsiz bo‘lgan yorga mahliyo
bo‘lganligi, yorning vasli quyoshdan ham o‘tkirligi, uning jilvasiga bor aqida,
qonun-
qoidalarni rad etib, dunyodan voz kechib mahliyo bo‘lganligi:
Arz
ustidan ul arshgacha shaxbozini ko‘rgach,
Tan shahrida ul jon qushidek talpina qoldim.
Bu yerda Arsh
–
osmon gumbazining eng oxirgi cho‘qqisi bo‘lib, Ollohga
yetishishning ko‘prig –
shotisi hisoblanadi. Bu g‘azalda ham Mashrabning Olloh
vasliga yetishi,
ma’shuqaning vasli yo‘lidagi harakatlari badiiy
-majoziy
misralarda bayon etilgan. Lirika, aslida, shoir, ijodkor tuyg‘usi, hissi
-hayajoni,
ideali, yashashdan umidining poetik in’ikos, ruhiy kechinmalar natijasi
hisoblanadi. Ana shu tuyg‘ularning barchasi
majoziy, falsafiy, estetik qarashlar
orqali Mashrab ijodida o‘z ifodasini topgan.
G‘am tog‘ida Farhodsifat emganuz erdim,
Boshima balo teshasi tegdi, yotaqoldim.
Bu misralarda badiiy poetikaning yuksak darajadagi shoir qalamiga xos bo‘lgan
ko‘rinishlariga guvoh bo‘lamiz. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida
jasoratli Farhodning teshasi Arman tog‘ini parchalab, insonga obi
-hayot baxsh
etadi.
Shoir yor yo‘lidagi g‘am tog‘i, uning sellari ichida g‘arq bo‘lganligining badiiy
tasvirini bera olgan, uning boshiga Farhod teshasi tegishi bilan oshiq Farhodga
o‘xshab hishidan ketgan. Bu misralarni chuqurroq tahlil etsak, Mashrab
ijodidagi o‘ziga xos pafos va poetikaning hech qaysi shoirlarda uchramaydigan
pryomlarning qo‘llanganligiga sabab, Mashrab A.Na
voiy ijodidan bahramand
bo‘lganligini ko‘ramiz.Mashrabning “Qoldim” g‘azaliga o‘xshash bo‘lgan g‘azal
va qarashlaridan uning dunyo savdolari bilan bog‘liq bo‘lgan, aniqrog‘i,
insonning nafs yo‘lidagi harakatlari, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan
fikrlar izchil davom etadi.
Shoirning ishqiy tavsifi barobarida dunyoning ishlari, jumladan, tirikchilik
tashvishlari, tan va ruhning rohat-
farog‘atga moyilligi, bularning esa oxir
-oqibatda
“Ishq”iga halaqit berishi kabi masalalar ko‘tariladi
.
Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,
Darmon yo‘qidin necha og‘ir so‘z qota qoldim.
Nega shoir gapni dunyoning loyidan boshladi? Chunki, bu dunyo shunday
qurilganki, unga kelgan odam gunoh qilmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan,
inson degan mavjudodga shunday tabiat berilganki, uning gunoh qilmasdan
yashashi mumkin emas. Dunyoning loyi, borlig‘i va shoirning unga kelib bilmay
“bota qolishi” shundan. Inson ko‘pincha o‘z ixtiyoriga zid yashaydi. Bu uni loyga
botiradi. Loyga botib yurish har qanday kishining ham darmonini oladi. Shuning
uchun darmonsiz solik dardlarini batafsil yetkazib ayta olmaydi: “bir necha og‘ir
so‘z qota qoldim”.
O‘zbek mumtoz adabiyotida yor vasliga bag‘ishlangan ko‘plab lirik asarlar: doston,
g‘azal, ruboiy va badiiy ijodning t
urli tuman janrlariga duch kelamiz. Unda yorning
vasli, go‘zalligi, hijron olamida yongan oshiq tilidan kuylanadi. Ammo bu
mavzuning oliy nuqtasi rang-
barang ko‘rinishlari yor vasliga yetish yo‘lidagi hijron,
alam, toliqish, dardiga davo topmaslik kabi falsafiy qarashlar asosan Mashrab
ijodida o‘zining jonli, badiiy, shu bilan birga, ham hayotiy, ham ilohiy ifodasini topa
olgan. Ana shunday she’rlar, g‘azallar sirasiga uning “O‘rtar”, “Mashrabman”,
g‘azallarini kiritish mumkin. O‘qituvchi yuqoridagi fikrni
dars davomida bayon
etgan, 9-
sinf darsligida keltirilgan “O‘rtar” g‘azalini nihoyat aruz vaznining talab
-
qoidalaridan kelib chiqqan holda ifodali o‘qiydi.
Matn ifodali o‘qilgach, g‘azalda keltirilgan badiiy tasvir, shuningdek, o‘ynoqi
poetik mi
sralar ustida ish olib boriladi. Shu bilan birga, g‘azalning matni, uning
mazmuni haqida, o‘qituvchi ma’lumot beradi. G‘azalda keltirilishicha oshiq –
lirik qahramon, husnda tengsiz mahbuba shaydosi, uning vasli, suhbati yorni
bezota qiladi. Bezota emas so
‘ngaklari (suyaklari) qaqshaydi. Oshiq go‘zal yor
ishqida hamma narsadan voz kechgan, uning butun borlig‘i yorni vasliga yetish
umidi bilan bog‘liq. Bunday holat faqat Mashrab qalamiga xos bo‘lgan falsafiy
-
estetik misralarda o‘zining badiiy aksini topgan.
Agar oshiqligim aytsam, kuyub jon-
u jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Qarang, shoir qalbida yorning ishqi pinhoniy joy olgan. Uni oshkor qilishning
iloji yo‘q. Mabodo oshkor bo‘la qolsa, faqat oshiqning jismi, joni emas,
butun
jahon o‘t ishida qolishi –
badiiy tasviri berilgan. G‘azalda mubolag‘a chegarasiz,
doirada ishlatilgan, majoziy o‘xshatishlar jonli misralarda suv ustida aks etgan
inson aksidek, o‘z tasvirini bera olgan. Shoir she’rlari badiiylik, majoziy, falsafiy
qarashlarni o‘z ichiga olsa
-
da, unda kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan, ravon,
shu bilan birga, tarixiy, ma’rifiy, adabiylik ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan
iboralarga duch kelamiz. Inson dunyoga kelibdiki, muhabbat, sevgi, fidoiylik,
ishq yo‘lidagi hijron, alam yashashning mezoni bo‘lib keldi. Ayniqsa, kishi
balog‘at dardi ichida tug‘yonga (azob) giriftor bo‘ladi. Bunday dard oshiq uchun
bedavo hisoblanib, u ma’shuqa yo‘lida giryonga aylanadi. Hushi
-
xayoli, ko‘zi,
yor umidi bilan band bo‘ladi. Bu holat insonning o‘smirlik daqiqalarining
hamma uchun bichilgan libosi, ma’naviy olami, ruhiy kechinmasining ko‘rinishi
hisoblanadi. Ana shu murakkab jarayon, shoir tushunchasida quyidagicha
kechadi:
Kishig‘a ishq o‘tidin zarraye yetsa, bo‘lur giryon,
Bo‘lub bes
abr-u betoqat, yurak-
bag‘ri chunon o‘rtar.
Oshiq ma’shuq yo‘lida dardmand, uning azobi, hijroni faqat yaratganning o‘ziga
ma’lum… Uni tug‘yoni na kecha, na kunduz tinchlik bermaydi. Oshiq ma’shuqa
yo‘lidagi azob tufayli holdan toygan, tili lol, ko‘zi gir
yon, mahbuba shunchalik
go‘zal, shu bilab birga, oshiq qalbini egallaganki,bu sirni oshkor etishning ilji
yo‘q… Til hatto kalimaga bermaydi. G‘azalda bunday falsafiy qarash Mashrab
poetikasining boshaqalarga o‘xshamaydigan
nihoyat sirli qarashlaridan
tashqari oshiqlik dardining chegarasiz azoblarini faqat ilohiy karomat bilan
yechish, yor vasliga erishish mumkinligini aytadi. Ko‘pchilik adabiyotshunos
olimlar Mashrab g‘azallarida faqat yaratganning vasliga erishish haqidagi
intilish mavjud bo‘lib, shoir o‘z umri, borlig‘i, aql
-
idrokini shu yo‘lda, haqiqatga
–
ilohiyotga etgan so‘fiy ijodkor dagan g‘oyani ilgari suradi. Ammo shuni
unutmaslik kerakki, har bir ijodkorning asarida ilohiy qarashlar, falsafiy
talqinlar yoki romantik sarguzashtlar bayon etilib qolmasdan, unda real hayot
voqeligi mavjud bo‘lib, u ijodkor “laborotoriya”sida qayta ishlanadi. Badiiy tus
beriladi. Oqibat asarda keltirilgan qahramonlar shoirning poetik lirikasi yoki
g‘azallarida qahramonning jamiyatga –
hayotga insonlarga, voqelikka nisbatan
realistik munosabatining ham guvohi bo‘lamiz. Binobarin, Mashrab
adabiy
merosini faqat tasavvuf ilmi bilan o‘lchash
u
ning g‘azallaridagi ilohiylikni
chetlab talqin qilish badiiy adabiyotning mohiyatini yuzaki, shu bilan birga,
birtomonlama talqin qilish bilan i
zohlanadi. Shoirning “O‘rtar” g‘azalida lirik
qahramonning ishq yo‘lidagi azobi, hijroni, ingrashi, qolaversa,
psixologik
holatini guvohi bo‘lamiz. She’rda
tasavvufiy
–
ilohiy qarash mavjud bo‘lgani
bilan real hayotdagi yorning husni, jamoli, uning cheksiz g
o‘zallikni o‘zida aks
ettirgan portreti badiiy san’at
darajasiga
ko‘tarish
tashbehlarda
o‘z ifodasi
ni
topgan. She’r sinchiklab
o
‘qilsa, unda jamiyatda
mavjud bo‘lgan inson
jamoli, husni tarannum etiladi: Qayu til birla, ey jono, sening vasling bayon
aylay, Tilim lol-
u, ko‘zim giryon, so‘ngaklarim
nihon o‘rtar. Yurak
dard-
u g‘am
qat-qatki, munda qolmadi toqat,Agar bir zarrasin vaqt desam, ishqi bayon
o‘rtar.Mashrabning hamma she’rlarini
ham boshdan oyoq sof tasavvufiy deb
qarash unchalik
to‘g‘ri emas. Shoir “Qaydasan” radifli
g
‘azalida
berayotgan
so‘roqlardan va matla’dagi gapni ko‘ngli
ga k
o‘chirishdan tashqari she’rdagi
tasvir va tamsillarning barchasini bevosita atrofdagi voqelik bilan bog‘laydi.
Mashrab o‘z g‘azallarida ko‘proq ollohning ishqiga muyassar bo‘lishni kuylaydi.
Ko‘pchilik g‘azallari ilohiyotga bag‘shlangan.
Shu sababli uning ijodida
tasavvufiy-falsafiy qarashlar uchraydi. Shuning bilan birga, shoir
o‘z g‘azallarini
hayotda mavjud bo‘lgan real go‘zallik, yor ishqiga bag‘ishlab ham g‘azallar
bitgan.
Necha kundir bu ko‘ngil mushtoqi diydori
ng erur
O‘rgulay, ey dilbari shirinzabonim qaydasan?
Holimiz behad yomondir, kelmading holim so‘rab.
Ey mening xush mehribon, oromijonim qaydasan?
Shoir o‘z hayoti davomida ko‘plab mamlakatlarni kezadi. Makkayu Madinada
bo‘lib, payg‘ambarlarimiz qabrlarini
z
iyorat qiladilar. Undan Iroqqa, Bog‘dodga
o‘tadi. Isyonkor shoirning bu yurishi faqat sayohat emas, u sharq mamlakatlari,
jumladan, Arabistonda bo‘lgan vaqtlarida tasavvuf ilmining ko‘zga ko‘ringan
vakillari bilan uchrashadi. So‘fiylardan ta’lim oladi.
Shoir
she’rlarining so‘fiyona
yozilishiga ham sabab shu.
“O‘ttum” radifli g‘azali shakkoklikni eslatadi. Mening tushunishimcha, shoir
dunyoning barcha boyliklaridan voz kechganligini har qanday qoidalarni tan
olmay, faqat, Olloh
–
Xudo yo‘lida bor qiyinchiliklarni yengib o‘tganini o‘z
g‘azalida bayon etadi. She’r tasavvuf ma’nosida bitilganligi sababli o‘quvchida
qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ishq vodiysidan bir kecha men hay-
haylab o‘ttum,
Monandi nayiston guliga o‘t qalab o‘ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim na ajabdur,
Mino tog‘idin akka sifat hakkalab o‘ttum.
O‘ttum foshu dostorini devonalig‘ aylab,
Parvona sifat jonimi o‘tga qalab o‘ttum
Dunyo manfaatlariga mehr bog'lash, mol-
mulkiga hirs qo‘yish
s
o‘fining musaffo
ko‘ngil ko‘zgusiga gard yuqtiradi. Oshiq ko‘ngil
k
o‘zila yorni koiolm ay,
diydordan benasib boiadi. Ko‘ngilni ang
lash va uni poklab borish insonni
Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki
, g‘uborlardan tozalangan qamish
-
naydan ruhbaxsh navo taralganidek
, pokiza ko‘ngilda
ham ilohiy ishq, hayotga
muhabbat, go‘zal
likka oshuftalik mujdalari una boshlaydi.Mashrab
she'riyatida biz ana shu ilohiy ishq talqinini kuzatamiz. Ammo, uzoq yillar ilohiy
ishq mohiyatini inkishof etuvchi asarlari
tor ma’noda , ya’ni
majoziy ishq tasviri
sifatida baholanib kelindi. Shoir ijodidagi «dinga qarshi motivlar» ham bir
yoqlama talqin natijasidir.Mashrab ijodidagi ishq talqini
o‘ziga xos. U Ibrohim
Adham, Mansur
Halloj, Attorni o‘ziga g‘oyibona pir deb biladi. Ularning
yo
’lidan boradi. Mansur Halloj kabi o‘tli ilohiy ishq otashida yonib yashaydi. U
hayotning, tiriklikning mazmunini shunda koiadi. Uning asosiy maqsadi Ollohni
sevish va u bilan birlashish. Chunki u insonni g‘ubor
lardan, vujudiy, nafsoniy
qafaslardan faqat shu ishqqina ozod etishiga ishonadi. Shoir tasavvuricha,
bunday muhabbatga oshno bo'lmagan ko
‘ngul haqiqiy go‘zallikni his
qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Ko'rar
ko‘zlari xiralashadi. Quyidagi
baytlar ham shoirning xuddi shunday nuqtai nazari natijasi sifatida maydonga
kelgan deyishimizmumkin. Uning tasavvuricha, Olloh yodisiz, ishqisiz Makkaga
borish besamar
. Ka’ba eski do‘kon
yanglig'
bee’tibor:
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?
Ibrohimdan qolg‘on ul eski d o ‘konni na qilay?!
Urayinmu boshima sakkiz bihishtu do ‘zaxin,
Bo ‘Imasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!
Qalandariylik yoki adabiyotshunoslikda mukammal talqin etilgan emas,ammo
ayrim manbalarda, ayrim ilmiy tadqiqotlarda
ba’zi chiz
gilar, mohiyatini
yorituvchi mulohazalar bayon etilgan. Navoyi asarlari lug
‘atida ushbu istiloh
quyidagicha izohlanadi:
“
Qalandar
–
dunyoning hamma bordi-keldilaridan voz
kechib, daydib yuruvchi darvesh; devonatabiat kishi,
loqayd”.Bu
izoh istilohning
mohiyatini qisman oydindinlashtirsada, to'liq tasavvur berolmaydi.
Qalandariylik borasida adabiyotshunoslikda turli bahs-munozaralar mavjud.
Ba’zi
olimlar u XIII-XIV asrda shakllangan deyishsa, ayrimlari, jumladan, Fitrat
Yassaviylikdan keyin XII-XIII asrlarda paydo bo'lgan deydi. Qalandariylikning
o‘ziga xosligini
izohlash borasida ham allomalarning bir-birini tolg
‘azuvchi turli
qarashlari mavjud. Jumladan,
“
Haft
qulzum”da
:
“Q
alandar butun rasmiy
takliflardan, butun qaydlardan (kishan
–
N.J., I.A.) ozod boigan, har turli diniy amal
va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan,
ibodat va odatlarning hammasini
buzg‘uvchi
kishining i
smidir”
, deydi.
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha
aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham
Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod egasi ekanligidan dalolat beradi.
Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq
ijtimoiy mazmun va jangovar ruh
kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik
turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida yangi bir
yuqori bosqichni tashkil etadi.Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va
maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan
sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba,
masnaviy, ruboiy, taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz.
A
mmo Mashrab, avvalo, mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va jarangdor
mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba’ hamda xalq gʻam
-u hasratiga
hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ
chiqargan. Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiqlaridek sodda va
jarangdor, joʻshqin va taʼsirchandir.
M U S A D D A S
Ey
pari,yuz ko’rsatib mingn ila
boqqonmusan?
Xirmani umrumg’a ishqing o’tini yoqqonmisan?
Mehrdek xusnunga zulfing abrini yopg’o
nmisan?
O’zga yuzga boqmasun,deb ko’zga mix qoqqonmisan?
Aylanib har
yong’a g’amzang o’qini otqonmusan?
Qatl aylarg’a meni tarjih etib topqonmusan?
Sunbuli rayhon sochar har dam parishon kokuling,
Barchani bulbul qilur ul toza ochilgan guling,
Mast etar a
g’yorni lab jomidan
gulgun muling,
La’lu marjonlar to’kar ko’z
maxzanidin bulbuling,
Iltifoting maxzanidin topmadi mahzun quling,
Tole’imni lutf Ila
eshgilki,san yopqonmusan?
Shodlik davri mengadurkim-maskaning mayxonadur,
Tunu kun ishrat mayidin
ko’zlarini mastonadur,
La’ligul may nobidin yuzing aro durdonadur,
Jon umid aylab o’shal durlar uchun parvonadur,
Dardi mehnat toshidin ko’nglum meni vayronadur,
Notavon ko’nglumg’a har dam dog’lar qo’yg’onmisan?
Xo’b yaroshur,
ey nigorim,boshing uzra qarqarang.
Ushbu ziynatlar bila bul notavong’a bir qarang!
Tarki zulm et,lahzae rahm ayla, ey shohi farang!
Sodasi hay-dur,qoshingga vusma Birla surmarang,
Turfa nozik gul yuzingga kirpiging sanchib xadang,
Barcha mahvash ishq aro qul-husn aro sultonmisan?
Sog’ar ichgach gul ochilg’ondek
qilursan xandallar,
Jon topar qah-qah unungdin qaytadin jonqandalar,
Tiyri g’amzangdin yo’lingda ko’p erur afkandalar,
Barcha qotillar seni ko’rsa bo’lur sharmandalar,
Layliyu Shirin kabi ko’yungda yuz ming ban
dalar,
Barcha nurni nopadid etgan mahi tobonmisan?
Otashin la’li mayingdin jura’e qildim talab,
Va’da qilding
lutfu ehsondin beroyin labbalab,
Boqmading,bilmam gunohim, ko’z
uchi birla qarab,
Bul ajab
mahram yo’qinda bizga bo’ldi ro’z shab,
Ne sababdin quvlading men xasta qulni tashnalab,
Aytg’ilo,tangri uchun, so’zi chin,yolg’onmusan?
Qatl etar har kunda men bechorani kofir ko’zung,
Qaysi shohni haddi man etmoqqa -
hokimsan o’zing,
Kecha- ishrat birla,qon
to’kmakda o’tti kunduzung,
Lahzada y
uz ming o’lukkg’a jon berur har bir
so’zung,
G’unchadek og’zing ochib,
Mashrab qulingni tirguzung,
O’ldurursan,tirguzursan
- Isoi davronmusan?
XULOSA
Mashrab adabiyotimiz tarixida
ko’p jihatdan o’ziga xos uslub
yarata
oldi:uning eng
yaxshi asarlari yuksak badiiyligi va
nihoyat nafisligi,jo’shqinligi va
nozikligi,o’ynoqligi va ravonligi,ijobiy ma’noda soddaligi
va yengilligi bilan ajralib t
turadi.Shoir insonning eng murakkab ruhiy holatlarini,shodligi va tashvish-
azoblarini favqulodda yorqin va hayotiy tasvirlaydi.
Shu muhimki,Mashrabning adabiy merosi o’zining chuqur
sotsial
mazmundorligi,xalqchil mohiyati
, aniq antikrelikal yo’nalishi bilan ajralib turadi.
Shoir “dili tig’i sitamidin pora”
,
”tani dardi alamdin yara” bo’lgan mehnatkash
xalqning
og’ir hayotini zo’r achinish bilan
tasvirlaydi,davrdagi adolatsizlik va
zo’ravonlikni
qat’iy qoraladi.
Mashrab katta insoniy jur’at
-jasorat bilan aldamchi,firibgar din arboblarining
riyokor,razil basharalarini ochib tashladi,ayrim diniy tushunchalarga mensimay
munosabatda bo’ldi,ba’zan esa ularga ochiqdan
-ochiq shubha bildirdi.Masalan
shoir juda
ko’p she’rlarida jannat,do’zax,”u dunyo”,
Makka kabilarga past nazar
bilan qaraydi,ulardan qo’l siltaydi,ularni “bir shisha mayga” almashtirishga yoki
“bir
pulga sotishga” tayyorligini
baralla aytadi.Xuddi shuning uchun ham hukmron
tabaqalar,reaksion din
arboblari Mashrab siymosida o’zlarining
ashaddiy dushma
nini ko’rdilar,uni jisman yo’qotish payiga tushdilar.Mashrab 1711
(hijriy 1123)yilda
din arboblarining fatvosi va Balx hokimi Mahmudbiy Qatag’on
hukmi bilan
Qunduzda dorga osildi.
Otashin shoir xuddi Mansur Halloj va Nasimiylar kabi
hurfikr asarlari yo’lida,
feodalizm
davri hukmron ideologiyasiga ko’p jihatdan zid dunyoqarashi yo’lida
qurbon bo’ldi.
Mashrab
tasavvuf g’oyalarini targ’ib qiluvchi yetuk mutafakkir,
mutasavvuf shoir
bo’lish bilan birga,oddiy insoniy
kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon
bo’ladi.Uning asarlarida Vatan sog’inchi,ona oldida qarzdorlik tuyg’usidan
iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini
ko’rami
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1)
N.Jumaxo’ja, I. Adizova “ O’zbek adabiyoti tarixi”
. XVI XIX asr birinchi
yarmi.
2)
Mashrab.Mashrab she’riyatidan
Do'stlaringiz bilan baham: |