Mavzu: mashg`ulotlarni tashkil etish va samaradorlikka erishishning istiqbolli rejalari. Reja kirish



Download 134,33 Kb.
bet11/12
Sana22.06.2023
Hajmi134,33 Kb.
#952889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu mashg`ulotlarni tashkil etish va samaradorlikka erishishn

Mashg’ulotning tuzilishi:
1. Bolalarni uyushtirish.
2. Asosiy qism.
3. Yakunlovchi qism.
Bolalar mashg’ulotga qiziqish va faollik bilan ishtirok etishi uchun mashg’ulot mazmuni va metodikasi puxta o’ylab olinishi kerak. Bolalar o’quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachini e’tibor bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.
Tarbiyachilar bolalarni yig’ib, ularning mashg’ulotga tayyorgarligi:
tashqi ko’rinishi, o’z joyiga to’g’ri o’tirishi, diqqatini to’plaganini tekshiradi. Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun bolalarda qiziqishni uyg’otish, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi faoliyatiga mos har xil usullarni qo’llash kerak. Kichik guruh bolalarida mashg’ulotga qiziqish uyg’otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi kutilmagan topishmoqlar, muammoli usullardan foydalaniladi. “Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti? Bu qorbobo biznikiga mehmonga keldi”, deb mashg’ulotni boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Tarbiyachi katta guruhlarda esa qanday mashg’ulot o’tkazilishi haqida bolalarni oldindan ogohlantirib qo’yadi. Bu esa bolalarni keyingi mashg’ulotga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Masalan, hayvonot bog’iga, ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib qo’yadi va ularga hayvonot bog’ini aylanib chiqishni, ota-onasi bilan sayr qilganda qanday hayvonlarni ko’rganini va ular qanday taassurot qoldirganini eslab qolishni taklif etadi. Bolalar esa bu kunni zo’r qiziqish va xursandchilik bilan kutishadi. Katta guruh va tayyorlov guruhlaridagi bolalar o’tkazilayotgan mashg’ulotning zarur va majburiyligini ongli ravishda tushunib unga tayyorlanib boradilar. Mashg’ulot jarayonida bolalarga yangi bilim beriladi. Berilayotgan topshiriq yuzasidan yo’l-yo’riq ko’rsatiladi. Topshiriqni bajarishda qiynalgan bolalarga yordam ham beriladi. SHuningdek, berilgan topshiriqni hamma bolalar tomonidan to’liq bajarilishini ta’minlash uchun tarbiyachi turli xil metod va usullardan keng foydalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidagi bolalar o’qishni va yozishni bilmaganliklari uchun o’tilgan mavzuni qaytarib mustahkamlay olmaydi. SHunga ko’ra bolalarga berilganbilimni mustahkamlash tarbiyachi takrorlash va mashg’ulotlardan foydalanib boradi. Bu jarayonda bolalarga mexanik qaytarish yoki yodlatishdan chetlashish kerak. Chunki mazmuni anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi.
Mashg’ulotda tarbiyachining bolalarda qo’yadigan talabi, albatta, ularning yoshi va imkoniyatiga mos bo’lishi kerak. Tarbiyachi kichik guruh bolalarini ikki guruhga bo’lib mashg’ulot olib boradi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg’ulot o’tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi dastlabki mashg’ulotlar jarayonida guruh xonasi qo’g’irchoq va o’yinchoqlar bilan tanishtirishi kerak. Qo’g’irchoqlar yordamida esa mashg’ulot o’tkazadi. Tarbiyachi avval bolalarda mashg’ulotga qiziqish uyg’otib bersa, keyin mashg’ulotning hamma uchun majburiyligini bolalar ongiga singdirib boradi. O’tkazilayotgan mashg’ulotlar asta-sekinmurakkablashtirilib bolalar xulqiga moslab boriladi. Bolalar mashg’ulot jarayonida axloq-qoidalarini egallab boradilar. To’g’ri o’tirish, tarbiyachini so’zini diqqat bilan eshitish, chalg’imaslik, tarbiyachi so’ragandagina javob berish, javob berganda o’rnidan turish kabilar o’rgatiladi. Mashg’ulotning sifati va uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko’rganiga va pedagogik mahoratiga bog’liq.
Mashg’ulotga tayyorlanish mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg’ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni oldindan tayyorlab qo’yish, bolalarni mashg’ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi mashg’ulotni bir bo’limdan bitta emas, balki butun bir mashg’ulotlar tizimini rejalashtirib olib borsa, ijobiy natijani qo’lga kiritishi tabiiy.
Tarbiyachi mashg’ulotlarni metodik adabiyotlardan keng foydalanilgan holda olib borishi kerak. Agar mashg’ulotlar murakkabroq bo’lsa, tarbiyachi, albatga, unga reja tuzadi. Rejada mashg’ulotning mazmuni tayyorlanish uchun kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar, mashg’ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko’rsatiladi.
Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida metodika kabinetlari mavjud, unda «Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi. Etishmaganini tarbiyachi o’zi tayyorlaydi, ba’zan esa bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Tarbiyachi mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi. Tarbiyachi bolalar maktabgacha ta’lim muassasasisida asosiy shaxs hisoblanib, yosh avlodning tarbiyalanganligi va bilish darajasi uning g’oyaviy, siyosiy va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, salohiyatiga, pedagogik mahoratiga bog’liq. Odatda, bolaning o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabati ham uning tarbiyachi shaxsiga bulgan munosabati bilan belgilanadi.

ХULOSА


O’zbekiston Respublikаsi o’z mustаqilligini jаhon miqyosidа yil sаyin bаrqаrorlаshtirib borаr ekаn, uning istiqboli bugungi аvlodning bilimdon, mа`nаviy jihаtdаn bаrkаmol insonlаr bo’lib etishishigа bog’liqdir. Vаtаn tаqdiri, хаlq rаvnаqi, mustаqil yurtning kelаjаk аvlodi hаqidа qаyg’urish bizning milliy, o’zbekonа хususiyatlаrimizgа хos fаzilаtdir. Mustаqilligimiz shаrofаti аnа shundаy dolzаrb muаmmo dаvlаtimizning ustuvor strаtegik yo’nаlishlаridаn munosib o’rin egаllаgаni bejiz emаs. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi, „Tа`lim to’g’risidа“gi qаtor qonunlаr tа`lim sohаsini tubdаn isloh qilishni, uni jаhon аndаzаlаri dаrаjаsigа ko’tаrishni, mutахаssislаrni esа rаqobаtbаrdor, fаol shахslаr etib tаyyorlаshni nаzаrdа tutаdi.
Bu borаdа, аyniqsа, mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrning tа`lim-tаrbiyasigа аlohidа urg’u berilishi muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Bolаgа o’z vаqtidа sаmаrаli tа`sir ko’rsаtа bilish, uning keyingi tаrаqqiyoti uchun mustаhkаm poydevor yasаshgа аsos bo’lаdi.. Biroq, jаmiyatimizdа kechаyotgаn ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vа mаdаniy sohаlаrdаgi keskin o’zgаrishlаr mаnzаrаsidа bolаlаrni mаktаblаrgа qаbul qilish, ulаrgа muntаzаm mаlаkаli tа`sir ko’rsаtish jаrаyoni mutаsаddi shахslаrdаn o’tа yuksаk mаs`uliyat vа mаhorаt tаlаb etаdi.Ulаrni muntаzаm izlаnishdа bo’lishini, ijodiy zаmon bilаn hаmohаng fаoliyat yuritishini tаqozo etаdi.
Demаk, bugungi yoshlаr hаr tomonlаmа rivojlаngаn o’zigа, o’zgа insonlаrgа, jаmiyatgа, tаbiаt vа mehnаtgа o’z munosаbаtini to’g’ri bildirа olаdigаn, mustаqil fаoliyat yuritа olаdigаn, ijodkor, fаol shахslаr bo’lishi lozim.
Hozirgi kundа dаvlаtimiz tomonidаn olib borilаyotgаn tа`lim vа tаrbiya sohаsidаgi islohotlаr, bolаlаr sportigа berilаyotgаn yuksаk e`tibor uning dono siyosаtidаn dаlolаt berаdi. Аnа shundаy ulkаn mаqsаdlаrni аmаlgа tаdbiq etish biz pedаgog-tаrbiyachilаrdаn mаhorаt vа mаs`uliyat tаlаb etаdi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo'lmoqda: maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim tashkilotlari moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi turlariga o'tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'i kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlarning malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining muqobil shakllari joriy etilmoqda. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlari zamonaviy tizimi quyidagi jadvalda o'z aksini topgan.
MTTda o'tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari juda ham quvonarli. Bundan ma'lum bo'ladiki, tajribadan keyingi holat tajribadan oldingi holatdan yuqori ekan. Demak, ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarini zamonaviy tashkil etishda yaxshi natijalarga erishgan deyish mumkin.
Ta'lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati hamda uning ta'lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarbiyachilarning pedagogik mahorati darajasi har bir mashg'ulot hamda o'rganilayotgan mavzuning tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik yondashuvni taqozo etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo'luvchi holatlarning asosiysi - bu dars jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi.



Download 134,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish