“Burchaklar” o’yini
Bu o’yinda butun sinf o’quvchilari jalb qilinadi. O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. Sinfning to’rt burchagiga yozuvlar yozilgan plakatlar osib qo’yilgan bo’ladi. Yozuvlarda qoyidagilarni yozish mumkin.
1. Nazariyotchilar 3. Izohlovchilar
2. Amaliyotchilar 4.Rassomlar
Burchaklarda nazariyotchilar echishi uchun masalalar, javob topish uchun savollar qo’yiladi.
Amaliyotchilar uchun amaliy ishlardan namunalar, ularni bajarish uchun asboblar qo’yiladi.
Izohlovchilar uchun formulalar yozilgan chiptalar qo’yiladi.
Rassomlarning vazifasi. Burchaklarda qo’yilgan asboblar va fizik hodisalar rasmini chizish. Guruhlar topshiriqlarni bajargandan so’ng o’zaro o’rin almashtiradilar. 45 minut davomida har bir guruh 4 burchakda qo’yilgan topshiriqlarni bajarishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |