“Do’stingni top” o’yini.
Butun sinf o’quvchilariga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda fizik kattaliklarning belgilari yozilgan. Bolalarning vazifasi 3 minut davomida o’ziga berilgan fizik belgi bilan formula tuzish mumkin bo’gan belgili o’quvchini ya’ni qo’shnisini topish. Topgandan so’ng 3 ta belgini to’g’ri joylashtirib qaysi fizik kattalikning belgisi paydo bo’lganini aytib berish. U haqida biladigan barcha ma’lumotlarni aytish. O’yin tugagandan so’ng o’quvchilarni rag’batlantirish va ularning o’yinga munosabatlarini so’rab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |