1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
marketing strategiyasini aniqlash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati
elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo‘lgan talabni rivojlanish darajasiga bog‘liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvalda ma’lumotlar
berilgan.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyusiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
ishlab chiqarish konsepsiyasi;
tovar konsepsiyasi;
sotish konsepsiyasi;
an’anaviy marketing konsepsiyasi;
ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi;
o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo‘lgan talabni rivojlanish darajasiga bog‘liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvalda ma’lumotlar berilgan. Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyusiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
ishlab chiqarish konsepsiyasi;
tovar konsepsiyasi;
sotish konsepsiyasi;
an’anaviy marketing konsepsiyasi;
ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi;
o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.
Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart yoki norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi har qaysi mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tadbiq tadbiq bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarish konsepsiyasi» - «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz». SHunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko‘ra ibtidoiy marketing kotsepsiyasiga yaqin turadi. Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |