1.4.
Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi.
Marketing tizimida qo’yilgan maqsadga erishish
uchun xaridorlar va boshqa
sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni
marketing usullari
yig’indisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks,
marketing
kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi
bo’lib Garvard biznes maktabi professori N. Borden kiritgan. Marketologlar
tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan
1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta
asosiy
elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish
(promotion).
Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar sifatida
yig’indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir.
Yaxshi marketing kompleksi
firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing kompleksi
kontseptsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o’z ichiga oladi va 4P modeli nomi
bilan yuradi.
tovar (product);
narx (price);
sotish yoki tovar harakati (place);
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum
darajada
cheklangan hisoblanadi: u ko’proq iste’molchiga nisbatan tovarga mo’ljallangan.
Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1.
Marketing deganda nimani tushunasiz?
2.
Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari nimadan iborat?
3.
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi qanday?
4.
Marketing – miks tushunchasi qanday izohlaysiz?
5. Marketing nima?
a) iste’molchiga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarash va sotish
b) ehtiyojni hisobga olmagan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish
v) U talabni qondirishga
qaratilgan faoliyatdir
g) u iste’molchilar va raqobatchilar haqida axborot to’plashdir
d) u bozorda mahsulotni sotishdir
6. Marketing kompleksi o’z ichiga oladi?
a)
korxonani boshqarish
b) instrumentlar yig’indisini (tovar, narx, sotish, siljitish)
v) tovarni sotish sharoitini tanlash
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q
7. Marketing - miksga ko’rsatilgan faoliyat turlaridan qaysi biri kirmaydi ?
a) iste’molchilarni surov qilish
b) reklama kompaniyasi
v) tovar
sotish usulini aniqlash
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q
8. Ko’rsatilgan harakatlardan qaysi biri marketing faoliyatiga kirmaydi?
a) marketing tadqiqoti
b) reklama byudjetini shakllantirish
v) ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q